Reja: Protokol. Protokollar steki. Ochiq tizimlarning o‘zaro ishlash modeli osi. Osi modelining sathlari. Tayanch iboralari



Yüklə 30,06 Kb.
səhifə3/6
tarix22.03.2024
ölçüsü30,06 Kb.
#183054
1   2   3   4   5   6
Reja Protokol. Protokollar steki. Ochiq tizimlarning o‘zaro ish-fayllar.org

2.4– rasm. Deytogramma usuli
Mantiqiy ulanish usuli– bu murakkab, ancha yuqori darajadagi muloqot. Paket uzatish va qabul qilish qurilmalari o‘rtasida mantiqiy ulanish (kanal) o‘rnatilgandan keyingina uzatiladi. Xar bir axborot paketlariga bir yoki bir necha xizmatchi paket qo‘shiladi (ulanishni o‘rnatish, qabulni tasdiqlash, qayta uzatishni so‘rash, ulanishni uzish). Mantiqiy kanal bir yoki bir necha paketlarni uzatish uchun o‘rnatilishi mumkin. Deytagramma usuliga qaraganda bu usul ancha murakkab, lekin unga qaraganda ancha ishonchliroq, chunki mantiqiy kanalni uzgunga qadar uzatuvchi qurilmaning ishonchi komil, u uzatgan xamma paketlar o‘z joyiga yetib borganligiga. Bu usulda tarmoqning bekorchi paketlar tufayli yuklamasi oshib ketishi xam bo‘lmaydi. Usulning kamchiliklari shundan iboratki, qabul qiluvchi abonent u yoki bu sababga ko‘ra axborot almashishga tayyor bo‘lmasa, masalan, kabelni uzulishi tufayli, elktr manbayini o‘chishi sababli, tarmoq qurilmasining nosozligi va nixoyat kompyuterni nosozlik xollarida vaziyatdan chiqib ketish ancha mushkul masala bo‘lib qoladi. Bu xolda tasdiqlanmagan paketni qayta uzatish algiritmi lozim bo‘ladi va tasdiqlanmagan paket turi xam muximdir.

Birinchi usulda ishlatilgan protokollarga misol – bu IP va IPX, ikkinchi usulda ishlaydigan protokollar – bu TCP va SPX. Aynan shuning uchun bu protokollar bog‘langan to‘plam ko‘rinishida foydalaniladi TCP/IR va IPX/SPX, ularda ancha yuqori bosqichdagi protokol (TCP, SPX), pastroq bosqich protokollari asosida ishlaydi (IP, IPX), talab etilgan tartibda paketni bexato yetkazib berish kafolatlanadi. Bu ko‘rib chiqilgan ikki usul afzalliklaridan birgalikda foydalanish imkonini beradi.




2.5 – rasm. Mantiqiy ulash usuli
IPX/SPX protokollari to‘plam xosil qiladi, bu to‘plam Nowell (Netware) firma maxalliy tarmog‘ining tarmoq dasturiy vositalari tarkibida ishlatiladi, bu xozirgi vaqtda eng ko‘p ishlatiladigan va sotiladigan to‘plam xisoblanadi. U nisbatan katta bo‘lmagan va tez ishlovchi protokol. Amaliy dasturlar to‘g‘ri IPX bosqichga murojat qilishlari mumkin, masalan,z keng miqyosdagi axborotlarni uzatish uchun, lekin ko‘proq SPX bosqichi bilan ishlaydilar, ular paketlarni tez va ishonchli ravishda yetkazadilar. Agarda tezlik judaxam muxim bo‘lmagan xolda yana xam yuqori bosqich ishlatiladi, masalan, NetBIOS ancha qulay servisni tashkil etadi. Microsoft firmasi IPX/SPX o‘z ijrosida NWLink nomi bilan ishlab chiqaradi.

TCP/IP protokoli maxsus global tarmoq uchun va tarmoqlar o‘rtasidagi muloqotni olib borish uchun loyixalashtirilgan. U past sifatli aloqa kanallariga va xatolikka yo‘l qo‘yish extimoli katta tarmoqlarga mo‘ljallangan. Bu protokol dunyo kompyuter tarmog‘i Internet da qabul qilingan, abonentlarning ko‘p qismi oddiy telefon aloqa yo‘llariga ulanadilar. Uning asosida yuqoriroq bosqich protokollari ishlaydi, jumladan SMPT, FTP, SNMP protokollari. TCP/IP protkollarining kamchiligi kichik tezlikda ishlashi. NetBIOS protokoli (tarmoq kiritish – chiqarish asos sistemasi) IBM formasi tomonidan ishlab chiqarilgan, dastlab u IBM PC Network va IBM Token-Ring tarmoqlari uchun mo‘ljallanib, shaxsiy kompyuterning BIOS sistema andozasiga asoslangan xolda loyixalashtirilgan. Shu davrdan boshlab bu protokol asosiy standart bo‘lib qoldi (aslida u standartlashtirilmagan) va ko‘p tarmoq operatsion sistemalari tarkibida NetBIOS emulyatori bo‘lib, ular moslikni taminlaydilar. Dastlabki vaqtlarda NetBIOS seans, transport va tarmoq bosqichlarini vazifalarini bajargan, keyin ishlab chiqarilayotgan tarmoqlarda pastki bosqichlar standart (masalan, IPX/SPX) protokollar ishlatilmoqda, lekin NetBIOS emulyator zimmasida faqat seans bosqichi qolgan. NetBIOS emulyatori IPX/SPX ga qaraganda ancha yuqori servisga egadir, lekin u sekin ishlaydi. NetBEUI – bu NetBIOS protokolining transport bosqichigachan rivojlantirilgan protokolidir.


Kompyuter tarmoqlarining ishlashini ta’minlovchi vositalarni yaratishga ko‘p sathli yondoshish g‘oyasi, tarmoqlarda standartlashning g‘oyaviy asosi bo‘lib hisoblanadi. Aynan shu yondoshish asosida ochiq tizimlarning bir-biri bilan bog‘langan holda, ya’ni o‘zaro ishlashining yettita sathli standart modeli - Open System Interconnection (OSI) yoki OSI modeli ishlab chiqilgan. Bu model va uning iboralari tarmoq mutuxasislari uchun o‘ziga xos universal tilga ham aylangan.
OSI modeli 80-inchi yillarning boshlarida standartlash bo‘yicha qator tashkilotlar (ISO, ITU-T va boshqalar) ishtirokida ishlab chiqilgan. OSI modeli tizimlarning o‘zaro ishlash sathlarini aniqlaydi, ularga standart nomlar beradi. Modelning to‘liq tavsifi ming betdan oshadi.
OSI modelida o‘zaro ishlash vositalarining yettita sathlari quyidagicha nomlanadi: fizikaviy, kanal, tarmoq, transport, seanslar, taqdimlash va amaliy sathlar.
Axborot (xabarlar) almashinish jarayonida ikkita kompyuter qatnashganligi, ya’ni bunda bir-biri bilan kelishgan holda ishlovchi ikkita «iyerarxiyaning» ishini tashkil qilish kerak bo‘lganligi sababli, tarmoqdagi o‘zaro ishlash vositalarining ko‘p sathli ko‘rinishda taqdim etishning o‘ziga xos tomonlari mavjud. Tarmoqdagi ikkala ishtirokchi xabarlar uzatish uchun ko‘pgina kelishuvlarni qabul qilishlari kerak bo‘ladi. Masalan, ular o‘zaro elektr signallarining sathi va shakli haqida, uzatiladigan xabarlarning uzunliklari haqida, axborot uzatish ishonchliligini nazorat qilish usullari va boshqa ko‘rsatgichlar haqida kelishib olishlari kerak. Bu kelishuvlar barcha sathlar uchun qabul qilinishi kerak, ya’ni quyi bitlarni uzatish sathidan boshlab, eng yuqorigi tarmoq foydalanuvchisiga xizmat ko‘rsatish sathigacha.
Ikkita kompyuterning o‘zaro ishlash jarayoni ma’lum bmr qoidalar to‘plami asosida amalga oshiriladi, bu qoidalar to‘plami protokol yoki interfeys deb ataladi. Tarmoqning bir nomdagi sathiga tegishli tashkil etuvchilari o‘rtasida axborot almashinish qoidalari protokollar, o‘zaro qo‘shni sathlar o‘rtasida axborot almashinish qoidalari esa interfeyslar  deb ataladi.


Kanal daraja


Transport daraja


Seans daraja


Seans daraja
Taqdim etish daraja
2.6.-rasm. OSI modelining tarmoqqa bog‘liq va bog‘liq

bo‘lmagan sathlari.
Foydalanuvchi, ya’ni biror-bir kompyuter so‘rov bilan murojaat qilganda, amaliy (ettinchi) sathning programma ta’minoti standart shakldagi (formatdagi) xabarni (message) hosil qiladi. Odatda bu xabar – sarlavha, ma’lumotlar qismi va tugatuvchi qismlardan iborat bo‘ladi. Xabar sarlavxasi, xabar yuborilgan mashinaning amaliy sathiga, uzatilayotgan ma’lumotlar ustida nima vazifani bajarish kerakligi haqida axborotdan iborat bo‘ladi.


2.7.-rasm. Har-xil sathlarga tegishli xabarlarning ko‘rinishi.
Tarmoq orqali yuborilgan xabar, kompyuterning fizik sathi tomonidan qabul qilib olinadi va ketma-ket ravishda sathma-sath yuqoriga, birinchi sathdan yettinchi sathga uzatiladi. Xaar bir sath o‘ziga tegishli bo‘lgan sarlavhani taxlil qiladi va ishlab chiqadi, so‘ngra esa bu sarlavhani olib tashlab, xabarning qolgan qismini yuqorida turgan sathga uzatadi.

Axborot almashinish jarayonida ma’lumotlar birligini ifodalash uchun xabar termini bilan birga boshqa iboralar ham qo‘llaniladi. ISO standartlarida har-xil sathlar protokollari uchun mo‘ljallangan ma’lumotlar birligini ifodalash uchun protokolga tegishli ma’lumotlar bloki - Protocol Data Unit (PDU) degan umumiy nom qo‘llaniladi. Ma’lum bir sathga tegishli ma’lumotlar blokini ifodalash uchun ko‘pincha maxsus nomlar qo‘llaniladi, bular quyidagilardir: kadr (frame), paket (packet), deytagramma (datagram) va segment (segment).


OSI modelida ikki xil tipdagi protokollar bor:
1. Avval aloqa chizig‘ini hosil qilib ishlaydigan protokollar. Telefon orqali aloqa qilib gaplashishga o‘xshab ishlaydigan protokollar..
2. Aloqa chizig‘ini avvaldan hosil qilmay turib ishlaydigan protokollar yoki deytagrammali protokollar. Bu esa pochta orqali xabar yuborishga o‘xshab ishlaydigan protokollar.
· OSI modelining sathlari.



Yüklə 30,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə