Reja: tashqi to'siq konstruktsiyalarining issiqlik fizik xususiyatlari



Yüklə 27,72 Kb.
səhifə1/2
tarix10.11.2023
ölçüsü27,72 Kb.
#132888
  1   2
TASHQI TO\'SIQ KONSTRUKTSIYALARINING ISSIQLIK FIZIK XUSUSIYATLARI


TASHQI TO'SIQ KONSTRUKTSIYALARINING ISSIQLIK FIZIK XUSUSIYATLARI
Reja:

  1. TASHQI TO'SIQ KONSTRUKTSIYALARINING ISSIQLIK FIZIK XUSUSIYATLARI

  2. TASHQI TO'SIQ KONSTRUKTSIYALARI

  3. TASHQI TO'SIQ KONSTRUKTSIYALARINING ISSIQLIGI

Loyihalash ishlarining xususiyatlari. Har bir mashinasozlik zavodida bosh konstruktor bo’limi bo'ladi. Ishlab chiqariladigan buyumlaming turiga ko’ra asosiy va ixtisoslashtirilgan konstruktorlik buyumlardan tashkil topadi. Konstruktorlik tashkilotlari shug’ullanadigan loyihalash obyektiga loyiha topshirishda obyektni yasash uchun ishchi chizmalami tayyorlashgacha bo’lgan ishlar majmuidan iborat bo'lib, juda murakkab va uzoq davom etadigan jarayon hisoblanadi. Konstruktorlik hujjatlarga grafika va tekst shaklidagi hujjatlar kiradi. Ular alohida holda yoki birgalikda buyumning tarkibi va tuzilishini belgilaydi. Uni ishlab chiqish yoki tayyorlash, nazorat, qabul ekspluatatsiya va remont qilish uchun zarur Ma’lumotlarga ega bo'ladi.


Texnik modellashtirishga kirishishdan oldin «model» va «maket» tushunchalarini aniqlab olish zarur. Model haqiqatdan obyektning yoki undagi asosiy uzellarning nusxasidir. Shuningdek, u harakatlanadigan va o’z namunasi (haqiqiy obyekt) ning funksiyalarini ixcham holda bajaradigan ham bo’lishi kerak. Maket - obyektning konsturktsiyasini yaqqolroq tasawur etish imkonini beradigan umumiy hajmi tasawurdir. Ishlab chiqarish sharoitlarida yangi mashinalarni yaratish jarayonini ham, o'quv ustaxonalarida texnik modellarni yasash jarayonini ham quyidagi jihatlarga e'tibor qaratiladi: texnik maqsadning (mashinalar) mexanizmlar konstruktsiyasini, modellar yasash fikrining vujudga kelishi: o’ylangan texnik maqsadga, texnik talablar qo'yish: konstruktsiya eskizlarini tuzish va uni muhokama qilish, texnologik jarayonni ishlab chiqarish hamda kerakli materiallar va asboblarni tanlash; mo'ljallangan buyum detallarini tavyorlash va ularni uzellarga, uzellarni buyumlarga yig'ish, buyumni ishlatib sinash va rostlash.

Texnik modellar klassifikatsiyasi. Texnikada ishlatiladigan modellar 3 tipga bo'linadi. 1-tip - geometrik o'lchamlari o'xshashligi. Ko’rgazmali qurol maqsadida ishlatiladigan obyektning tashqi qiyofasini anglatadigan. Geometrik modellar ta’limda keng qo'llaniladi. Jumladan bunday modellar o'quvchilarni texnika obyektlarining ishlash mezonlari va umumiy tuzilishi bilan tanishtirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Odatda, ishlab chiqarishning eng zamonaviy yo’nalishlari bilan faqatgina kitob va jurnallarda keltirilgan chizmalar va rasmlar orqali tanishadilar, ya'ni obrazli-belgili ideal modellardan foydalanadilar. Biroq ular obyekt to’g'risida to'la tushuncha hosil qilish imkonini bermaydi. SHu sababli keyingi yillarda model va maketlardan keng foydalanilmoqda. 2-tip - fizikaviy o’xshashligi. Bu faqat tashki qiyofasini anglatmasdan balki o'rganilayotgan obyektning harakat dinamikasi, o'zaro bog’liqligi qonuniyatlari, xasusiyatlari va o’xshashliklarini ko’rsatadi. Bunday modellarni yaratishda nafaqat obyektlaming tuzilishini o'rganish, balki ulardagi jarayonlar dinamikasini o'rganish ham ko'zda tutiladi. Fizik modellashtirishda model va uning prototipi bir xil turdagi fizik tabiatga ega materialdan tuzilgan deb qaraladi, yahni, suyuqlik harakati suyuqlik harakati bilan, elektr toki elektr toki bilan, samolyot modelining uchishi uning modeli uchishi bilan almashtiriladi.


Biroq, bir fizik hodisani ikkinchi bir mos holat bilan ham almashtirishga ruxsat etiladi, misol uchun suyuqlikning oqishini elektr toki, suvning qumlardagi harakatini issiklik uzatilishi bilan va b. 3-tip - funksional o’xshashligi - tirik mavjudotlarning harakatlarini modellashtirish tushuniladi. Bu turdagi modellarning asliga yaqin bo'lishini ta'minlash maqsadida ko’p holatlarda ular tirik mavjudotlar, insonlarga o’xshash qilib yaratiladi. Ularga misol sifatida elektromexanik va elektron «toshbaqa», «chuvalchang», «ayiqcha» va boshqalarni keltirish mumkin. Bu qatorga insonga qiyosan ishlangan robotlarni ham kiritish mumkin. Bunday modellar ustida ishlash o'quvchilar uchun juda qiziqarli bo’lib, bunda modelni avtomatlashtirish va mexanizatsiyalashtirish uchun cheksiz istiqbollar ochiladi.


Modellar dinamik va statik bo'lishi mumkin. Texnik modellash jarayonida konstruktsiyalash elementlarini o’rgatísh tajribasi qator murakkab vazifalarni quyidagi tartibda bajarish ayni maqsadga muvofiqligi ko'rsatadi: chizmalar eskizlarini o’qish va tayyorlanadigan detallar konstruktsiyasini tushuntirish, hisoblash asosida ayrim detallarning konstruktsiyalarini o’zgartirish, ana shu o'zgartirishlarni chizmaga kiritish va kinematik sxemasini tuzish: detallarni biriktirish va mustaxkamlash yo'llarini belgilash; detallarni yig’ish jarayonida ularni o'rnatish joylarga ko'ra konstruktsiyalash; konstruktsiyada yetishmaydigan detallar va uzelllami konstruktsiyalash; texnik talablar, shuningdek, topshiriq bo’yicha yoki ixtiyoriy ravishda detallar tayyorlash, detallarni uzellarga, uzellarni detallarga yig’ish va modelni ishda sinab ko'rish aniqlangan kamchiliklami tuzatish, modelni takroran ishda sinab ko’rish va dizaynlash.


O’quvchilarning konstruktorlik qidiruv faoliyatining mantig’i va strukturasi. O'quvchilaming texnik ijodkorligi integral xarakterga ega, ya’ni u bilish - qayta qurish faoliyatini o’zaro bir-biriga bog’liq bo’lgan nazariy tekshirish, tajriba, texnik masalalarni yechish, model va qurilmalarni real holatda ishlatish, uni sinash kompleksi bilan belgilanadi. Shu faoliyat orqali o'quvchilar obyektiv borliq haqida atroflicha bilimga ega bo’ladi, oldinga surilgan nazariy g’oyani to'g'ri yoki noto'g'ri ekanligini amaliyotda tekshirib xulosa chiqarish bo'yicha ko'nikma va malaka hosil qiladilar.


O’quvchilar har qanday yangi texnik obyektni yaratish jarayonida mustaqil organik jihatdan o’zaro bir-biriga bog’liq bo’lgan bosqichlardan iborat ekanligini anglab yetadilar. Bu texnik ijodkorligi quyidagi mantiqiy strukturali bosqichlarni o'z ichiga oladi: 1-bosqich, maktab o'quvchilari faol ravishda mavjud bo’lgan texnik obyektning mohiyatini tushunishga harakatqiladi; 2-bosqich, bu o'quvchilarda ma'lum texnik obyekt tuzilishi haqidagi texnik g’oyasning sodir bo'lishi bilan boshlanadi; 3-bosqich, yangi bo'lajak texnik tuzilishning (ideal holatda) modeli ishlab chiqiladi; 4-bosqich, loyihalash, yosh texnik fikrida mavjud obyektning mazmuni va shaklini yaratadi; 5-bosqich, harakatdagi modelni qurish va sinash; 6-bosqich, qurilmaning real namunasini yaratish va aslini tajribadan o'tkazish; 7-bosqich, texnik hujjatlarni yaratish.


Modellashtirish va modelli - texnik tajriba. Har xil turdagi texnik obyektlarning modeli tajriba tekshiruvchi o'quvchilarning bilish faoliyatini rivojlantiradi. Ma’lum bir texnik obyektni tajribadan o'tkazishda qonunlar asosida chiqarilgan xulosa va umumlashtirish natijasida boshqa sohada ishlatiladigan mashina va qurilmalarga qo’llay olish bo'yicha bilimlarni shakllantirishga vosita bo'lib xizmat qiladi. Qishloq xo'jaligi yoki korxonada o'tkazilayotgan o’quvchilarning texnik ijodkorligi amaliy faoiiyatning maxsus shakli hisoblanadi. Xarakteri bo'yicha - bu tajriba, yo’nalishi bo'yicha ishlab chiqarish faoliyati, vazifasi bo'yicha ta’Iim va tarbiya. Bunday turdagi texnik ijodkorligi faoliyatini o’quv-ishlab chiqarish texnik tajribasi sinfiga ajratish mumkin.


Bu masalaga ikki tomonlama qarash maqsadga muvofiq: Birinchi tomondan - bu metod ya'ni o'quvchilar ishlab chiqarishda qo’llaniladigan yangi texnik obyektni yaratish yoki tuzilishini o'zgartirish ishlarida ishtirok etadilar. Sunday tajriba o'quv xarakteriga ega bo'lishiga qaramay ishlab chiqarishning asosiy vazifalari tarkibiga kiradi. Asosiysi bunda o'quvchilar bilim tajriba o’tkazish ko’nikmasini hosil qiladilar. O‘quv mashg‘ulotining maqsadi: Tashqi to‘siq konstruksiyalar namlik xolatining muxandislik xisobini bajarish uchun va shu qurilish materiallarini ishlatish ja-rayonida, mo‘‘tadil iqlim sharoitini ta’minlash uchun, ularda namlik holatining paydo bo‘lish sabablarini aniqlashdan iborat.


Xavoning 1 m3 xajmida mavjud bulgan gaz xolatidagi suv mikdori absolyut namlik deyiladi. Bu mikdor 2 xil ulchov birligida ulchanadi: g/m3 .


Suv gaz xolatida bulgani uchun bosimga ega buladi.Shuning uchun bosim birligida:Pa, n/m2 da ifodalanishi mumkin.


Nisbiy namlik deb 1m3 xajmda gaz xolatida mavjud bulgan suv mikdorining shu temperaturada bulishi mumkin bulgan eng katta mikdoriga nisbatiga aytiladi. Nisbiy namlik % lar xisobida ifodalanadi:


 = Ee 100 %


e – 1 m3 xajmdagi suv mikdori.


E – xavoning suv buglarini maksimal ushlash kobiliyati.

Nisbiy namlik berilgan temperaturada xavoning suv buglari bilan tuyinish darajasini belgilaydi. Xavoning suv buglarini maksimal darajada ushlash kobiliyati temperaturaga boglik buladi.


Temperaturaning shudring nuktasi deb, shunday temperaturaga aytiladiki shu temperaturadan boshlab, keyingi sovitish jarayonida kondensat sodir buladi.


Qurilish materiallari va tashqi to‘siq konstruksiyalarining jismida tabiiy xolda ma’lum miqdorda shu qurilish materialining xajmiy ogirligiga, issiqlik fizik va boshqa xususiyatlariga ta’sir etadi.


Ma’lumki, qurilish materialining namligi qanchalik katta bulsa uning issiqlik o‘tkazuvchanlik koeffitsienti shuncha katta bo‘ladi. Shu sababli tashqi to‘siq konstruksiyalarini loyixa qilishda ularning tabiiy tashqi namlik ta’siridan himoya qilish choralarini ko‘rish kerak va namligi kam, ya’ni nam yutish xususiyati past bolgan qurilish materiallarini qo‘llash bilan birgalikda, nafakat issiqlik fizik xatto, namlik holatini xam e’tiborga olish kerak.


Namligi katta bo‘lgan qurilish materiallari sanitar-texnik jixatdan ham yaroksiz hisoblanadi. Birinchidan bu material bino ichidagi havo namligini kupaytirish bilan birgalikda devorlarning yoki tom yopmalarining sirtida nam dog‘lari, mog‘or paydo qiladi. Bu esa oziq-ovqat maxsulotlarining buzilishiga, xar-xil kasallik tarqali- shiga


sabab bo‘ladi. Ikkinchidan bu qurilish materiallarining mustahkamligi past bo‘lib tashqi muhit ta’sirida bardoshsiz va uzoq muddatga chidamsizdir. Tashqi


to‘siq konstruksiyalar namlik xolatining muxandislik xi- sobini bajarish uchun va shu qurilish materiallarini ishlatish ja-rayonida, mo‘‘tadil iqlim sharoitini ta’minlash uchun, ularda namlik holatining paydo bo‘lish sabablarini aniqlash zarur. Qurilish mate-rialidagi namlikning paydo bo‘lish sabablari quyidagilardan ibo rat:





  1. Qurilishdagi texnologik namlik – bu qurilish materiallarini tayyorlash jarayonida va binoni yoki qurilmalarni tiklashda hosil bo‘- ladigan namlikdir.




  1. Zamindan o‘tadigan namlik. Bu namlik tuproqdan devorlarga kapillyar surish orqali o‘tadi. Bu namlik devorda er satxidan 2-2,5 m gacha kutarilishi mumkin. Bunga misol tariqasida ΧІV asrda Samar- qandda qurilgan me’moriy obidalarni, jumladan «Ruxobod»ni olish mumkin. Devor va poydevorlar namlikka qarshi ximoya qatlam bilan yaxshi ta’minlangan bo‘lsa, tuproqning namligi devorlarning namlik holatiga ta’sir etmaydi.




  1. Atmosferadan o‘tadigan namlik. Bu namlik kor va yomgir yog‘ishi sababli shamol ta’siri bilan birgalikda tashqi to‘siq konstruksiya- lariga ta’sir etadi. Bu namlik ta’sirini oldini olish uchun tashqi to‘siq konstruksiyalarning tashqi sirtida nam kam utkazuvchi yoki nam yuqtirmaydigan materialdan himoya qatlam qurilish kerak.




  1. Ekspluatatsion muhit ta’siridagi namlik. Bu namlik binoning ishlatilish jarayonida hosil bo‘lib, asosan sanoat binolarining sexlarida, maishiy xizmat ko‘rsatish

binolarida bug‘ va suv xolatida devor va pollariga bevosita ta’sir etadi. Bu namlik


ta’siri oldini olish uchun devor va pol sirtini sopol va shisha plitkali qatlam bilan ximoya qilinadi .



  1. Gigroskopik namlik. Kondensatsion namlikning hosil bulish jarayoni tashqi to‘siqlarning issiqlik fizik holiti bilin uzviy bog‘langan. Ko‘pincha tashqi to‘siq va ulirdagi qurilish materiyallarida namlikni oshishiga kondensatsion namlik sabab bo‘ladi.

Kondensatsion namlikning hosil bo‘lish shartlaridan biri shundan iboratki, tabiatda kuzatilganidek tashqi havo harorati o‘zgarib turishi bilan konstruksiya jismida va sirtlarida suv bug‘ining haqiqiy elastikligi o‘zgarib turadi. Bu keskin o‘zgarishlar natijasida suv bug‘ining haqiqiy elastikligi ma’lum harorat nuqtasida suv bug‘ining maksimal elastikligiga teng bulib, shu qisqa vaqt davrida shudring tomchilari paydo bo‘ladi.


Bu suv tomchilari esa konstruksiyaning namligini oshiradi. Suv tomchilari hosil bo‘lgan vaqt davridagi harorat shudring nuqtasining harorati deyiladi.


Havo namligi o‘zgarmagan holda, har qanday qurilish materiali sirtining harorati keskin pasaytirilsa va sirt harorati shudring nuqtasi haroratidan past bo‘lsa, shu material sirtining yuzasida shudringa o‘xshash suv tomchilari hosil bo‘ladi. Bu holat kondensatsion namlik holati deyiladi. Qurilish materiallari va tashqi to‘siq sirtlaridagi hosil bo‘lgan kondensatsion namlik vaqt mobaynida, sekinlik bilan qurilish materiallarining jismiga so‘rilib, shu konstruksiya nisbiy namligini oshiradi.


Tashqi to‘siq konstruksiyalar sirtlarining harorati keskin pasaysa kondensatsion namlikning paydo bo‘lishini kuzatish mumkin. Bu holatni tashqi devorlarning burchagida, karniz qismida, devorlarning sokol bilan tutashgan joyida va panel devorlarning bir-biri bilan tutashgan choklarida hamda devorlarning deraza bilan tutashgan qismida kuzatish mumkin.


Tashqi to‘sik konstruksiyalarning sirtida kondensatsion namlik hosil bo‘lish jarayoni quyidagilarga bog‘liq:





    1. τi <τsh - bo‘lsa tashqi to‘siqni ichki sirtida kondensatsion namlik hosil bo‘ladi;

    2. τi >τsh > τb - bo‘lsa tashqi to‘siqning faqat burchagida kondensatsion namlik hosil

bo‘ladi;



    1. τi >τsh > τmin – bo‘lsa issiqlikka ustuvorsiz konstruksiyalar ichki sirtining harorati pasaygan hollarda vaqti–vaqti bilan kondensatsion namlik hosil bo‘ladi.

Ko‘pincha tashqi tusiq konstruksiyalarining tashqi sirtida kondensatsion namlikning hosil bo‘lganligini qish faslida kuzatish mumkin.


Buning asosiy sababi qattiq sovuqdan keyin, havoning keskin isib ketishi yoki iliq havoning keskin sovushidir. Bu holatni isitilmaydigan binolar konstruksiyalarining tashqi sirtida, ustun, ko‘prik qurilmalar va haykallarning sirtida kuzatish mumkin.


Tashqi to‘sik konstruksiyalar namlik holatining muhandislik hisobida qabul qilingan to‘siq ichki sirtining harorati, shudring nuqtasining haroratidan kam bo‘lmasligi kerak.


Tashqi to‘siqlar ichki sirtida kondensatsiya paydo bo‘lmasligi uchun, bino ichidagi havoni almashtirishni keskin kuchaytirib, havo namligini pasaytirish kerak. Bundan tashqari to‘siqlar ichki sirtining harorati shudring nuqtasining haroratidan katta bo‘lishi kerak. Bu esa tashqi to‘siqning issiqlik o‘tkazuvchanlik qarshiligini oshirish yoki uning ichki sirti issiqlik o‘tkazuvchanlik qarshiligini kamaytirish bilan amalga oshiriladi.


Agar bino ichidagi havo namligi katta bo‘lib, 90-100 % ga yaqin bo‘lsa, tashqi to‘siqning ichki sirtida kondensatsion namlik paydo bo‘lishining oldini olish murakkab bo‘lib, faqat to‘siq konstruksiyalarning namligini oshib ketmasligi uchun uning ichki


sirtini nam o‘tkazmaydigan ( keramik plita, sement, suyuq shisha va hakozo) qatlam bilan himoya qilish zarur.

Yüklə 27,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə