Reja: Zardushtiylik dinining paydo bo’lish



Yüklə 1,52 Mb.
səhifə3/4
tarix07.04.2023
ölçüsü1,52 Mb.
#104521
1   2   3   4
mAFTUNA SLAYD TARIX

Zardushtiylik negizida olamning qarama-qarshiliklar kurashi asosiga qurilgani turadi: yaxshilik va yomonlik, yorug’lik va qorong’ulik, hayot va o’lim o’rtasida abadiy kurash davom etadi. Barcha yaxshiliklarni Axura-Mazda va barcha yomonliklarni Anxramaynyu (yoki Axriman) ifodalaydi. Axura-Mazda insonlarga ezgu ishlarni bayon etib ularga amal qilishni buyuradi, yomon ishlardan saqlanishga chaqiradi. Zardushtiylikda imon uchta narsaga asoslanadi: fikrlar sofligi, so’zning sobitligi, amallarning insoniyligi. Har bir zardushtiy kuniga besh marta yuvinib, poklanib, quyoshga qarab, uni olqishlab, sig’inishi shart. Zardushtiylik ibodatxonalarida doimiy ravishda olov yonib turadi. Ularda dunyodagi to’rt unsur – suv, olov, er va havo ulug’lanadi. Zardushtiylik dafn marosimi o’ziga xos bo’lib, o’lganlar bir necha pats, baland «sukut minoralari» – daxmalarga solinadi, u erda murdalarning go’shtlarini qushlar eb, suyaklarini tozalaydi. Go’shtdan tozalangan suyaklar maxsus sopol idishlarga solinib minora o’rtasidagi quduqqa sochib yuboriladi. Bunda poklik bilan nopoklikning bir-biriga yaqinlashmasligiga erishiladi. Zardushtiylik dini dunyodagi eng qadimiy dinlardan biri hisoblanib, mil. av. XII-XI asrlarda Markaziy Osiyo, Ozarbayjon, Eron va Kichik Osiyo xalqlari unga e’tiqod qilganlar. Eronda Sosoniylar sulolasi hukmronligi davrida uning muqaddas kitobi Avesto ruhoniylar tomonidan og’zaki rivoyatdan yig’ilib, birinchi marta kitob shakliga keltirilgan.

  • Zardushtiylik negizida olamning qarama-qarshiliklar kurashi asosiga qurilgani turadi: yaxshilik va yomonlik, yorug’lik va qorong’ulik, hayot va o’lim o’rtasida abadiy kurash davom etadi. Barcha yaxshiliklarni Axura-Mazda va barcha yomonliklarni Anxramaynyu (yoki Axriman) ifodalaydi. Axura-Mazda insonlarga ezgu ishlarni bayon etib ularga amal qilishni buyuradi, yomon ishlardan saqlanishga chaqiradi. Zardushtiylikda imon uchta narsaga asoslanadi: fikrlar sofligi, so’zning sobitligi, amallarning insoniyligi. Har bir zardushtiy kuniga besh marta yuvinib, poklanib, quyoshga qarab, uni olqishlab, sig’inishi shart. Zardushtiylik ibodatxonalarida doimiy ravishda olov yonib turadi. Ularda dunyodagi to’rt unsur – suv, olov, er va havo ulug’lanadi. Zardushtiylik dafn marosimi o’ziga xos bo’lib, o’lganlar bir necha pats, baland «sukut minoralari» – daxmalarga solinadi, u erda murdalarning go’shtlarini qushlar eb, suyaklarini tozalaydi. Go’shtdan tozalangan suyaklar maxsus sopol idishlarga solinib minora o’rtasidagi quduqqa sochib yuboriladi. Bunda poklik bilan nopoklikning bir-biriga yaqinlashmasligiga erishiladi. Zardushtiylik dini dunyodagi eng qadimiy dinlardan biri hisoblanib, mil. av. XII-XI asrlarda Markaziy Osiyo, Ozarbayjon, Eron va Kichik Osiyo xalqlari unga e’tiqod qilganlar. Eronda Sosoniylar sulolasi hukmronligi davrida uning muqaddas kitobi Avesto ruhoniylar tomonidan og’zaki rivoyatdan yig’ilib, birinchi marta kitob shakliga keltirilgan.

Yüklə 1,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə