Reja: Tuproqlarning kimyoviy ifloslanishi va ularni muxofaza qilishning asosiy vazifalari Ekologik munosabatlarning o`zgarishi va isloh qilinishi. Kimyoviy ifloslanish turlari va darajalari. Хулоса



Yüklə 210,5 Kb.
səhifə3/7
tarix26.12.2023
ölçüsü210,5 Kb.
#161661
1   2   3   4   5   6   7
turpoq ifloslanishi

Huquqiy yondashuv: halqaro, mintaqaviy va respublika doirasidagi muammolar, xususan tuproqdarning kimyoviy ifloslanishi va boshqa muammolarni hal etilishida huquqiy, meyoriy xujjatlar ishlab chiqiladi (halqaro konvensiya va kelushuvlar).
Ekologik-iqtisodiy yondashuv: vujudga kelgan har qanday muammoni hal etish uchun moliyaviy sarf harajatlar hal etiladi. Ushbu moliyaviy harajatlar asosan ma’lum halqaro va davlat tashkilotlari tomonidan ajratiladi.
Ijtimoiy-gigenik yondashuv: tuproqdarning kimyoviy ifloslanishi bilan bog‘liq muammolarni hal etishda birinchi o‘rinda inson sog‘lig‘i etiborga olinadi, ya’ni har qanday amalga oshiriluvchi tadbirni ishlab chikilishida inson hayoti bosh mezon qilib olinadi. Ayniqsa katta shaharlar barpo qilinayotgan va sanoat korxonalari yil sayin ortib borayotgan bir pallada bu juda muhim hisoblanadi.
Texnik-texnologik yondashuv: maksimal darajada ishlab chiqarish faoliyatlarini chiqindisiz yoki kam chiqindili texnologiyalar bilan ta’minlash va yer resurslaridan maqsadli foydalanish.
Tarbiyaviy yondashuv: tabiatga eng katta ta’sir etuvchi insoniyatning ekologik tarbiyaviy ongini oshirish muhim hisoblanadi- Tug‘ilgan har bir insonni yoshligidan to yetuk inson bo‘lgunga qadar tabiat qonunlari va undagi bilimlarni o‘rgatgap lozim.
Estetik yondashuv: tabiatga har qanday yondashuvlar estetik qarashlar bilan boyitilishi va inson ruhiyatiga ijobiy ta’sir etishi lozim.
Ilmiy yondashuv: Muammolarni hal etish jarayonida ilmiy asosning yaratilishi muhim hisoblanadi. Misol uchun radioaktiv moddalar bilan yoki neft mahsulotlari bilan ifloslangan tuproq qoplamini atroflicha o‘rganilishi natijasida uning ilmiy yechimi topilgan.
Respublikamizda atrof-muhitni muhofaza kilish va tabiat resurslaridan oqilona foydalanish bo‘iicha 2005 yilgacha mo‘ljallangan Davlat dasturi ishlab chiqilgan. Mamlakatimiz raxbari I.A.Karimovning "O‘zbekiston buyuk kelajak sari" asarida ekologik havfsizlikni kuchaytirishning hozirgi asosiy yo‘nalishlari ko‘rsatib o‘tilgan. Unda, xususan quyidagilar ta’kidlanadi:
1. Tegishli texnologiyalarni ishlab chiqish va joriy etish. Qishlok, o‘rmon va boshqa xo‘jalik tarmoqlaridagi tabiiy jarayonlarning keskin buzilishiga olib keladigan barcha zaharli kimyoviy moddalarni qo‘llash ustidan qattiq nazorat o‘rnatish. Havo va suv muhitini insonning hayotiy faoliyati uchun zararli yoki salbiy ta’sir etadigan moddalar bilan ifloslanishini to‘xtatish.
2. Qayta tiklanmaydigan zahiralarni qat’iy mezon asosida iste’mol qilgan holda ularning hamma turlaridan oqilona foydalanish.
3. Katta - katta hududlarda tabiiy zahiralardan foydalanishning aniq maqsadga qaratilgan, ilmiy asoslarini o‘zlashtirish.
4. Jonli tabiatning butun tabiiy genofondini madaniy ekinlar va hayvonlarning yangi turlarini ko‘paytirish hisobiga boshlang‘ich baza sifatida saqlab qolish.
5. Shaharsozlik va tumanlarni rejalashtirishning ilmiy asoslangan, hozirgi zamon urbanizatsiyasining barcha salbiy oqibatlarini bartaraf etish tizimini joriy etish yo‘li bilan shaharlarda va boshqa aholi punktlarida yashash uchun qulay sharoitlar yaratish.
6. Ekologik kulfatlar chegara bilmasligini nazarda tutgan hodda jahon jamoatchiligi e’tiborini mintaqaning ekologik muammolariga qaratish.
Buvdan ko‘rinadiki, atrof - muhit, xususan tuproq qoplamini ifloslanishiga olib keluvchi bir qator omillar davlat darajasida hal etilishi belgilangan.
Tuproq qoplamining ifloslanishi salbiy ta’sir qiluvchi va bo‘lgan fizik, kimyoviy va biologik moddalarning qo‘shilishi oulio, tuproqda kechayotgan tabiiy modda va energiya almashinuvining buzilishi oqibatida ekotizimlarda salbiy o‘zgarishlar yuz beradi. Yerlarning ifloslanishi ikki turda: tabiiy - vulqonlarning otilishi, yer qimirlashi, sel kelishi, sunamilar va shunga o‘xshash tabiiy jarayon va hodisalar orqali, shuningdek insoylarning xo‘jalik faoliyati natijasida yuzaga keladi.
O‘zbekiston hukumati tomonidan olib borilayotgan islohatlar natijasida tuproq qoplamini turli moddalar bilan ifloslanishining kamayishi kuzatilmoqda (2-jadval).
2-jadval O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha ifloslantiruvchi modda tashlanmalarining dinamikasi, ming tonna xisobida

(Tabiatni Muhofaza kipit Ko‘mitasi ma’lumotlari, 2006 yil)



Manbalar

Yillar

1999

2000

2001

2002

2003

2004

Turg‘un manbalar

776,9

755,5

711,8

729,4

672,6

646,5

Harakatlanuvchi manbalar

1520,0

1593,0

1583,5

1453,0

1348,6

1310,9

Jami

2296,9

2348,5

2250,3

2182,4

2021,1

1957,4

Tuproqlarni kimyoviy ifloslanishida bir necha omillar asosiy o‘rin tutadi, bu o‘rinda insoniyat faoliyati bilan bog‘liq holda vujudga keladigan kimyoviy ifloslanishlarni aytish o‘rinlidir. Yer yuzi aholisi o‘zining ehtiyojlarini ta’minlash maksadida tabiatga, xususan tuproq qoplamiga bevosita va bilvosita ta’sir etish qirralarini kengaytiradi.


Birlashgan Millatlar Tashkilotining (BMT) ma’lumotiga ko‘ra yer kurrasi aholisi 1969 yildan yiliga 2 % ga ortmoqsa, aholining soni 2025 yilga kelib 9,4 mlrd. kishiga yetadi, Respublikami aholisi esa yiliga 450 - 470 ming (qariyb 0,5 mln.) kishiga ortadi, I bu holat albatta kuvonarli hol va bu ijobiy baholanadi. Biroq insoniyat ko‘paygani sari atrof-muhitga, jumladan tuproq qoplamiga ta’siri yanada ortadi. Yangi - yangi sanoat korxonalarini barpo etadi, yerlarni o‘zlashtiradi va umuman tabiiy yaralgan muhitga katta "bosim" bilan ta’sir qiladi, natijada tuproq qoplamini kimyoviy ifloslanishining masshtabi kengayadi va ifloslanish turlari ortadi.
Tarixga nazar tashlasak, inson turli davrlarda yerga turlicha yondashgan va kimyoviy ifloslanishiga o‘zining ta’sirini o‘tkazgan: bundan 1 mln. yil avval kundalik ehtiyojini qondirish maksadida tuproq qoplamiga ta’sir etish shakli bo‘lmagan. 100 ming yil avval esa dastlab mehnat qurollari vositasida tuproq qoplamiga juda kuchsiz ta’sir etgan va tuproq qoplamini kimyoviy ifloslanishi deyarli sezilmagan, XV asrga kelib inson faoliyati bir muncha ortgan. XX asr boshida esa dastlabki sanoat korxonalari va qishloq xo‘jaligida kimyoviy moddalar qo‘llanilishi natijasida tuproq qoplamini kimyoviy ifloslanishi kuzatilgan va tuproq qoplamiga ta’siri sezilgan. XXI asr boshiga kelib vaziyat jiddiylashgan. Kimyoviy ifloslanishni tez va keng masshtabda tarqalishida faol ishtirok etuvchisi transport turlari va ular bilan bog‘liq jarayonlar natijasida tuproq qoplamini kimyoviy ifloslanishi bir qator salbiy holatlarga olib keldi.
Yillar davomida turli omillar ta’sirida kimyoviy ifloslangan tuproqlarni chuqur o‘rganish, ularni tuproq xossalariga va unumdorligiga ta’sir etish tendensiya va mexanizmlarini ochib berish va qayta tiklash bugungi kunda har bir davlatning ustuvor vazifalari qatoriga qo‘yilgan. Bu muammolar hal etilsagina tuproqlardan yuqori samarada foydalanish mumkin.


Yüklə 210,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə