Reja Terma xususiyatlari va tarkibi Tipaviy qomatlar tizimini tuzish asoslari



Yüklə 26,82 Kb.
tarix11.12.2023
ölçüsü26,82 Kb.
#146270
Mavzu Zamonaviy razmerli tipologiya va katta yoshidagi aholiga mansub razmerli standartlar

Mavzu Zamonaviy razmerli tipologiya va katta yoshidagi aholiga mansub razmerli standartlar.

Reja

  1. Terma xususiyatlari va tarkibi

  2. Tipaviy qomatlar tizimini tuzish asoslari


Razmerli tipologiyaning ilmiy asoslari va katta yoshli aholiga mansub bo'lgan razmerli antropologik standartlar ilk bor 1960-yilda Moskva Davlat Universiteti qoshidagi Antropologiya ilmiy tadqiqot instituti tomonidan 1956— 1957-yillarda o'tkazilgan ommaviy antropometrik o'lchashlar materiallari asosida tuzilgan.
Keyinchalik 60-yilIarning oxirida yangi o'lchashlar o'tkazishga zaruriyat paydo bo'ldi. Uning asosiy sababi O'zaro iqtisodiy yordam kengashi Doimiy komissiyasining ushbu kengashga a'zo bo'lgan davlatlar uchun yagona o'lchamli tipologiya yaratish to'g'risidagi qarori bo'ldi. Yangi o'lchashlar o'tkazishning asosiy maqsadi yuqorida zikr etilgan davlatlar aholisinmg ishlab chiqarishdagi ichki bazadan hamda import tayyor kiyimlardan qoniqqanlik darajasini ko'tarishda bo'ldi. Yangi o`lchashlar o'tkazishning ikkinchi sababi aylanali o'lchamlarning (ayniqsa ayollarda) va bo‘y uzunligining (ayniqsa katta yoshli aholining kichik yoshli guruhlarida) o‘rtacha arifmetik qiymatlari o‘sishida katta o'zgarishlar sodir bo'lishidadir. Antropometrik o'lchashlar yagona dastur va uslub bo'yicha o‘tkazildi. Har bir davlatda 18 yoshdan 60 yoshgacha 1,5 mingta ayol va erkaklar o‘lchandi. Jami katta yoshli aholidan 21 ming kishi o‘lchandi.
Terma xususiyatlari va tarkibi. Bitta yoki bir necha davlatlar aholisini asosiy birlashma deb hisoblasak, uning qismi termatii tashkil etadi. To‘g‘ri tuzilgan termada o‘lcham belgilari asosiy birlashmada joylashgani singari takrorlanadi. Bunday terma namunali deyiladi. Namunali terma tuzishda quyidagi omillar hisobga olinadi: shaharva qishloq aholisining nisbiy taqsimoti aks etilishi, aholining ro‘yxatga olingan yoshi bo'yicha tarkibi, turli kasb va xizmatga ega odamlar kiritilishi, millatlar vakillarining muayyan soni. Termaga qo‘yiladigan ustivor shartlardan biri - uning tasodifiyligidir, ya’ni har bir kishi terma tarkibiga kirish imkoniga ega bo'lishi kerak.
Tipaviy qomatlar tizimini tuzish asoslari. Tipaviy qomatlar tizimini tuzish asoslari. Katta yoshli aholiga oid yagona razmerli tipologiyani tuzish uchun tipaviy qomatlar tanlashda yetakchi belgilar sifatida quyidagi 0‘lchamlar qabul qilingan: ayollarda

  • tana uzunligi (bo‘y), ko‘krak aylanasi uchinchi Tl6 va qorin chiqig‘ini hisobga olgan bo‘ksa aylanasi Tj9\ erkaklarda - bo‘y, ko‘krak aylanasi uchinchi va bel aylanasi (ketma-ket Tv T/6 va TJg ).

Yetakchi o‘lchamlar bo‘yicha quyidagi befarqlik intervallari qabul qilingan: bo‘y bo‘yicha - 6 sm, ko‘krak aylanasi uchinchi bo‘yicha - 4 sm, bel aylanasi bo‘yicha o'lchamlararo — 4 sm, to‘laliklararo - 6 sm, bo‘ksa aylanasi bo‘yicha - 4 sm.
Aholiga mo‘ljallangan yagona 2r6azmerli tipologiya tuzishda sodir bo‘lish
tezligi 0,1 foizdan kam bo‘lmagan (1000 kishi orasida muayyan tipning sodir bo‘lishi bir kishidan kam emas) barcha qomatlar tipaviy sifatida ajratilgan. Shunday qilib, erkaklar uchun 360 tipaviy qomatlar ajratildi, ayollar uchun esa 509 ta tip (ГОСТ 17521 - 72, ГОСТ 17522-72).
Yüklə 26,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə