Reja: Yoshlarni har tomonlama rivojlanishi, uchun ularga tegishli imkoniyatlar



Yüklə 0,91 Mb.
tarix01.10.2023
ölçüsü0,91 Mb.
#125197
ijt.ped


Mavzu: Yoshlarni ijtimoiy pedagogik qo`llab quvvatlash tizimi
Reja:
1. Yoshlarni har tomonlama rivojlanishi, uchun ularga tegishli imkoniyatlar
2. Yoshlarni pedagogik jihatdan qo‘llab quvvatlash
3. Pedagogikaning ta’lim tizimida tutgan o‘rni
O‘zbekiston Respublikasining yangi taxrirdagi Konstitutsiyasining “Inson qadri uchun” g‘oyasini bugungi islohotlarning bosh tamoyili bo‘lgan “Inson-jamiyat davlat” degan yondashuvni konstitutsiyaning mazmun-mohiyatiga chuqur singdirilganligi muhim ahamiyat kasb etishi bilan birga, ushbu ta’moyil O‘zbekiston xalqining barcha qatlamlari uchun birdek taaluqlidir. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligiga muvofiq yoshlarga 14 yoshga to‘lgan va 30 yoshdan oshmagaan shaxslar kirib, bugungi kunda O‘zbekistonda yoshlarning soni 9.6 milliondan oshmoqda, ya’ni mamlakatimiz aholisining 30 %ga yaqinini tashkil etmoqda.
Yoshlarni har tomonlama rivojlanishi, uchun ularga tegishli imkoniyatlar, shart-sharoitlar yaratish bilan birga, ularni yangi ijtimoiy sharoitlarda yashashlari uchun zarur bo‘ladigan ijtimoiy kompetentsiyalarni, ijtimoiy faollik sifatlarini rivojlantirishda pedagogika va psixologiya fanlarining yutuqlari, ushbu fanlarni o‘qitishdagi zamonaviy yondashuvlar muhim ahamiyat kasb etadi. Yoshlarda zamonaviy ijtimoiy kompetentsiyani rivojlantirish pedagogika va psixologiya fanlarida o‘z o‘rniga ega bo‘lgan bir qator metodologik yondashuvni hisobga olishni taqozo etadi. Ana shunday yondashuvlar sifatida
-tizimli yondashuv
-faoliyatga yo‘naltirilgan yondashuv
-shaxsga yo‘naltirilgan yondashuv
-aksiologik yondashuvlarni keltirish mumkin.
Tizimli yondashuv yoshlarda ijtimoiy kompetentsiyasini rivojlantirishni o‘zaro bir-biri bilan aloqador yaxlit tizim sifatida talqin qilinib, yoshlar shaxsida ijtimoiy ta’lim bilan bog‘liq yaxlit tasavvurlar shakllanadi.
Faoliyatga yo‘naltirilgaan yondashuv yoshlarning jamiyat, ta’lim muassasalari mahalla hayotida faol ishtirok etishini ta’minlash orqali ularda snogen fikrlash, mustaqil qaror qabul qilish, o‘z huquqlaridan foydalanish ko‘nikmalarini izchil rivojlantirib borish bilan birga, egallagan bilimlarini real ijtimoiy faoliyatda qo‘llashga imkon yaratadi. Shaxsga yo‘naltirilgan yondashuv yoshlarning qiziqishlari va extiyojlarini inobatga olish natijasida, jamiyat tomonidan belgilangan ijtimoiy buyurtma asosida fuqarolik tarbiyasini amalga oshirishni talab etadi. Ushbu jarayonda xamkorlikka asoslangan insonparvarlik pedagogikasidan foydalanishga alohida ehtiyoj yuzaga keladi. Aksiologik yondashuv yoshlarda ijtimoiy kompetentsiyasini rivojlantirishda o‘zini fuqaro sifatida burch va majburiyatlariga qadriyatli munosabatni tarkib toptirish imkoniyatiga ega. Bu esa yoshlarning kelajakdagi faoliyatiga aksiologik munosabat orqali fuqarolik pozitsiyasini namoyon bo‘lishiga erishish mumkin.
Yoshlarni ta’lim tashkilotlarida ijtimoiy adaptatsiyasini ta’minlash, ularni pedagogik va psixologik jihatdan qo‘llabquvvatlash, ijtimoiy muammolarini o‘z vaqtida aniqlab, maqsadliyordam ko‘rsatish, kasb-hunarga, ilm-fanga, ijodga yo‘naltirish orqali kasbiy, hayotiy ko‘nikmalarini shakllantirib boorish. Yoshlarni bo‘sh vaqtini maqsadli tashkil etishga yordam berish, yoshlar va ularning oilalari bilan hamkorlikda ijtimoiy-pedagogik loyihalar ishlab chiqish va amaliyotga tadbiq etish, ilm-fan, sport, san’at, til o‘rganish, AKT bo‘yicha savodxonligini oshirish jarayonida yoshlarning ijtimoiy tajribasini tashkillash, mahalla hayotida faol ishtirok etishlariga oid kompetentsiyalarni rivojlantirish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Zotan, yangi rivojlanish bosqichining maqsadi ham iymon e’tiqodi butun, irodasi baquvvat, erkin fuqaro ma’naviyatini shakllantirish hamda intellektual salohiyatini yuksaltirishdan iboratdir.
Ilmiy kategoriya sifatida “yoshlar” ijtimoiy-pedagogik kontseptsiyaning alohida aspekti, yoshidagi mustaqil nazariyalarni vujudga keltirish kabi yoʼllarni bosib oʼtdilar. Yoshlarning koʼpgina qirralari tarixan bir-birining oʼrnini bosuvchi ijtimoiy-falsafiy kontseptsiyalar doirasida shakllangan. Ijtimoiy demografik guruh sifatida “yoshlar” tushunchasi XVIII a sr oxiri - XIX asr boshlarida vujudga kelgan. Unga qadar yoshlarni alohida ijtimoiy guruh sifatida tan olishmas edi. XIX asr oxirigacha yoshlar masalasi shaxsning rivojlanishi tarixi, maʼlum jamiyatda fuqaroni tarbiyalash muammolari vositasida oʼrganilgan.
Shuni alohida ta’kidlash joizki, ta’limning rivojlanishi bevosita mamlakatning barqarorligi ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, madaniy, axloqiy, maishiy, texnologik va axborot kabi sohalarning o‘zaro bog‘liqligi va mavjudligi asosida shakllanadi.
Ijtimoiy pedagogikaning ta’lim tizimida tutgan o‘rni alohida ahamiyatga molikdir. Chunki uning asosiy vazifasi yoshlarning intellektual bilim darajasi va tarbiyasi, shuningdek, ijtimoiy dunyoqarashini shakllantirish hamda hushyorlik va ogohlik fazilatlarini rivojlantirishni ta’minlashga qaratilgan. Zero, yoshlardagi hushyorlik va ogohlik fazilatlarini rivojlantirish ilmiy nuqtayi nazardan ham nazariy, ham amaliy ahamiyatga molik masala hisoblanadi.
E'tiboringiz uchun katta rahmat.
Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə