Reja: Yangi O‘zbekistonda dunyoviy va diniy ta`lim-tarbiyaga munosabat, diniy ta`limning



Yüklə 48,85 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix24.12.2023
ölçüsü48,85 Kb.
#157919
DUYOVIY BILIMLAR VA DINIY E’TIQOD BIRLIGIGA ERISHISHNING AHAMIYATI



DUYOVIY BILIMLAR VA DINIY E’TIQOD 
BIRLIGIGA ERISHISHNING AHAMIYATI
Reja:
1.Yangi O‘zbekistonda dunyoviy va diniy ta`lim-tarbiyaga munosabat, diniy ta`limning
yo`nalishlari.
2. Ibodat va diniy marosimlarning shaxs komolotiga ta’siri.
3.Iymon va e’tiqodning shakillanishiga ijtimoiy muhitning ta`siri.
4.Diniy plyuralizm, diniy tolerantlik, bag’rikenglikning shaxs kamoloti va e’tiqod
erkinligini taminlashdagi roli.
5. Dunyoviy hayot, umuminsoniy va diniy qadryatlarning mutanosibligi.


Yangi O‘zbekistonda dunyoviy va diniy ta`lim-
tarbiyaga munosabat, diniy ta`limning yo`nalishlari

Davlatimiz mustaqilligi e'lon qilingandan boshlab yurtimizda
barcha sohalar qatori ma'naviy-ma'rifiy, madaniy va diniy
sahalarga ham yuksak e'tibor qaratildi. Dinga bo'lgan
munosabat ijobiy tomoniga o'zgardi, sobiq sovet tizimining
ateistik hujumkorlik siyosatiga barham berilib, vijdon erkinligi
qonun asosida kafolatlandi. Xalqimizga masjid, madrasa va
ziyoratgohlar qaytarildi. Shu bilan birga turli din vakillarining
huquq va erkinliklari ta'minlandi.


Yangi O‘zbekistonda dunyoviy va diniy ta`lim-
tarbiyaga munosabat

Konstitutsiyamizning qabul qilinishi, xususan, “Vijdon erkinligi va diniy
tashkilotlar to'g'risida”gi qonunning qabul qilinishi diniy sohadagi eng muhim
qadamlardan biri bo'ldi. Mazkur hujjat yurtimiz fuqarolarining dini, tili, millati, 
irqi va ijtimoiy kelib chiqishidan qat'iy nazar qonun oldida tengligi, ular o'zlari
xohlagan dinga e'tiqod qilishlari va o'z diniy marosimlarini emin-erkin bajarish
kafolatini ta'minlab berdi. Shu bilan birga yoshlarning diniy ta'lim olishlari uchun
ham keng imkoniyat va sharoitlar yaratildi. Sobiq Ittifoq davrida Buxoro
shahridagi “Mir Arab” madrasasi va Toshkent shahrida Toshkent islom instituti
faoliyat ko'rsatgan bo'lsa, istiqlolning dastlabki yillaridanoq fuqarolarning diniy
ta'lim olishga bo'lgan ishtiyoqi tufayli o'nlab diniy ta'lim muassasalari O'zbekiston
musulmonlari idorasi tasarrufida faoliyat ko'rsata boshladi. 


Dunyoviy va diniy ta`lim-tarbiyaga
munosabat

1998 yildan diniy ta'lim muassasalari O'zbekiston
Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan qayta
ro'yxatdan o'tkazilib, barcha madrasalar o'rta
maxsus islom bilim yurti deb ataladigan bo'ldi. 
Bugungi kunda respublikada 10 ta diniy ta'lim
muassasasi Toshkent islom instituti va 9 ta o'rta
maxsus islom bilim yurtlari (shundan 2 ta ayol-
qizlar bilim yurti) faoliyat ko'rsatib kelmoqda.


Diniy ta`lim-tarbiyaga munosabat

diniy ta'lim muassasalarining ta'lim standartlari 2001 yildan
boshlab umumta'lim fanlarini kasb-hunar kollejlari bilan bir xil
shaklda o'qitilishi joriy qilinib, o'quv yurtlarida diniy va dunyoviy
ta'limning uzviyligi ta'minlandi. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining 2003 yil 22 avgustdagi qaroriga asosan
talabalarning qabul qilingan davlat me'yorlariga muvofiq diniy
va dunyoviy bilimlar olayotganini inobatga olinib, mazkur o'quv
yurtlarining bitiruvchilariga beriladigan diplomlar davlat ta'lim
hujjati sifatida e'tirof etilib, ushbu hujjat (diplom)larga ega
bo'lgan shaxslarga davlat oliy ta'lim tizimida o'qishni davom
ettirish huquqi berildi.


Diniy ta`lim-tarbiyaga munosabat

1999 yil O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi
huzurida Toshkent islom universitetining tashkil
etilishi yurtimiz tarixi zarvaraqlarida oltin harflar
bilan muhrlanib qoldi. Istiqlol ne'mati bo'lgan ushbu
ta'lim maskani yoshlarga diniy va dunyoviy fanlarni
uyg'unlikda, ajdodlarimiz merosining falsafiy, 
ma'naviy ildizlariga tayangan holda o'rgatish uchun
barcha qulayliklarga ega bo'lgan O'rta Osiyodagi
yagona ta'lim muassasasi hisoblanadi.


Diniy ta'lim muassasalari

diniy ta'lim muassasalari o'rtasida 1991 yildan boshlab “Qorilar
musobaqasi”, 2001 yildan “Barkamol avlod” sport 
musobaqalarining o'tkazilishi, 2002 yildan boshlab o'rta maxsus
islom bilim yurtlari talabalari o'rtasida “Yagona olimpiada” va “Yil
o'qituvchisi” tanlovlarining o'tkazilishi talaba va pedagog-
o'qituvchilar uchun keng imkoniyatlar ochib, ularni munosib
tarzda rag'batlantirish, moddiy va ma'naviy qo'llab-quvvatlashda
muhim ahamiyat kasb etmoqda. Shuni alohida ta'kidlash joizki, 
“Yagona olimpiada” musobaqasida 1-o'rinni egallagan g'olib
talabaga O'zbekiston musulmonlari idorasining granti asosida test 
sinovlarsiz hamda qabul imtihonlarsiz Toshkent islom institutiga
o'qishga kirish huquqining berilishi iqtidorli yoshlarni yanada
ko'payishida muhim vosita bo'lib xizmat qilmoqda. 


Diniy ta'lim muassasalari

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 1 
martdagi 99-sonli Qarori bilan tasdiqlangan “Diniy ta'lim
muassasalarining faoliyatini litsenziyalash to'g'risida”gi Nizom
diniy ta'lim tizimini tartibga solishga qaratilgan asosiy normativ
hujjat bo'lib, diniy o'quv yurtlari faoliyatini to'g'ri yo'lga
qo'yish, belgilangan davlat ta'lim standartlari va talablariga
muvofiq dunyoviy fanlarni o'qitish, ta'lim jarayoniga oid
me'yoriy-huquqiy hujjatlarni tartibga solishda muhim o'rin
egallamoqda. Jumladan, diniy ta'lim muassasalarida ta'lim
sifatini yanada oshirish, o'quv jarayoniga oid me'yoriy
hujjatlarni yagona shaklga keltirish maqsadida 2013-2016 yillar
davomida 9 ta Nizom, 8 ta tartib va yo'riqnomalar ishlab
chiqilib, amaliyotga joriy qilindi.


Diniy ta`lim-tarbiya

2007 yilda Toshkent islom instituti uchun Hazrati Imom
majmuasida 2 qavatli yangi zamonaviy muhtasham
binoning barpo etilishi, Qoraqalpog'iston Respublikasi
Nukus shahridagi “Muhammad al-Beruniy” o'rta maxsus
islom bilim yurti to'rt qavatli binoga ko'chirilib, zamonaviy
uslubda kapital ta'mirlangani, hukumat qarori bilan
Namangan shahridagi “Hidoya” o'rta maxsus islom bilim
yurti joriy yilning yanvar` oyida hududi 10 gektardan ziyod
bo'lgan yangi zamonaviy binoga ko'chirilishi
mustaqillikning diniy ta'lim sohasidagi eng katta
ne'matlaridan desak mubolag'a bo'lmaydi. 


Diniy ta`lim-tarbiya

Toshkent pravoslav va Toshkent protestant oliy seminariyalarining
mamlakatimizda faoliyat olib borishini millatlararo totuvlik, 
dinlararo bag'rikenglik tamoyillarining yuksak namunasi sifatida
e'tirof etish mumkin. O'zbekiston musulmonlari idorasi
tasarrufidagi Toshkent islom instituti va o'rta maxsus islom bilim
yurtlari bilan mazkur ta'lim muassasalari o'rtasida o'zaro
hamkorlik aloqalari yaxshi yo'lga qo'yilgan bo'lib, talaba va
o'qituvchilar ishtirokida ilmiy-amaliy anjumanlar, seminar va
davra suhbatlari hamda muhim sanalarga bag'ishlangan bayram
tadbirlari muntazam ravishda o'tkazib kelinmoqda.


Diniy ta`lim-tarbiya

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Qaroriga muvofiq
Samarqand viloyatida Imom Buxoriy xalqaro markazi tashkil
etilib, islom dinining, Qur'oni karim va hadis ilmining asl
mohiyatini, hadisshunoslik maktabining ilmiy-ma'naviy
asoslarini, Imom Buxoriy, Imom Termiziy singari yurtimizdan
yetishib chiqqan buyuk hadisshunos allomalar merosini har 
tomonlama teran o'rganish, yuksak insoniy g'oyalar va
muqaddas qadriyatlarimizni o'zida ifoda etgan manbalarni
tadqiq etish, ulardan diniy ta'lim, ma'naviy-axloqiy tarbiya
ishlarida foydalanish maqsadida zarur darslik va o'quv
qo'llanmalari, ilmiy-amaliy tavsiyalar tayyorlash, diniy
xodimlarning bilim va tajribasini oshirish bo'yicha o'quv-uslubiy
ishlarni amalga oshirish markazning asosiy vazifalari etib
belgilandi.


Diniy ta`lim-tarbiya

Markazning ilmiy xodimlari tomonidan ilmiy-tadqiqot
yo'nalishlari bo'yicha “Buyuk hadisshunos allomalar
merosini o'rganish va keng targ'ib qilish”, “Yosh
avlodni ruhiy va ma'naviy olamini boyitish”, “Azaliy
milliy qadriyatlarimizni saqlash va ulug'lash”, “Diniy
ekstremizm va terrorizmga qarshi ma'naviy-ma'rifiy
kurash asoslari” mavzulariga oid 33 nomdagi kitob, 
risola va monografiyalar, 14 ta tarjima ishlari, 300 ga
yaqin ilmiy maqolalar nashr qilindi.


Dunyoviylik va diniylik o‘rtasidagi nisbat

Dunyoviylik va diniylik o‘rtasidagi nisbat masalasi insoniyat
tarixining barcha davrlarida hal qiluvchi ahamiyatga ega
bo‘lgan. Boshqacha aytganda, inson hayoti mazmunini tashkil
qiluvchi ushbu ikki tarkibiy qism o‘rtasida murosaga erishish har 
qanday jamiyatning mavjud holati va istiqbolini belgilovchi bosh 
mezon bo‘lib kelgan.

Ba’zan ushbu ikki omil o‘rtasidagi munosabatlar keskinlashib, 
mamlakatlarni to‘s-to‘polonlar va jaholat girdobiga tortgan. 


Dunyoviylik va diniylik o‘rtasidagi nisbat

O‘rta asrlar Yevropasida amal qilgan, vahshiyona jazolar va
qiynoqlarning timsoliga aylangan inkvizitsiya davri bunga misol
bo‘la oladi. Ibn Rushdning g‘oyalarini rivojlantirgani uchun
jazoga hukm etilgan Siger Brabantskiyning taqdiri, sog‘lom ilmiy
qarashlari tufayli jabr ko‘rgan Jordano Bruno, Nikolay Kopernik, 
Nikolay Kuzanskiy va boshqa mutafakkirlarning qismati esa
jamiyat hayotida diniylik va dunyoviylik o‘rtasidagi sog‘lom
muvozanatning shakllanishi yo‘lidagi qiyinchiliklarga misoldir. 
Ushbu jarayonning fojiali ko‘rinishlari musulmon Sharqi hayotida
ham sodir bo‘ldi. Buyuk mutasavvif alloma Abu Mansur al-Halloj
xudoning mohiyatini idrok etish yo‘llari haqidagi ortodoksal
aqidalarga zid qarashlari uchun o‘tda yoqildi.


Din va davlat

Dinni davlatdan ajratish haqidagi g‘oya azaldan hurfikrlilik va dunyoviy-
ratsionalistik tafakkur rivojiga asoslanganini ta’kidlash joiz. Ushbu hayotiy
masala hozirgi O‘zbekiston hududida mavjud bo‘lgan davlatlarda ham doimo
muhim o‘rinni egallab kelgan. Bunda dunyoviylikka moyil siyosiy kuchlarning
davlat va jamiyatni boshqarishdagi mavqei muntazam ravishda
mustahkamlanib borgani diqqatga sazovordir. Movarounnahrning o‘rta asrlar
va undan keyingi davrlardagi tarixida boshqaruvning diniy-teokratik
usullariga moyil davlatlarning yo‘qligi ham ushbu xulosaning o‘rinli ekanini
tasdiqlaydi.

Demokratik taraqqiyot va fuqarolik jamiyati qurish yo‘lidan borayotgan
O‘zbekistondagi ma’naviy hayotni tashkil etuvchi, uni birlashtirib turuvchi
o‘zak o‘q – diniylik va dunyoviylik o‘rtasidagi muvozanatga asoslanadi.


Diniy ta`lim-tarbiya

O‘quvchi-talabalarda dinga nisbatan sog‘lom munosabatni
shakllantirish bugungi kunda ta’lim tizimining barcha bo‘g‘inlari
oldida turgan eng murakkab va muhim vazifalardan biridir. Uning
muvaffaqqiyatli hal etilishi ikki muhim omilga bog‘liq. Bunga 
ko‘ra, yoshlar faqat islom dini to‘g‘risida emas, umuman
dunyodagi mavjud dinlar, ularning tarixi, mohiyati to‘g‘risida
to‘liq tasavvurga ega bo‘lsin. Ijtimoiy sohaga oid darslarda
yoshlarga din bilan dunyoviy hayot masalalarini, bu ikki
tushunchaning bir-biriga ta’sirini, ular o‘rtasidagi mo‘tadil
munosabat bo‘lishi zarurligini ochib berish kerak. Demak, dinlar
haqidagi mantiqiy asoslangan bilimlarni shakllantirish va
dunyoviylik tushunchasini chuqurlashtirib borish yoshlarda dinga
nisbatan sog‘lom munosabatni shakllantirishning ikki qutbi
hisoblanadi.


Qonun ustuvorligi

Dunyoviy davlat va jamiyat eng avvalo, qonun ustuvorligini taqozo etadi. 
“Qonun – barcha uchun barobar” degan demokratik tamoyil, shubhasiz, 
diniy jarayonlarga ham taalluqlidir. Ijtimoiy-iqtisodiy va ma’naviy-ma’rifiy
hayotning boshqa har qanday sohasi kabi diniy jarayonlar ham faqat
qonun belgilab qo‘yilgan mezonlarga muvofiq ravishda rivojlanishga
haqlidir. Ifodali qilib aytganda, qonun barcha boshqa sohalarni me’yorga
solib turgani kabi diniy vaziyat evolyusiyasi ham, hech qanday
chekinishlarsiz, unga bo‘ysunishga majbur. Bu ish demokratiyaning asosiy
tamoyillaridan bo‘lgan vijdon erkinligi, xususan, e’tiqod erkinligini
chegaralash hisobiga qilinmaydi, albatta. Aksincha, azal-azaldan
demokratik jamiyatning bosh mezoni bo‘lib kelgan qonun ustuvorligini
ta’minlash orqali amalga oshiriladi.


Qonun ustuvorligi

Vijdon erkinligi huquqini kafolatlash va amalda ta’minlash
uchun O‘zbekistonda to‘laqonli huquqiy tizim yaratilgan. 
“Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi
O‘zbekiston Respublikasi Qonunining yangi tahririga (1998 
yil, 1 may) ko‘ra, «vijdon erkinligi» fuqarolarning har qanday
dinga e’tiqod qilish yoki e’tiqod qilmaslikdan iborat
kafolatlangan konstitutsiyaviy huquqidir. Shu ma’noda, 
huquqiy kategoriya sifatida – vijdon erkinligi, bir tomondan, 
e’tiqod erkinligini, ikkinchi tomondan esa, hech bir dinga
e’tiqod qilmaslik huquqini ifoda etadi.


Vijdon erkinligi uch jihatni anglatadigan
huquqiy kategoriyaga aylanib qoldi

Birinchisi – muayyan shaxs xudoga ishonishi, xohlagan diniga e’tiqod qilishi
mumkin.

Ikkinchisi – xudoga va dinga ishonmasligi, ularga nisbatan betaraf bo‘lishi
mumkin.

Uchinchisi – dahriy, ya’ni hech bir dinga e’tiqod qilmasligi yoki ularni inkor
etishi mumkin.

“Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi
Qonuni har bir fuqaroga sanab o‘tilgan uch imkoniyatdan xohlaganini, ongli
ravishda tanlab olishni kafolatlaydi.


Din va davlat

Davlat vijdon erkinligini huquqiy kafolatlash va amalda
ta’minlash tadbirlarini ro‘yobga chiqarish bilan bir qatorda, 
ularga nisbatan har qanday tahdidning oldini olishga ham 
intiladi. Qonun ustuvorligi eng oliy mezon bo‘lgan fuqarolik
jamiyatining har bir a’zosi ushbu qonuniy talabga to‘g‘ri
munosabatda bo‘lib, uning hayotga tatbiq etilishiga hissa
qo‘shishi lozim. Chunki eng muhim konstitutsiyaviy
huquqlardan bo‘lgan vijdon erkinligi huquqining amalda
ro‘yobga chiqarilishi fuqarolik jamiyatining ma’naviy-
madaniy rivojlanganlik darajasining muhim ko‘rsatkichidir.

Yüklə 48,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə