Reja: Qayta tekshiruv



Yüklə 16,4 Kb.
tarix31.01.2023
ölçüsü16,4 Kb.
#99845
HammasiBor loyihasini rivojlantirishga qaratilgan reja


HammasiBor loyihasini rivojlantirishga qaratilgan
Reja:

  1. Qayta tekshiruv

  2. Kamchiliklarni bartaraf etish

  3. Sotuvchilar va boshqaruvchilar o`rtasidagi shartnomani tuzish

  4. Raqobatchilarni kuzatish

  5. Sotuvchilarga e`lon berish

  6. Sotuvchilar bilan shartnoma tuzish

  7. Ommaga e`lon berishga tayyorgarlik

  8. E`lon berish

  9. Faoliyatni boshlash uchun sana belgilash

  10. Ommaga tadbiq qilish



  1. Qayta tekshiruv. Ishni boshlashdan avval Platformani butunlay ko`zdan kechirib, barcha ortiqcha maxsulot va boshqa kerak bo`lmaydigan funksiya va shunga o`xshash narsalarni o`chirib tashlanadi. Bu jarayondan maqsad: joylangan ammo iste`molchi talab qilgan vaqtta topib bo`lmaydigan maxsulotlarni o`chirish, hamkorlik qilishdan to`xtagan sotuvchilarni platformadan chiqarish va ortiqcha deb bilinadigan yoki ko`zdan qochirgan xato va kamchiliklarni qaytadan ko`rib chiqish orqali platformani chalkash vaziyatga olib keladigan muammolardan qutilish. Shu yo`l bilan eski «Bosh og`riq»lardan qutilib, ish jarayonini qayta tahlil qilishga halaqit beradigan to`siqlar olib tashlanadi.



  1. Kamchiliklarni bartaraf etish. Bunda oldin ko`rmagan xato va kamchiliklarni bartaraf etish. Tozalash davomida ko`zga ko`ringan kamchiliklarni jamoaviy mulohaza orqali hammaga to`g`ri keladigan yo`l orqali platformani yanada takomillashtirish imkoni yaratiladi.



  1. Sotuvchilar va boshqaruvchilar o`rtasidagi shartnomani tuzish. Bu jarayondan maqsad – bu o`zimiz haqimizda ma`lumot berish bilan bir qatorda bizning shartlarimiz va maqsadlarimizni tushuntirish va ularga yaratiladigan sharoit, ularning huquq va majburiyatlarini bildirish uchun avvaldan tuzilgan puhta shartlar jamlanmasini tuzib olish. Bu orqali biz hamkorlikning davomiyligi taminlab, keyinchalik yuzaga kelishi mumkin bo`lgan kelishmovchiliklarni oldini olgan bo`lamiz va aniq maqsadlar bilan oldinga harakat qilish uchun asosiy ustun bo`lib xizmat qiladi.



  1. Raqobatchilarni kuzatish. Har bir ishni boshlashdan oldin vaziyatni yaxshilab o`rganib chiqish muhim bo`lganidek biz ham shu ishdan boshlashimiz lozim. Bu jarayondan asosiy maqsad raqobatchilar o`z-o`zini taraqqiy etish uchun qanday usullardan foydalangani, qanday vazifalarni bajargani va natijalarini tahlil qilish orqali o`z strategiyamizni tuzish uchun asosiy turtki bo`ladi. Ular bosib o`tgan yo`llarni o`rganib ular kechirgan qiyinchiliklarni oldindan tayyorgarlik ko`rib borilsa ularga qaraganda optimalroq yechimni topishimiz mumkin.



  1. Sotuvchilarga e`lon berish. Platformani asosiy algoritmlaridan biri bu albatta sotuvchilar. Ularni e`tiborini jal etish va hamkorlikka chaqirishning eng oson usullaridan biri – e`lon berish. Ommaga tadbiq etish uchun o`z maxsulotlarini bizning platformamizga joylashlari uchun ularni qiziqtirib o`zimiz tomonga og’dirish uchun ularga maxsus takliflar, chegirmalar va shunga o`xshash narsalar bilan ularni manfaatlarini o`zlariga ko`rsatib berish kerak.



  1. Sotuvchilar bilan shartnoma tuzish. Bu ishdan maqsad – hamkorlik davomiyligini taminlash, ularni huquqlari va vazifalarini eslatib turish uchun o`zlari bergan roziliklarini dalil sifatida rasmiylashtirish bo`lib keyinchalik kelib chiqishi mumkin bo`lgan tushunmovchiliklarni oldini olish va aniq vazifalar asosida faoliyat yuritish.



  1. Ommaga e`lon berishga tayyorgarlik. Albatta ilk ta`asurot yaxshi bo`lishi kerak. Shuning uchun hamma mamnun bo`lishi uchun platformani qaytadan tekshirib sotuvchilar bilan kelishilgan holatta ommaga e`lon berish kerak.



  1. E`lon berish. Rastalar to`ldirilib, faoliyatni boshlashga tayyorgarlik ko`rilgandan kegin hammani e`tiborini tortib iste`molchilarni oshirish uchun e`lonning o`rni katta va ahamiyatli jihatlaridan biri uning qay tariqa aholiga tadbiq etish. Hozirda televizorlarni o`rnini telefonlar egallayotgan paytta televizor tomoshabinlarining soni kamaygani tufayli tanlovni oqlinona tarzda qabul qilish kerak.



  1. Faoliyatni boshlash uchun sana belgilash . Albatta dabdurustan ish boshlab bo`lmaydi. Shuning uchun ham bir aniq sanani belgilab rejalarni shu sanagacha yakunlab, shundan so`nggina ish faoliyatimizni boshlasak maqsadga muvofiq bo`ladi. Bunda iste`molchilarga e`lon berilgandan so`ng ularni qiziqishlarini yanada oshirish uchun bir oz muddat ularni platforma ishga tushishidan oldin boxabar qilsak, avvalo iste`molchilar soni sezilarli oshgannini ko`ramiz va rasman faoliyatni boshlashga yetarlicha mijozlar bo`ladi.



  1. Ommaga tadbiq qilish. Albatta birinchi mijozlarda ijobiy ta`asurot qoldishimiz zarur. Albatta buning uchun maxsus chegirmalar, qulay takliflar va shunga o`xshash narsalar bilan boshlash kerak.

Yüklə 16,4 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə