Reja: Tuproqlarning kimyoviy ifloslanishi va ularni muxofaza qilishning asosiy vazifalari Ekologik munosabatlarning o`zgarishi va isloh qilinishi. Kimyoviy ifloslanish turlari va darajalari. Хулоса



Yüklə 210,5 Kb.
səhifə1/7
tarix26.12.2023
ölçüsü210,5 Kb.
#161661
  1   2   3   4   5   6   7
turpoq ifloslanishi


Tuproqlarni ifloslanish


REJA:


  1. Tuproqlarning kimyoviy ifloslanishi va ularni muxofaza qilishning asosiy vazifalari

  2. Ekologik munosabatlarning o`zgarishi va isloh qilinishi.

  3. Kimyoviy ifloslanish turlari va darajalari.

Хулоса:

XX asr oxiri va XXI asrning boshlariga kelib dunyoning ko‘p mintaqalarida iqtisodiy va ijtimoiy muammolar yetarlicha yechimini topib, bir maromda davom etib kelmoqda. Biroq tabiatning o‘zgarishi bilan bog‘liq ekologik muammolar hal etilganicha yo‘k. Bugungi kun ekologik vaziyati, jumladan tuproq xossa-xususiyatlarining keskin o‘zgarishi va qishloq xo‘jaligida foydalanilayotgan yerlarning "tanglik" holiga tushib kolishi va boshqa omillar qatorida insoniyat faoliyatining o‘rni xam zalvorli ekanligi bugun barchaga ayon bo‘lmokda.


Yil sayin atrof - muhitga tabiiy va inson (antropogen) omillari ta’siri ortib bormoqda. O`zbekiston Respublikasi bo‘yicha olib borilgan ekologik kuzatuvlar natijasiga ko‘ra 4 ta ekologik mintakaga ajratish mumkin (1-rasm).
1-rasm Respublika hududining ekologik holati

Umumiy hududlar bo`yicha Sug`oriladigan yerlar


(mln.ga) bo`yicha (mln.ga)

Ekologik holati normal bo’lgan


Ekologik holati qaltis bo`lgan mintaqalar
Ekologik holati favqulotda bo`lgan mintaqalar
Ekologik ofat xolidagi mintaqalar.

Tuproqparning kimyoviy ifloslanishi - tuproq tarkibiga muayyan kimyoviy moddaning tushishga va meyoridan ortishi natijasida zaharlanishi va tuproqning xossa-xususiyatlarining o‘zgarshidir.
O‘zbekiston Respublikasi mintaqaviy ekologik havfsizlikni ta’minlashda hal qiluvchi o‘ringa ega, ya’ni O‘zbekiston o‘zining tabiiy resurslari, intelektual va iqtisodiy imkoniyatlari ko‘lami bilan global va mintaqaviy muammolarni hal etishda muhim o‘rin tutadi.
Hozirgi zamon ekologik muammolari kishilik jamiyatining barkaror rivojlanishiga havf solmoqda. Ekologik muammolarning o‘ziga xos tomoni ngundaki, u chegara bilmaydi, chunki bu muammolar bir butun birlikda, ya’ni tabiatda kechadi. Yer yuzida insonlar tomonidan yerlarni chegaralarga bo‘lishshsh tabiat nuqtai nazaridan shartli bo‘lib, tabiatda kechayotgan jarayonlar bir - biri bilan uzviy bog‘liq. Ayniqsa, tuproqda ro‘y berayotgan jarayonlar biosferaning barcha qismlari bilan chambarchas bog‘liqdir. Tabiatda, xususan tuproq qoplamida kechayotgan o‘zgarishlar, ularning taqditi bilan bog‘liq jarayonlarni bilish va unta jiddiy yondashish muhim hisoblanadi. Shu sohada yetishib kelayotgan yosh mutaxassislar tayyorlashda ushbu maxsus kursning ahamiyati kattadir.
"Tuproqlarning kimyoviy ifloslanishi va ularni muhofaza qilish" fanining talabalarga o‘qitilishi o‘zining oldiga quyidagi vazifalarni qo‘yadi:
-kimyoviy ifloslanishning vujudga kelish sharoitlari va omillarini o‘rganish;
-ifloslanishni turlar, darajalar va tasniflarga ajratish;
-kimyoviy ifloslanishing oqibatlari, tuproq xossalariga ta’sirini taxlil etish;
-muammolarni hal etishning ilmiy, amaliy va fundamental yechimlari hamda yangi usul-texnologiyalari tahlili kabi masalalar ko‘zda tutiladi.
Maxsus kurs bir qator boshqa fanlar bilan uzviy bog‘liq holda o‘rganiladi, (2-rasm). Hususan: tuproqshunoslik fanining ilmiy yutuqlari, qo‘llanilayotgan usullari, konuniyatlari va nazariyalaridan har tomonlama foydalanilsa, geografiya fani bilan turli georafik mintaqalardagi xilma xil releflar, geografik-iqlimiy sharoitdagi tadbirlar, tegishli haritalar, haritogramma va haritachizmalar tuzishda birgalikda ish olib boriladi. Ekologiya fani bilan o‘rganish predmeti o‘xshash bo‘lib, bir – birining yutukdaridan foydalanadi. Mikrobiologiya fani bilan turli kimyoviy ifloslangan xududlar mikrobiologik dunyosini o‘rganishda,
fiziologik guruxlar bo‘yicha taxdil etishda uning usullari asosida ish olib boradi.
2-rasm

Yüklə 210,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə