Reja; qushlarning tuzulishi



Yüklə 8,66 Kb.
səhifə2/2
tarix20.06.2023
ölçüsü8,66 Kb.
#118229
1   2
Reja; qushlarning tuzulishi-hozir.org

nafas olish jarayoni oʻziga xos kechadi. Q.ning bronxlari havo xaltachalari bilan (9—10 tacha) tutashgan. Nafas olish havo oʻpkadan xaltachalarga oʻtayotganida va ulardan yana oʻpka orqali qaytib chiqayotganida sodir boʻladi. Havo xaltachalari termoregulyatsiyada ishtirok etadi; suvda suzuvchi Q.da esa shoʻngʻishda tana tigʻizligini oʻzgar-tirishga imkon beradi. Ovqat xiliga moslanish qiziloʻngachning ixtisosla-shuvi (ayrim Q.da jigʻildonning rivojlanishi), muskulli oshqozonning paydo boʻlishi va ichakning uzayishiga olib kelgan. Q.ning toʻgʻri ichagi rivojlanmagan. Ayirish orgʻanlari 2 ta yirik buyraklar tana vaznining 1 — 2% ini tashkil etadi; qovugʻi boʻlmaydi. Ichagi, siydik chiqarish va jin-siy bezlari sistemasi yoʻli kloakaga ochiladi.


  • . Qattiq poʻchoq bilan qoplangan yirik tuxum qoʻyishi tufayli Q.ning chanoqkamari suyaklari yiriklashgan. Q. narida 2 tadan urugʻdon va urugʻ yoʻli, modasida faqat chap tuxumdon va tuxum yoʻli rivojlangan (yapaloqqushlar va yirtqich Q.da oʻng qismi ham bor). Urugʻdon va tuxumdonlar oʻlchami jinsiy sikl davriga bogʻliq. Mas, uya qurish oldidan urugʻdonlar 300—1000 marta kattalashadi. Qon aylanish sistemasining tuzilishi va fiziologik xususiyatlari, yuragining nisbatan yirik boʻlishi va jadal ishlashi, yuqori qon bosimi moddalar almashinuvining tezlashuvi bilan bogʻliq. Mas, kolibr yuragi tana massasining 2,85% ini tashkil etadi; 1 min.da 1000 mar-tagacha qisqaradi. Koʻrish oʻtkirligi va rang ajrata olish, yaxshi eshitish xususiyati Q.ning yaqin va uzoqdagi narsalarni tezroq tanib olishida, tur individlari va turlar oʻrtasidagi munosabatlarda katta ahamiyatga ega. Q.ning tovushlarni taniy olish va tovush chiqarish xususiyatlari rivojlangan. Bosh miya bazal yadrolarining rivojlanganligi, koʻrish boʻlaklari va miyachaning yirikligi Q. nerv faoliyatining sudralib yuruvchilarga nis-batan yuqori boʻlishiga olib kelgan. Q. muhit sharoitiga oʻz ehtiyojiga qarab faol moslanish (uya qurish, oziq gʻamlash va boshqalar) xususiyatlarga ega.

  •  quruqlik umurtqalilari orasida eng xilma-xil hayvonlar. Ular 2 kenja sinf: kaltakesak dumlilar (1 ta qirilib ketgan turkum kiradi) va yelpigʻich dumlilarga ajratiladi. Yelpigʻich dumlilarga 34 turkum (jumladan 28 ta hozirgi turkum) va 9000 ga yaqin tur kiradi. Q. Arktikadan boshlab Antarktika sohalarigacha boʻlgan barcha tabiiy mintaqalarda, koʻpchilik (80% ga yaqin) turlari tropik mintaqalarda tarqalgan. Oʻzbekiston faunasida Q.ning 19 turkumga oid 440 dan koʻproq turi maʼlum.

  • Yashash joyiga binoan Q.ni bir necha yirik ekologik guruhlar, mas, oʻrmon Q.i, choʻl va dasht Q.i, suv havzalari (suvda suzuvchi) Q., botqoq va sohil Q.iga; ular hayotining yil fasllari boʻyicha oʻzgarishiga binoan uchib ketuvchi, koʻchib yuruvchi va oʻtroq Q.ga boʻlinadi. Q.ning koʻpayishi siklik tarzda jinsiy bezlarning fasliy rivojlanishiga muvofiq ichki (gormonal) va tashqi (kun uzunligi va boshqalar) omillar taʼsiriga bogʻliq. Q.ning uya qurish joyi va uya qurish usuli xilma-xil. Q. 1 tadan 20—25 tagacha tuxum qoʻyib, ularni 12 kundan 80 kungacha bosib yotadi. Tuxumdan chiqqan joʻjalarning holatiga binoan Q. jish joʻja ochuvchi qushlar va joʻja ochuvchi qushlarga ajratiladi. Jish joʻja ochuvchi qushlarning tuxumdan chiqqan bolasining koʻzi yumuq, patlari siyrak; joʻja ochuvchi Q.ning tuxumdan chiqqan joʻjasi onasi orqasidan ergashadigan va mustaqil oziqlana oladigan boʻladi.

  • Q.ning tabiat va inson hayotidagi ahamiyati xilma-xil boʻlib, oʻsimliklarni changlantirish, ular urugʻlarini tarqatish, zararkunanda hasharotlar va kemiruvchilarni qirish (ular sonini boshqarish)dan iborat. AyrimQ. bogʻlar va donli ekinlarga ziyon yetkazadi, yuqumli kasalliklar tarqatadi. Q. ovlanadi; bir qancha turlari xonakilashtirilgan. Q.ning tabiatdagi estetik ahamiyati ayniqsa katta: ularning sayrashi bogʻ va xiyobonlarni jonlantiradi; insonda zavqlanish hissini uygʻotadi.

  • Q.ning turlari soni tobora kamayib bormoqda. 17-asr boshlaridan buyon 100 ga yaqin Q. turi qirilib ketgan, bir qancha turlari yoʻq boʻlib ketish arafasida turibdi. Q.ni muhofaza qilishga qadimdan harakat qilib kelinadi. Qad. Hindistonda miloddan 200 yil avval Q. muhofazasi toʻgʻrisida qonun mavjud boʻlgan. Hozirgi hamma mamlakatlarda Q. muhofazasi boʻyicha chora-tadbirlar ishlab chiqilmoqda. Noyob va qirilib ketish xavfi ostidagi turlarni saqlab qolish maqsadida xalqaro mamlakatlar va regional Qizil kitoblar yaratilgan. Xalqaro konvensiya, bitim, memorandumlar tuzilgan. Maxsus fondlar tashkil etilgan. 1885 yil birinchi boʻlib Q.ni muhofaza qilish Odyubonov jamiyati tuzilgan. 1872 yil Yellouston milliy bogʻi (AQSH), 1910 yil Shveysariyada tabi-atni muhofaza qilish jamiyati ish boshlagan. 1913 yil tabiatni muhofaza qilish boʻyicha birinchi xalqaro anjuman oʻtkazilgan.

Adabiyotlar

Fauna mira. Ptitsm. M., 1991; Jizn jivotnnx, t. 5, M., 1970; Obshaya ornitologiya, M., 1982; Oʻzbekiston Respublikasi Qizil kitobi. T., 2003; Soxraneniye biologiches-kogo raznoobraziya natsionalnaya strategiya i plan deystviy RUz, T, 1998;Laxanov J.L., Oʻzbekistonning umurtqali hayvonlari aniq-lagichi, T, 1988; Vinokurov A.A., Redkiye ptitsm mira, M., 1987.



http://hozir.org
Yüklə 8,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə