Reja: "Smart" atamasi haqida



Yüklə 275,91 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/2
tarix11.12.2023
ölçüsü275,91 Kb.
#143753
1   2
Turdiyeva Dilobarxon

SMART muhit 
- innovatsion texnologiyalarga asoslangan intellektual virtual 


o‘quv muhiti; 
2)
 
innovatsion metodologiya bilan qurollangan 
SMART pedagogika; 
3)
Ilg‘or ta’limiy maqsadni ko‘zlagan 
SMART qobiliyatlar
. (1.3.2.-rasm.) 
SMART pedagogika 
- shaxsga yo‘naltirilgan, hamkorlik va konteksli ta’limni 
moslashtirilgan o‘quv xonalarida tashkil etish jarayonidir. 
SMART qobiliyatlar 
bu maqsad va mohiyatni aniqlash, o‘rganish va tadbiq qilish, 
hamkorlik, yaratuvchanlik hamda murakkab muammolarni hal etish kabi faoliyatni o‘z 
ichiga oladi. Aqlli pedagogika aqlli qobiliyat bilan uzviy aloqada, jumladan, intellektual 
virtual o‘quv muhiti aqlli pedagogikani shakllantirsa, u esa o‘z navbatida motivatsiyani 
oshirish maqsadida aqlli qobiliyatlar faoliyatiga murojaat qiladi. 
AQSH da 2015 yilda Discovery Education kompaniyasi tomonidan qator 
fanlardan “Smart education” ta’lim muhitida ishlashga mo‘ljallangan texnologik 
darsliklar yaratilgan. Mazkur 
texnologik darslik o‘zining tuzilmasi, o‘quv 
materiallarining rang-barangligi, interfaol muloqot va o‘quvchilarning individual ta’lim 
olish traektoriyalarini tanlash imkoniyatlari nazorat va tarqatma materiallar, 
o‘qituvchilar uchun uslubiy ta’minotning mavjudligi hamda uning 
mazmuni takomillashtirish uchun ochiqligi bilan ajralib turadi. Darslikda har bir mavzu 
bo‘yicha nazariy materialni o‘rganish, o‘zlashtirilgan bilimlar asosida ko‘nikmalarni 
shakllantirish uchun mashqlar va nostandart vaziyatlarda bilim va ko‘nikmalarni amalda 
qo‘llash va tadbiq qilishga doir turli xil interfaol mashq va topshiriqlar o‘rin olgan 
[150]. 


Yuqorida sanab o‘tilgan ilmiy ishlarda, ko‘pgina hollarda tasnif ta’limda elektron 
axborot resurslarini yaratish, ularning xossalari va joriy qilish muammolariga 
asoslangan bo‘lsada, ularni o‘qitish metodikasiga qo‘yiladigan talablar va joriy qilish 
muammolari, ulardan foydalanish metodikasi yetarlicha o‘rganilmagan. 
“Tarmoq texnologiyalari” fani bo‘yicha integrativ elektron o‘quv qo‘llanmani 
ishlab chiqishda quyidagi talablar bajarilishi zarur deb hisoblaymiz [102]: 
1.
Umumiy pedagogik talablar: elektron o‘quv materiallar tarkibiy tuzilmasiga 
ko‘ra o‘quv fanining mazmuniga mos kelishi lozim; elektron o‘quv materiallar 
muammoli va ijodiy izlanishni talab etadigan topshiriqlar, talabalarning intellektual 
qobiliyatini rivojlantirishga imkon beruvchi tizimga ega bo‘lishi kerak; elektron axborot 
ta’lim resursi o‘quv faoliyatining axborotni izlash, yig‘ish, saqlash, tahlil qilish va 
ishlov berish, loyihalash, konstruksiyalash, tajriba natijalariga ishlov berish hamda 
nazorat topshiriqlarni izchil bajarib borishni borasidagi harakatlarni avtomatlashtirishni 
ko‘zda tutishi shart; laboratoriya mashg‘ulotlarida tarmoqlarni imitatsion 
modellashtirish, tarmoqlarni loyihalash va tuzish jarayonlarini simulyatorlar yordamida 
virtuallashtirish lozim. Buning uchun UNenLab (Unified Networking Lab), Boson 
NetSim, HP Network Simulator, Huawei eNSP, Common Open Research Emulator, 
Line Network Emulator, Modeler va Cisco Packet Tracer kabi simulyator dasturlaridan 
foydalanish maqsadga muvofiq. 
2.
Metodik talablar – o‘quv materiali fikrlashning tushunchali, obrazli va 
harakatli komponentlarining o‘zaro bog‘liqligiga tayangan holda taqdim etilishi hamda 
tizimlashtirilgan bo‘lishi zarur; talabalar elektron axborot ta’lim resursidan foydalanar 
ekan, o‘quv materialini bosqichma-bosqich o‘zlashtirib borish imkoniyatiga ega bo‘lishi 
lozim. 
3.
Psixologik talablar - o‘quv materialini virtual usulda namoyish qilish nafaqat 
verbal, balki kognitiv jarayonning sensor (hissiy) va ko‘rgazmali holatlariga mos kelishi 
kerak; Elektron shakldagi o‘quv- axborot resursida talabalarda obrazli va mantiqiy 
fikrlash qobiliyatini 
rivojlantirishga xizmat qilishi, simulyatorlar yordamida kompyuter tarmoqlarini 
loyihalashda qurilma va jihozlarning sxematik tasvirlarini fizik ko‘rinishiga qiyoslay 
olish imkoniyati mavjud bo‘lishi. 
4.
Texnik talablar – tarmoq texnologiyalari modulidagi bitta ma’ruza standart 
ya’ni, to‘rt-besh betdan oshmagan matndan iborat, nazorat testlari hajmi (savol va 
topshiriqlar) bir ma’ruza mashg‘uloti uchun 10 tagacha bo‘lishi lozim. Elektron axborot 
ta’lim resursini yaratishda imkon qadar ssenariya va rasmlarning eskizlari kadrlarga 
bo‘lingan bo‘lishi zarur. 
5.
Dasturiy talablar - elektron axborot ta’lim resursining dasturiy qismi TCP/IP 
transport protokolidan foydalangan holda HTML – bichimida bo‘lishi; elektron axborot 


ta’lim resursi bazasidagi ma’lumotga bir vaqtda bir nechta foydalanuvchining murojaat 
qilish imkoniyatining 
ta’minlanganligi; tizimli WEB-serverlar imkoniyatidan 
foydalanish; elektron axborot ta’lim resursi ishlaydigan muhitning Windows 7 va undan 
yuqori bo‘lishi; ma’lumotlarni saqlash va qayta ishlash uchun serverdan foydalanish; 
multimedia vositalari (ovoz, video va shu kabilar)dan foydalanish va xakozo. 
Ma’lumki, “Tarmoq texnologiyalari” faniga doir zamonaviy eksperimental 
qurilmalarning ko‘pchiligi ancha murakkab, katta hajmli va qimmat turadigan 
majmualardan iborat bo‘lib, ular narxi, o‘lchamlari, ishlatilishi shartlari bo‘yicha biroz 
murakkab va shuning uchun ko‘plab oliy ta’lim muassasalarda o‘quv jarayonida 
ko‘pgina laboratoriya ishlari va eksperimentlar kam o‘tkaziladi. SHuning uchun 
mavjud muammolarni hal qilish usullaridan biri - bu virtual laboratoriya va imitatsion 
modellardan 
foydalanish 
mumkinligini 
e’tiborga olib, biz virtual texnik 
laboratoriyalarning quyidagi turlaridan foydalanishni taklif etamiz: asbob va uskunalar, 
bo‘yicha virtual laboratoriyaning asosiy vazifasi - bu eksperimentlardan 
foydalaniladigan asboblar va qurilmalarni o‘rganish hamda zarur malakalarni egallash. 
Asbob va anjomlar amaliyotini o‘tkazish uchun ishni haqiqiy qurilmalarda to‘liq 
bajarishga (taqlid qilib takrorlashga imkon beruvchi) haqiqiy uskuna va asboblarning 
virtual analoglari (o‘xshashlari) kerak bo‘ladi. Ayniqsa, bu ana shu asbob va 
uskunalarni boshqarish organlari va usullariga taaluqlidir; texnik virtual laboratoriyalar - 
ularning vazifasi nazariy materialni o‘zlashtirishni mustahkamlash uchun standart 
tajribalar va eksperimentlarni o‘tkazish malaka va metodikasini egallash; kognitiv virtual 
laboratoriyalar - ma’ruza mashg‘ulotlarini ta’lim oluvchi uchun yangi, uning empirik 
tajribasiga zid bo‘lmagan mavzular bo‘yicha tashkil etishni taqozo etadi; gnoseologik 
virtual laboratoriyalar - ularning vazifasi ta’lim oluvchining odatdagi empirik bilimidan 
farq qiluvchi, ko‘pincha ularga zid keluvchi yangi tushuncha va tasavvurlarni 
o‘zlashtirishda yordam berish hisoblanadi; kreativ virtual laboratoriyalar 
- ta’lim oluvchining ijodiy tafakkuri shakllantirishga va qobiliyatini rivojlantirishga 
yo‘naltiriladi; tadqiqotchilik virtual laboratoriyalari - ilmiy-tadqiqot ishlarini 
o‘tkazishga va yangi bilimlarni egallashga mo‘ljallangan. Bunday laboratoriyalar uchun 
virtual laboratoriya asosiga qo‘yilgan matematik model hisoblash imkoniyatlari muhim 
ahamiyatga ega[127]. 
SMART-texnologiyalar va “Buyumlar interneti” ni qo‘llash orqali o‘quv 
jarayonida quyidagi imkoniyatlarga erishish mumkin: 
1.
Butun dunyo bo‘yicha ta’lim oluvchilar va ta’lim beruvchilarni birlashtirish: 
Bunda ta’lim oluvchilar bosma adabiyotlarni qisqa vaqt ichida C-Pen Reader OCR 
Brauzer yoki Scanmarkerlardan foydalanib elektron ko‘rinishga o‘tkazadilar, uy yoki 
auditoriyada raqamli markerlar, interaktiv doskalardan foydalanib dunyo bo‘ylab o‘z 
tengdoshlari, o‘qituvchi va murabbiylar bilan hamkorlik qila oladilar. Talabalar QR 
ya’ni Quick Response - tezkor javoblarni qo‘llab topshiriqlar oladilar yoki boshqa 


turdagi ta’lim 
resurslariga bog‘lanadilar. QR kodlarni o‘qishda o‘z mobil 
smartfonlaridan (telefon) foydalanishlari mumkin. 
2.
Texnologik jihatdan zamonaviy takomillashgan SMART – universitetlar 
tashkil etish: “Buyumlar interneti” aqlli universitetlarni fizik va tuzilmaviy muhitini 
yaxshilashga yordam beradi. Zamonaviy oliy ta’lim muassasalarning eng muhim 
jihatlaridan biri uning uzluksiz tarzda faoliyat olib boruvchi yuqori darajadagi shaxsga 
yo‘naltirilganligidir. OTMlardagi kerakli ma’lumotlar va ko‘rsatmalarni uzatish va 
qabul qilib olishda Wi-Fi tarmog‘idan foydalanadi. 
“Buyumlar interneti”ni vazifasiga ko‘ra o‘quv muassasalar asab tizimi desa ham 
bo‘ladi. Chunki, ular “aqlli” dars rejalarini tuzish, darslarni kuzatib borish, 
axborotlardan foydalanish darajasini yaxshilash, xavfsizlikni ta’minlash va boshqa 
shunga o‘xshash vazifalarni bajarishda asosiy rol o‘ynaydilar. Bugungi kunda 
“Buyumlar interneti” texnologiyalari auditoriya va undagi uskunalarni boshqarishning 
zamonaviy usuli sifatida o‘zini namoyon qilmoqda. 
3.
Havfsiz va ishonchli ta’lim muhitini ta’minlash: O‘quv binosi va uning atrofini 
himoya qilish va havfsizligini ta’minlash masalasi ham bugungi kunning eng asosiy 
e’tiborni qaratish lozim bo‘lgan 
masalalardan biri hisoblanadi. Texnologik jihatidan yuqori darajali sensorlar, kuzatuv 
kameralari, RFID (ingl. Radio Frequency IDentification, radiochastotali identifikatsiya) va 
boshqa turdagi tarmoqqa ulangan uskunalar binolarni monitoring qilish va kuzatish uchun 
xizmat qiladi[151]. 
4.
Mobil qurilmalar va ularga o‘rnatilgan maxsus dasturlar hamda ilovalardan 
samarali foydalanish: Smartfonlardan samarali foydalanish bilim olish va ta’lim berish 
usullarini asta-sekin o‘zgartiradi. Bu qurilmalar yordamida talabalar o‘zida grafika, 
video va animatsiyalarni jamlagan 3D grafika va darsliklar yaratish imkonini beradi. Bu 
erda IoT 

buyumlar interneti o‘yinni o‘zgartirish vositasi sifatida qaraladi va u foydalanuvchiga 
turli tuman ta’limiy o‘yinlarni taklif qiladi. Bundan tashqari yangi o‘qitish metodlarini 
ham taklif etadi. IoT qurilmasi motorining datchiklari yangi va qiziqarli narsalarni 
o‘zlashtirishni ta’minlaydi. 
5.
Innovatsion muloqot: IoT (Buyumlar interneti) talabalarga turli usullar va 
qurilmalardan foydalanish orqali o‘qituvchilar bilan muloqot qilishga yordam beradi. 
O‘qituvchi har bir talabani kuzatib borishi va onlayn vositalardan samarali foydalanish 
orqali ularga uy vazifalari yoki boshqa ta’lim loyihalarini topshirishi, shuningdek, ish 
faoliyatini natijasini ham kuzatishi mumkin. IoT talabalarni zamonaviy va xavfsiz 
muhitda so‘z va harakat erkinligini ta’minlaydi. 
6.
Smartboards (Aqlli doskalar): Talabalar ma’ruzalarni oson tushunishlari 
uchun Smartboards - aqlli doska kabi yangi vositalarni ishlatishadi. Talabalar 


shuningdek, onlayn taqdimotlar va videolarni tayyorlashlari ham mumkin. Vebga 
asoslangan uskunalar va dasturlar talabalarga yangi materialni yaxshi o‘zlashtirishlarida 
bo‘r va oddiy an’anaviy doskalardan ko‘ra ancha samarali yordam beradi. SmartBoard 
interaktiv doskasi bilan SmartNotebook dasturi bir to‘plam bo‘ladi. Ushbu dastur 
doskada chizilgan va yozilgan barcha ma’lumotlarni saqlash bilan birga yaratilgan 
taqdimot slaydlarini shakllantirishi ham mumkin. Bunda qo‘lyozma matnni 
aniqlashtirish va bosma holatiga o‘zgartirish, ya’ni klaviatura bilan kiritgan kabiga 
o‘tkazish mumkin. Adobe Photoshop, Corel Draw kabi grafik muharriri dasturlarida 
tayyorlangan umumiy materiallarni SMART Notebook dasturiga o‘tkazsa (import) 
bo‘ladi. Vaholanki, talabalarda butun loyiha qamrovida ishlash sharoiti tug‘iladi 
(grafiklar, animatsiyalar qo‘yish) 
Davomatni nazorat qilish: Ushbu tizim o‘quv muassasa administratsiyasiga talabalar 
davomatini nazorat qilishga yordamlashadi.
Tizim talabaning sababli va sababsiz holda necha marotaba mashg‘ulotlarda ishtirok 
qilmaganini hamda ularning talablarini o‘rganadi. 
O‘quv jarayonida SMART-ta’lim texnologiyasining qo‘llanilishi muhim 
pedagogik anglash, ijodiy yondashuvchi va faol fikrlovchi pedagog, ta’lim jarayonini 
modellashtirish usuli va o‘z faoliyati natijalarini oldindan bashorat qilishni talab etadi. 
Elektron ta’lim resurslari va o‘quv-metodik majmualarni SMART-ta’limda qo‘llanilishi 
uchun loyihalash ko‘nikmasi o‘qituvchi professionalizmining bir qismi hisoblanadi. 
O‘quv jarayoniga SMART-texnologiyani tadbiq etish ta’limning barcha sub’ektlari 
uchun shubhasiz ko‘pgina afzalliklar tuhfa etadi [95]. 
SMART-ta’limi ta’lim muassasalarini, o‘qituvchilar va talabalarni Internetda 
umumiy standartlar va texnologiyalar asosida ta’lim faoliyatini amalga oshirish uchun 
yagona tizimga birlashtiradi, shuningdek, ularning akademik mobillik darajasini 
ko‘taradi. Shu bilan birga, o‘qitish muhiti moslashuvchan, dolzarb, interfaol va shaxsga 
yo‘naltirilgan bo‘lib, har bir o‘qituvchi va talaba zamonaviy kompyuter 
texnologiyalariga erkin kirish imkoniyatiga ega bo‘lishi hamda o‘quv jarayoniga yangi 
o‘qitish usullarini joriy etish imkoniga ega. 
SMART- ta’limining asosiy xususiyatlari [119]: 
1.
Moslashuvchanlik - turli xil operatsion tizimlar uchun mo‘ljallangan dasturiy 
ta’minotning muvofiqligini ta’minlash. U foydalaniladigan qurilmalar turidan qat’i 
nazar, o‘quv jarayonining uzviyligi va uzluksizligi hamda ta’limiy axborot makonining 
yaxlitligini ta’minlash imkoniyatini nazarda tutgan holda, ta’lim berish uchun keng 
imkoniyatlarni yaratadi. 
2.
Makon bo‘yicha mustaqillik, mobillik (harakatchanlik), doimiylik
uzluksizligi va ta’lim ma’lumotlariga kirishning qulayligi. 
3.
Ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchilarga ma’lumotlar bazasiga kirish uchun 


mobil qurilmalaridan foydalanishi hisobiga mustaqilligi. 
4.
Turli xil imitatsion modellarni yaratish. 
5.
Ish beruvchilar va o‘quv muassasaning individual hamda tashkiliy maqsadlari 
o‘rtasidagi munosabatlar. 
6.
O‘quv jarayonining samaradorligi nafaqat bilim, ko‘nikma va malakalar, balki 
ularni amalda qo‘llash qobiliyati bilan o‘lchanadi. 
7.
Talabalarning qiziqishi va individual qobiliyatlariga moslashuvchan ta’lim 
(talabalarning individual parametrlari bo‘yicha ta’lim olishga moslash imkoniyati).
Smart - ta’lim quyidagi tavsiflarga ega: a) o‘qitishning individual traektoriyasi; b) 
interaktiv muhitda o‘qitish; v) mumiy tartibga solingan o‘qitish dasturlari; g) xalqaro 
o‘quv kontentini qo‘llagan holda ihtiyoriy vaqtda va istalgan joyda o‘rganish 
imkoniyati; d) on-layn rejimda talabalarning mustaqil ishlari bilan auditoriya 
mashg‘ulotlarini oqilona mujassamlashtirish; e) mutaxassislik bilimlarni egallash 
bo‘yicha o‘qitish bilan bir yo‘la ishlash imkoniyati [83]. 
O‘qituvchilar uchun afzalliklari: O‘quv materialini taqdim etishda innovatsion 
yondashuv; talabalar bilan tezkor qaytar aloqa; birlashgan real va virtual olamni 
shakllantirish; o‘quv jarayonini oson boshqarish; multimediyaning maksimal xilma-
xilligi; umumiy axborot-ta’lim muhiti; axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini 
qo‘llash bilan yangi pedagogik texnologiyalarni tadbiq etish; talabalarning ehtiyoji va 
darajasiga qarab layoqatini tez va oddiy holda aniqlash; bir qancha o‘quv yurtlari bilan 
hamkorlik aloqalarini o‘rnatish va axborot almashish uchun tarmoq yaratish imkoniyati; 
ta’lim berishning jadalligi va sifatining oshishi. 
Talabalar uchun afzalliklari: axborot oluvchi manbalar sonining ko‘pligi; texnik 
imkoniyatlarning mavjudligi; har qanday ta’lim xizmat- larining qo‘llab-quvvatlanishi; 
mustaqil alohida va guruh ishlari hajmining ortishi; ta’limning mobilligi 
(harakatchanligi); ijodiy va tadqiqot loyihalari sonining ortishi; ta’lim traektoriyasining 
o‘ziga xosligi tamoyili; o‘qituvchi va boshqa talabalar bilan tezkor qaytar aloqa; 
ijodkorlikning taraqqiyoti va mustaqil amalga oshirish imkoniyatlari; joylashgan xududi 
va vaqtiga bog‘liq bo‘lmagan sharoitlarda zarur axborotlarni olish imkoniyati; har 
qanday vaziyatda tayyorgarlik uchun o‘rganishni boshlashga izm berish imkoniyati. 
Yuqorida bayon qilingan tamoyillarni inobatga olib, SMART- texnologiyalar 
bilan qurollangan integratsiyalashgan o‘quv muhitida tarmoq texnologiyalari fani 
bo‘yicha elektron axborot ta’lim resursi yaratish va o‘quv jarayonida qo‘llash orqali oliy 
ta’lim muassasalarida bo‘lajak mutahassislarni kasbga yo‘naltirish va fandan bilish 
faoliyatini shakllantirish maqsadi amalga oshiriladi.





Yüklə 275,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə