Reja: Zardushtiylik dinining paydo bo’lish



Yüklə 1,52 Mb.
səhifə2/4
tarix07.04.2023
ölçüsü1,52 Mb.
#104521
1   2   3   4
mAFTUNA SLAYD TARIX

 Aslida esa u mazkur dinning muqaddas kitobi hisoblanmish Avestoda «Mazdayasna» dini deb atalgan. Bu so’zni «Mazdaga sig’inmoq» deb tarjima qilish mumkin. «Mazda» so’zi «donish, donishmand, oqil» kabi talqin etiladi. Zardushtiylik yana «Behdin», ya’ni «Eng yaxshi din» deb ham ulug’langan. Uning ta’limotiga ko’ra, barcha ezgu borliq Mazdaning irodasi bilan yaratilgan. «Mazda» so’zi oldiga ulug’lash ma’nosini anglatuvchi «Axura» qo’shilib, zardushtiylikning ilohiyati – Axura-Mazda nomi paydo bo’lgan. Bu – «Janob Mazda» yoki «Iloh» demakdir. Zardusht nomi tadqiqotlarda Zaratushtra, Zarduts, Zoroatsr ko’rinishlarida ham ishlatiladi. Tadqiqotchilar o’rtasida Zardushtning tarixda bo’lgan yoki bo’lmaganligi borasida turli fikrlar mavjud. Ba’zilar uni tarixiy shaxs deb bilsalar, boshqalar afsonaviy shaxs deb hisoblaydilar. Manbalarning xabar berishicha, u taxminan mil. av. 1200-570 yillar orasida yashagan ilohiyotchi, faylasuf, shoirdir. Tadqiqotchi M. Boys ta’kidlashicha, u mil. av. 1500-1200 yillar orasida yashagan. Zardusht Markaziy Osiyo hududida mavjud bo’lgan ko’pxudolikka negizlangan qadimiy diniy tasavvur va e’tiqodlarni isloh qilib, yangi dinga asos soldi. Zardushtning tug’ilgan va ilk diniy faoliyatini boshlagan joyi xususida ikki xil qarash bor. Birinchisi – «G’arb nazariyasi» bo’lib, unga ko’ra Midiya (hozirgi Eron hududida) Zardushtning vatani va zardushtiylikning ilk tarqalgan joyi hisoblanadi. Bu fikr tarafdorlarining dalili shuki, birinchidan, zardushtiylikning qadimiy Eron hududlarida keng tarqalganligi bo’lsa, ikkinchidan, zardushtiylikning muqaddas kitobi sanalmish Avestoga keyin yozilgan sharhlarning qadimiy Eron-pahlaviy tilida bo’lganligidir. 

  •  Aslida esa u mazkur dinning muqaddas kitobi hisoblanmish Avestoda «Mazdayasna» dini deb atalgan. Bu so’zni «Mazdaga sig’inmoq» deb tarjima qilish mumkin. «Mazda» so’zi «donish, donishmand, oqil» kabi talqin etiladi. Zardushtiylik yana «Behdin», ya’ni «Eng yaxshi din» deb ham ulug’langan. Uning ta’limotiga ko’ra, barcha ezgu borliq Mazdaning irodasi bilan yaratilgan. «Mazda» so’zi oldiga ulug’lash ma’nosini anglatuvchi «Axura» qo’shilib, zardushtiylikning ilohiyati – Axura-Mazda nomi paydo bo’lgan. Bu – «Janob Mazda» yoki «Iloh» demakdir. Zardusht nomi tadqiqotlarda Zaratushtra, Zarduts, Zoroatsr ko’rinishlarida ham ishlatiladi. Tadqiqotchilar o’rtasida Zardushtning tarixda bo’lgan yoki bo’lmaganligi borasida turli fikrlar mavjud. Ba’zilar uni tarixiy shaxs deb bilsalar, boshqalar afsonaviy shaxs deb hisoblaydilar. Manbalarning xabar berishicha, u taxminan mil. av. 1200-570 yillar orasida yashagan ilohiyotchi, faylasuf, shoirdir. Tadqiqotchi M. Boys ta’kidlashicha, u mil. av. 1500-1200 yillar orasida yashagan. Zardusht Markaziy Osiyo hududida mavjud bo’lgan ko’pxudolikka negizlangan qadimiy diniy tasavvur va e’tiqodlarni isloh qilib, yangi dinga asos soldi. Zardushtning tug’ilgan va ilk diniy faoliyatini boshlagan joyi xususida ikki xil qarash bor. Birinchisi – «G’arb nazariyasi» bo’lib, unga ko’ra Midiya (hozirgi Eron hududida) Zardushtning vatani va zardushtiylikning ilk tarqalgan joyi hisoblanadi. Bu fikr tarafdorlarining dalili shuki, birinchidan, zardushtiylikning qadimiy Eron hududlarida keng tarqalganligi bo’lsa, ikkinchidan, zardushtiylikning muqaddas kitobi sanalmish Avestoga keyin yozilgan sharhlarning qadimiy Eron-pahlaviy tilida bo’lganligidir. 
  •  Zardushtiylik ta’limoti Markaziy Osiyoda ibtidoiy davrda mavjud bo’lgan tabiat kuchlarini ilohiylashtiruvchi e’tiqodlarga (Markaziy Osiyo qadimgi aholisining «eski dini»ga) nisbatan monoteitsik ta’limotdir. U behuda qon to’kuvchi qurbonliklar, harbiy to’qnashuvlar, bosqinchilik urushlarini qoralab, o’troq, osoyishta hayot kechirishga, mehnatga, dehqonchilik, chorvachilik bilan shug’ullanishga da’vat etadi. Moddiy hayotni yaxshilashga urinishni yovuzlikka qarshi kurash deb hisoblaydi. Zardushtiylik dinida qo’riq er ochib, uni bog’u rog’ga aylantirgan odam ilohiyot rahmatiga uchraydi. Aksincha, bog’lar, ekinzorlarni, sug’orish inshootlarini buzganlar katta gunohga qoladilar. Zardusht insonlarga tinch-totuv yashashni, halol mehnat qilishni o’rgatmoqchi bo’ladi. Bunga ko’ra insonning bu dunyodagi hayotiga yarasha narigi dunyodagi taqdiri ham bo’lajak, har bir inson o’lgandan so’ng o’zining bu dunyodagi qilmishiga yarasha abadiy rohat – jannatga, yoki yomon ishlari ko’p bo’lsa na xursandlik va na xafalik ko’rmaydigan arosat joy – misvongatuga tushadi. 

Yüklə 1,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə