Reja: Uyushgan jinoyatchilikni yuzaga keltiruvchi sabab va sharoitlar Uyushgan jinoyatchilik bilan bog‘liq ma’naviy muhit Uyushgan jinoyatchilikning oldini olishdagi profilaktik chora-tadbirlar tizimi Uyushgan jinoyatchilikni yuzaga keltiruvchi sabab va


Uyushgan jinoyatchilikning hozirgi kunda mavjudligining sabab va sharoitlari esa quyidagilarni o‘z ichiga oladi



Yüklə 87 Kb.
səhifə3/6
tarix17.02.2023
ölçüsü87 Kb.
#101024
1   2   3   4   5   6
1547309318 73773

Uyushgan jinoyatchilikning hozirgi kunda mavjudligining sabab va sharoitlari esa quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

  • o‘zgalar hisobiga kun ko‘ruvchi (parazit) va g‘ayriqonuniy ravishda «moddiy ta’minlangan» ayrim shaxslarning javobgarlikka tortilmasliklari. Bunday kimsalar o‘ziga xos manmanlik ruhiyatini yuzaga keltiradilar («Biz alohida toifadagilarmiz va shunday shohona yashashga haqlimiz») va shu kabi hayot tarzini targ‘ib qiladilar;

  • xufiyona va g‘ayriqonuniy ravishda topilgan mulkka ega bo‘lish. O‘z- o‘zidan savol tug‘iladi, jinoyatchilar to‘plagan bu kabi katta mablag‘lar nimalarga sarflanadi? Bu borada olib borilgan tadqiqotlardan ma’lum bo‘ldiki, bu mulk asosan to‘rtta ulushga bo‘linadi. Birinchi va ikkinchi ulushlar xufiyona iqtisodiyotni (xom ashyo, fondlarni saqlovchilar, tovarshu- noslar, yuk tashuvchilar kabi va turli kutilmagan «mehmonlar» (taftishchilar, soliq va bojxona idorasining xodimlari va davlatning maxsus kurashga mas’ul organlari kabilar)ga sarflanadi; uchinchi ulush yuqori ta’minotga erishishga xizmat qiladi; to‘rtinchisi esa pulni xazinaga aylantirish. Eng achinarlisi, xufiyona iqtisodiyot o‘z manfaati uchun muomalada bo‘lgan naqd pullarni muomaladan imkon boricha ko‘proq olishga harakat qiladi;

  • uyushgan jinoyatchilikni tuzish orqali o‘z faoliyati va xavfsizligini ta’minlash. O‘z vaqtida uyushgan jinoyatchilik davlatning huquqni muhofaza qilish organlariga qarshi turish uchun asosan quyidagi uch yo‘nalishlarda ish olib boradi: 1) huquqni muhofaza qiluvchi organlar va ularning faoliyatlarini qasddan buzib ko‘rsatish va izdan chiqarishga erishish; 2) huquqni muhofaza qilish organlari olib borayotgan tadbirlarni muntazam kuzatib borish; 3) ayrim jinoiy faoliyatlarga huquqni muhofaza qilish organlarining xodim- larini tortish va jalb qilishga erishish.

Ta’kidlash joizki, uyushgan jinoyatchilikning oldini olish borasida O‘zbekistonda zarur huquqiy asoslar yaratilgan va yaratilmoqda. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasining amaldagi jinoyat qonunchiligi huquqni muhofaza qiluvchi organlarning jinoiy guruhlarning nafaqat quyi tabaqalari, balki jinoiy uyushmalarning yo‘lboshchilarini ham javobgarlikka tortishga huquqiy jihatdan imkon beradi.
Uyushgan jinoyatchilikning sabab va sharoitlarini aniqlamasdan turib, mam­lakatimizda amalga oshirilayotgan ijobiy o‘zgarishlarning talab darajasida bo‘li- shiga erishish mumkin emas, chunki uyushgan jinoyatchilikning mavjudligi oqibatida huquq-tartibotning buzilishi va jamiyatda jiddiy asoratlarning yuzaga kelishi mumkin.

Yüklə 87 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə