Reja: Uyushgan jinoyatchilikni yuzaga keltiruvchi sabab va sharoitlar Uyushgan jinoyatchilik bilan bog‘liq ma’naviy muhit Uyushgan jinoyatchilikning oldini olishdagi profilaktik chora-tadbirlar tizimi Uyushgan jinoyatchilikni yuzaga keltiruvchi sabab va


Uyushgan jinoyatchilik bilan bog‘liq ma’naviy muhit



Yüklə 87 Kb.
səhifə2/6
tarix17.02.2023
ölçüsü87 Kb.
#101024
1   2   3   4   5   6
1547309318 73773

Uyushgan jinoyatchilik bilan bog‘liq ma’naviy muhit - faqat o‘z manfaatlarini o‘ylash, xususiy mulkchilikka o‘ta berilish, davlat boshqaruvi tizimiga kiruvchi rasmiy organlar faoliyatiga ishonchsizlik bilan qarash, ularning zarur ehtiyojlarni ta’minlashdagi tutgan o‘rnini e’tirof etmaslik kabilar ham o‘ziga xos ravishda jamiyatga o‘ta salbiy ta’sir etadi.
Shu bilan birga, jinoyatchilikka qarshi kurashni tashkil etishdagi taktika va strategiya yo‘nalishlaridagi kamchiliklarga alohida e’tibor qaratilishi lozim.
Chunki uyushgan jinoyatchilik yuzaga kelishining ilk davrlarida quyidagi holatlar e’tibordan chetda qolganligini unutmaslik zarur:
birinchidan, jinoyatchilikning umumiy tashkiliy jihatlari, ya’ni: u bilan bog‘- liq o‘ziga xos holatlar, jinoyatchilikka qarshi kurashda e’tibor qaratilishi lozim bo‘lgan asosiy yo‘nalishlar, zarur maqsad sari yo‘naltirilgan dasturiy reja yaratish, ushbu dasturiy rejaning amalga oshirilishi uchun zarur mablag‘ bilan ta’minlash kabilarga o‘z vaqtida e’tibor qaratilmaganligi va amaliyotga joriy etilmaganligi;
ikkinchidan, aynan uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashni tashkil etish va bunda asosiy e’tibor jinoyatchilikni o‘ziga «kasb» qilib olganlarga qaratilgani holda zarur bo‘lgan huquqiy asoslarning yo‘qligi. Chunki uyushgan jinoyatchilik bilan bog‘liq kriminal holatlar muntazam o‘zgarib turishini e’tibordan chetda qoldirib bo‘lmaydi;
uchinchidan, jinoyatchilikning oldini olishning jinoyatchilikka qarshi kurashdagi eng zarur yo‘nalish deb topilishi bilan birga, huquqni muhofaza qilish faoliyati bilan chalkashtirilishi. Shu bilan birga, oldini olish va huquqni muhofaza qilish faoliyati bir-birining o‘rnini almashtirishi bilan emas, balki bir-birini to‘ldirib turishining e’tiborga olinmaganligi;
to‘rtinchidan, jinoyatchilikning oldini olishning ilmiy asoslangan sabab va sharoitlariga yuzaki qarash orqali faqat umumiy suhbat va shu kabi rasmiy ogohlantirishlar bilan kifoyalanildi hamda jinoyatchilikni yuzaga keltiruvchi va ta’sir etuvchi salbiy omillar e’tiborga olinmadi. Uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashni olib boruvchi shaxsiy tarkibni kasbiy va ruhiy jihatdan toblash zamon talablari asosida bo‘lishiga ahamiyat berilmadi.
Binobarin, uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash faqat shiorlar orqali amalga oshirildi va unga qarshi kurashning tashkiliy asoslari yo‘lga qo‘yil- madi va, eng muhimi, quyidagilarni e’tiborga olmagan holda zarur moddiy resurslar ajratilmadi:
-uyushgan jinoyatchilik muammosi va uning xavfi talab darajasida baholanmadi. Bunda, birinchi navbatda, jinoyatchilikka qarshi kurash ama- liyotida faoliyat ko‘rsatayotgan xodimlarning bilimlari ushbu jinoyatchilik xususidagi zarur ma’lumotlarni bilish asosida boyitilmaganligi, shuningdek jinoyatchilikning o‘zaro uyushayotganligi, kasbiy tus olayotganligining e’tibordan chetda qoldirilganligi;

  • jinoyatga daxldor shaxslarni, jinoiy guruh va uyushmalarning a’zo- larini, shu qatori jazoni ijro etish muassasalarida jazoni o‘tayotganlar ichi- dagi sheriklarini operativ yo‘llar bilan tezda topishning yo‘lga qo‘yilma- ganligi;

-jinoiy unsurlarning faollashgan holatlarini ichki ishlar organlarining avvalroq bilishining yo‘lga qo‘yilmaganligi;
-aynan jazoni ijro etish muassasalarida jazoni o‘tayotgan jinoiy guruhlarning faoliyati ustidan nazoratning sustligi;
-shuningdek, alohida xavfli yo‘lboshchilar faoliyatining ochiqda va jazoni o‘tash joylarida qanday kechayotganligining hisobga olinmasligi kabilar.
To‘g‘ri, bir necha yillar davomida va asosan sobiq Ittifoqning oxirgi damlarida yuzaga kelgan bu kabi kamchiliklar hozirgi paytda ko‘p jihatdan o‘z yechimini topmoqda. Biroq, shunday bo‘lsa-da, uyushgan jinoyatchilikka xos bunday sabab va sharoitlarni nazariy jihatdan doimiy tahlil etib borish kriminologiya fanida alohida e’tiborga loyiq bo‘lib qolmoqda.

Yüklə 87 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə