Reja: Sintaksis haqida umumiy ma’lumot. Sintaktik aloqa turlari. So‘zlarning o‘zaro sintaktik munosabatga kirishuvi. So‘z birikmasining tuzilishi va grammatik ma’nolari



Yüklə 218,91 Kb.
səhifə1/9
tarix19.12.2023
ölçüsü218,91 Kb.
#151035
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
so\'z birikmasi sintaksisi

REJA: 1. Sintaksis haqida umumiy ma’lumot. 2. Sintaktik aloqa turlari. 3. So‘zlarning o‘zaro sintaktik munosabatga kirishuvi. 4. So‘z birikmasining tuzilishi va grammatik ma’nolari.

SINTAKSIS. SO’Z BIRIKMASI SINTAKSISI

Sintaksis haqida umumiy ma’lumot

  • Sintaksis (grekcha – syntaxis – «tuzish» so‘zidan olingan) grammatikaning bir bo‘limi bo‘lib, so‘zlarning birikish yo‘llari, so‘z birikmasi, gap, uning turlari, xususiyatlarini tekshiradi.
  • Sintaksis, bir tomondan, so‘z va so‘zshakllarning, shuningdek, gaplarning aloqa qilish, birikish yo‘llarini tekshirsa, ikkinchi tomondan, ma’lum bog‘lanish asosida yuzaga keladigan sintaktik birliklarni o‘rganadi.
  • So‘z birikmasi, gap, gap bo‘laklari asosiy sintaktik birliklar, sintaktik kategoriyalar hisoblanadi.

Sintaktik aloqa turlari


1) teng bog‘lanish yoki teng aloqa;
2) tobe bog‘lanish yoki tobe aloqa.
So‘zlarning, shuningdek, gaplarning orasidagi bog‘lanish, aloqa ikki xil bo‘ladi:

.

  • Teng bog‘lanish sintaktik jihatdan teng huquqli bo‘lgan biri ikkinchisiga bo‘ysunmagan so‘zlarning yoki gaplarning aloqasidir. Bunda teng aloqadagi so‘zlar yoki gaplar o‘zaro teng bog‘lovchilar, teng bog‘lovchi vazifasidagi yuklamalar, ohang yordamida munosabatga kirishadi. Masalan: 1. Beminnat qilingan ezgulik eng maqbul va go‘zal ezgulikdir. (Oz-oz o‘rganib dono bo‘lur). 2. Bilmaslik ayb emas, bilishni istamaslik aybdir. (Oz-oz o‘rganib dono bo‘lur). Birinchi misolda eng maqbul, go‘zal so`zlari o‘zaro teng bog‘lanib, gapda uyushiq sifatlovchi vazifasini bajargan. Ikkinchi misolda esa Bilmaslik ayb emas va Bilishni istamaslik aybdir gaplari bir-biri bilan teng aloqaga kirishgan.
  • Tobe bog‘lanishda biri hokim, ikkinchisi tobe bo‘lgan a’zolar (so‘zlar, ergash gapli qo‘shma gap qismlari) o‘zaro aloqaga kirishadi. Ularning biri ikkinchisini aniqlash, izohlash, to‘ldirish uchun xizmat qiladi. Aniqlaydigan, izohlaydigan, to‘ldiradigan a’zosi tobe, izohlanadigan a’zo hokim deb yuritiladi: 1. Kitobni o‘qimoq, qiziqarli voqea
  • So‘zlar orasidagi tobe bog‘lanish ikki xil bo‘ladi:
  • 1) predikativ tobe bog‘lanish; (ega va kesim) 2) nopredikativ tobe bog‘lanish.(so’z birikmasi)

  • Yüklə 218,91 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə