|
Reja Suv manbaalari Oqava suvlar qanday usullarda tozalanadiKeyin oqova suvlar tarkibidagi suzib yuruvchi, cho‘kuvchi va organik moddalar ushlab qolinadi, ya’ni m exanik cho‘kuvchi, suzib yuruvchi, muallaq va qisman organik
|
səhifə | 2/5 | tarix | 29.11.2023 | ölçüsü | 2,72 Mb. | | #141409 |
| KamolovKeyin oqova suvlar tarkibidagi suzib yuruvchi, cho‘kuvchi va organik moddalar ushlab qolinadi, ya’ni m exanik cho‘kuvchi, suzib yuruvchi, muallaq va qisman organik moddalar ushlab qolinadi. Asosan bu usul biologik, fizik-kimyoviy va kimyoviy tozalash usullaridan oldin qo'yiladi. Umuman, mexanik tozalash usuli oqova suvlarni oldindan tozalab berish usuli hisoblanadi. Qum ushlagich - Qum ushlagich oqova suvlar tarkibidagi erimagan mineral
moddalar, ya’ni qumlarni ajratib olish uchun qo‘llaniladi va tindirgichdan oldin qo‘yiladi. Qumushlagichni tindirgichdan ajratilishi qiyinligi, metantenkada cho‘kmalarning achishi jarayonining pasayishiga olib keladi.Qumushlagich oqova suvlar sarfi 100 m3/sutkadan ortiq bo'lganda qo‘yiladi. Qumushlagich-ning ishlash jarayoni suvning solishtirma og‘irligiga nisbatan og‘ir bo‘lgan zarrachalarning og‘irlik kuchi ta’siriga, ya’ni zarrachalarning bir-birini tortish kuchiga asoslangan bo‘lib,suvning oqimi bilan harakati natijasida rezervuar tagiga cho‘kadi. Gorizontal qum ushlagich - Gorizontal qumushlagich rejada uzun gorizontal ko‘rinishidagi rezervuardan iborat va suvning harakati to‘g‘ri chiziqli bo‘lib,
ishchi qism (suv oqadigan), cho‘kindi cho'kadigan, ya’ni qum yig‘iladigan bo‘laklardan tashkil topadi. Tozalash stansilarida qumushlagichlardan qumlar gidroelevatorlar, maxsus mexanizm va boshqalar yordamida qum maydonlariga olib tashlanadi. Qum ushlagichlar yaxshi ishlashi uchun qumlarni o‘z vaqtida olib tashlash zarur. Aylanma suv oqimli qumushlagich. Aylanma suv oqimli qumushlagichda suvning oqimi aylanma lotok orqali o‘tadi. Tushayotgan qumlar tirqishlar orqali qumushlagichning konus gidroelevatorlar orqali chiqarilib, qum bunkerlariga yuboriladi. Qumushlagichdagi cho'kmalarni qumushlagichning ishini to‘xtatmasdan chiqarib olish mumkin va unda 7 6 -8 6 % qumlar
Dostları ilə paylaş: |
|
|