Respublikasi



Yüklə 83,26 Kb.
səhifə24/27
tarix11.05.2022
ölçüsü83,26 Kb.
#86499
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27
Darslik bilan ishlash. Bunda o`qituvchi darslikda berilgan bo`g`inlar, so`zlar va matnni o`quvchilarga o`qib beradi, bolalar birgalikda ovoz chiqarib takrorlaydilar.

  1. Yangi mavzuni mustahkamlash. Buning uchun o`quvchilar bilan quyidagicha savol-javob o`tkaziladi:

  1. Bugun biz qaysi tovush bilan tanishdik?

  2. Rasmda nimalar tasvirlanibdi?

  3. Bolalarning ismlari nima ekan?

  4. Kitobdan qanday foydalanish kerak?

Kichik yoshdagi maktab o‟quvchilarining nutqini o`stirishda didaktik o`yinlar, turli xil musobaqalar muhim ahamiyat kasb etadi. SHu jihatdan mavzuni mustahkamlashga oid quyidagicha qatorlar aro musobaqa uyushtirish mumkin:

1-qator: “K” harfi bilan boshlanadigan so`zlardan ayting. 2-qator: O`rtasida “k” harfi qatnashgan so`zlardan ayting. 3-qator: Oxirida “k” harfi ishtirok etgan so`zlardan ayting.

Bunda qaysi qatorda takroriy so`zlar bo`lmasa, o`sha qator g`olib hisoblanadi. So`ngra o`quvchilarning har biriga bittadan turli xil predmetlarning

rasmlari bor kartochkalar tarqatiladi. Rasmdagi predmetning belgilarini bildiruvchi so`zlar toptiriladi va ular ishtirokida ikkitadan gap tuzdiriladi. Birgina rasm asosida bir necha gap tuzishni mashq qildirish o`quvchilarning fikrlash doirasini kengaytirishga ham yordam beradi va nutqini o`stiradi.




  1. Yüklə 83,26 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə