|
Reja: Schyotlar to’g’risida tushuncha va ularning tuzilishi
|
səhifə | 1/5 | tarix | 20.01.2023 | ölçüsü | 1,06 Mb. | | #98864 |
| Reja Schyotlar to’g’risida tushuncha va ularning tuzilishi - Reja:
- 1.Schyotlar to’g’risida tushuncha va ularning tuzilishi.
- 2.Ikkiyoqlama yozuv va uning ahamiyati.
- 3.Buxgalteriya schyotlarini turkumlanishi. Buxgalteriya hisobi schyotlarining rejasi.
- Buxgalteriya hisobi schyotlari - bu xo’jalik mablag’lari, operatsiyalarini joriy aks ettirish, iqtisodiy guruhlash va tezkor nazorat qilish usulidir.
- Schyot ikki qismga bo’linadi: chap va o’ng tomonga. Chap tomoni debet (Dt), o’ng tomoni kredit (Kt) deb nomlanadi.
-
- Dt Kt
- Schyotning bir tomonida qayd etilgan summalar bilan uning boshqa tomonida ko’rsatilgan summalar o’rtasidagi farq sal’do (qoldiq) deb nomlanadi.
- Schot bo‘yicha hisobot davrining boshiga bo‘lgan qoldiq boshlang‘ich saldo deb ataladi.
- Schot bo‘yicha hisobot davrining oxiriga bo‘lgan qoldiq oxirgi saldo deb ataladi.
- Debet va kredit bo’yicha yozilgan operatsiyalar summalarining jami oborot deb nomlanadi.
-
- O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2002 yil 9-sentyabrdagi 103-sonli buyrug’i bilan O’zbekiston Respublikasi 21-son BHMA «Xo’jalik yurituvchi subyektlarning moliyaviy-xo’jalik faoliyati buxgalteriya hisobi schyotlar rejasi va uni qo’llash bo’yicha yo’riqnoma»ni tasdiqladi va u O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2002 yil 23-oktyabrda 1181-son bilan qayd qilindi.
- Ushbu andoza, byudjet muassasalari va banklardan tashqari, mulk shakllaridan qatiy nazar barcha xo’jalik yurituvchi subyektlar tomonidan 2004 yil 1 yanvardan boshlab qo’llanila boshlandi.
- Buxgalteriya hisobi schyotlarni ma’lim bir tizimga solinishi schyotlar rejasi deyiladi.
- Schyotlar rejasi buxgalteriya hisobi tizimidagi axborotning umumiy tuzilishini, uning xo’jalik mexanizmiga muvofiq holda iqtisodiy tavsifini aniqlab beradi.
|
|
|