Respublikasi



Yüklə 83,26 Kb.
səhifə25/27
tarix11.05.2022
ölçüsü83,26 Kb.
#86499
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27
Dars yakuni. Bunda faol ishtirok etgan o`quvchilar rag`batlantiriladi, uyga vazifa beriladi.

1-sinfning 2-yarim yilligida “O`qish kitobi“ materiallari asosida o`quvchilarning o`qish sur`ati ustida ishlanadi. O`qish darslarida matn ustida olib boriladigan har bir ish o`quvchilarning o`qish ko`nikmalarini shakllantirishga qaratiladi. O`quvchilarning o`qish sur‟atini oshirish uchun birinchi navbatda to`g`ri o`qish ko`nikmalari shakllantiriladi, ikkinchi o`rinda o`qish sur`ati oshiriladi. 1-sinfda o`qish sur`atini oshirishda quyidagi ishlar amalga oshirildi:

  1. Turli topshiriqlar asosida o`qishni mashq qildirdik. Masalan:

-She`rni ifodali o`qing.

-Tabiat tasvirlangan o`rinni topib o`qing.



-Amur Temur yurtini qanday e‟zozlagan? Shu o`rinni topib o`qing. (“Buyuklar Vatani“)

-Ravshan “Jar“ sport saroyida nimalarni ko`rdi? Shu o`rinni topib o`qing. (“Ulkan hovuz“)



  1. Bo`g`in tuzilishi marakkab so`zlarni bo`g`inlarga bo`lib doskaga yozdik va o`qishni mashq qildirdik. Masalan:

“Ona allasi“ matnida:

qo`-shiq-chi-lar-ni, mam-la-kat-da-chi, et-ti-ra-ve-rib-di; “Navro`z bayrami“ matnida:

Boy-che-chak-lar, o-na-la-ri-miz, ya-ra-sha-di-lar, u-rish-gan-lar kabi


  1. Oldin o`zim o`qib namuna ko`rsatdim, so`ng tez o`qiydigan o`quvchilarga o`qitdim, keyin sekin o`qiydigan o`quvchiga o`qitdim.

  2. Tez aytish ayttirib, so`ng o`qitdim. Quyidagi tez aytishlardan foydalandim: Dildora – Dinoraning dugonasi,

Dinora - Dildoraning dugonasi.

Oydin oydinda onasidan oldin bordi.



  1. sinfda modul asosida ishlab chiqqan va tajriba sinovdan o`tlazgan dars namunamizni keltiraman:

Mavzu: O‟zbek xalq ertagi “Rostgo`y bola”.

Maqsad: To`g`ri, tez va ifodali o`qish malakalarini takomillashtirish.



Matn ustida ishlash, tahlil qilish ko`nikmasini mustahkamlash, o`quvchilarning lug`at boyligini oshirish.

O`quvchilar shaxsida to`g`ri so`zlik, rostgo`ylik kabi ijobiy sifatlarni tarbiyalash.

Darsning borishi:

Darsning shiori: Biz nimaiki qilmaylik,

Barchasi zarur, kerak. Bilim egallash uchun Tinimsiz o`qish kerak.




  1. – modul.

Uyga vazifani tekshirish.

“Maymun va duradgor” haqidagi ertak. Xattaxta oldiga ikki o`quvchi chaqiriladi va ular galma-galdan ertakni o`qib, mazmunini so`zlaydilar. Duradgor kim? U nima ish qiladi? degan savol beriladi va o`quvchilarning javoblari to`ldiriladi



  1. – modul.

Quvnoq daqiqa.

O`qituvchi: Yaxshi o`qish uchun, yaxshi nafas olish kerak.



  1. Nafas olishga doir mashqlar:

“Choyni sovut” “Gulni hidla” “Sharni shishir” “Changni hayda”.

  1. Ovoz mashqi:tovush mashqi: a, o, u, e, i, o`.

Quyidagi she‟rni eshitib bugun qanday mavzu bilan tanishishimizni bilib olarsiz. Yaxshilab e‟tibor qiling:

To`g`ri so`z bola. H.H.Niyoziy. (Qisqartirilgani)

Kelmog`ida maktabidan bir o`g`il, To`xta debon ikki kishi to`sdi yo`l. Dedi biri: “Tanga berurman sanga So`zla bir og`izgina yolg`on manga” Berdi o`g`il fikr ila shirin javob:

“So`zlang ako, qomatingizga qarab, Bu so`zingiz aslida yolg`on erur Tangaga yolg`onni kim olg`on erur”.


Quyidagi skanerga qarab bugungi o`rganadigan mavzumiz nomini va unga doir so`zlarni toping.














































a














o






























































h






































u


















g































































































- rostgo`y (5 ta), bola (3 ta), yolg`on, tanga, kishi, ako, maktab, so`zingiz, og`izgina, sanga, kim.

  1. – modul.

Skanerdagi so`zlarni qatnashtirib gaplar tuzing: Bir og`izgina yolg`on, rostgo`y bola, yolg`onchi kishi, sanga tanga berurman, dedi va b. Kimlar shu so`zlar vositasida ertak tuzib beradi. Bolalar o`zlaricha tuzgan ertaklarini so`zlab beradilar.

Bugungi o`tadigan ertagimiz nomini topdingizmi? Bolalar aytadilar (Bo`lmasa o`qituvchi ertak nomini aytadi: “Rostgo`y bola”). Kelinglar endi ertakni eshitib ko`ramiz. Unda ba‟zi notanish so`zlarga duch kelasizlar. Ularning mazmunini sizlarga tushuntiraman: (xattaxtaga oldindan yozib qo`yilgan bo`lishi ham mumkin).

Podshoh – yurtni boshqaruvchi kishi. Vazir – podshohning yordamchisi.

Tadbir – o`ylab qilingan ish. Xomush – xafa.



  1. – modul.

Ertakni o`qituvchi tomonidan o`qish, ma‟lum bir qismini o`quvchilar davom ettirishi mumkin.

-Siz yolg`on gapirgan bolalarni hayotda uchratganmisiz? (O`quvchilar javoblari eshitiladi.) Rost gapirishning ahamiyatini bilasizmi? O`qituvchi rost gapirishning ahamiyati haqida o`quvchilarning yoshiga mos tushuncha beradi va xalq maqollaridan aytadi (Masalan, “Boshingga qilich kelsa-da, rost gapir” … qolganini o`quvchilar davom ettiradilar).




  1. – modul.

Mustaqil o`qish.

Usul: o`qituvchi o`quvchilar bilan birga ovoz chiqarib o`qiy boshlaydi (o`quvchilar faqat ko`z bilan o`qiydilar), o`qituvchi jim bo`lib, o`qishni ichida davom ettiradi, o`quvchilar esa ovoz chiqarib o`qiydilar, keyin yana o`qituvchi

ovoz chiqarib o`qiydi, o`quvchilar ko`z bilan o`qiydilar va shunday o`qish ertak oxirigacha davom etadi.

O`qish oldidan topshiriq: xattaxtaga yozilgan so`zlarni ertakda berilganday izchillikda, so`zlar qo`shib yozing:


  1. Qadimda.

  2. Podshoh bo`lgan.

  3. Xomush bo`lib yurgan.

  4. Vazirning maslahati.

  5. Gul urug`i.

  6. Farzand qilib olmoqchi.

  7. Vaqt o`tibdi.

  8. Shahar aylanibdi.

  9. Gullarni ko`rib o`taveribdi.

  10. Ko`zi tushibdi.

  11. Gullar qani?

  12. Qaynattirgan. 6 – modul.

Matnni tahlil qilish uchun savollar.

-Ertak qahramonlari kimlar?

-Quyidagi so`zlar kim haqida yozilgan: xomush, farzandi yo`q, gul urug`i tarqattiribdi. (Podshoh)

-Yaxshi farzand topish yo`lini ertak qahramonlaridan kim maslahat beribdi? (Vazir)

-Qanday yo`l bilan rostgo`y, aqlli bola tanlandi?

-Keyin nima bo`ldi?

-Podshoh gul urug`ini nima qilgan ekan?

Quyidagi hikmatli so`zlardan qaysi biri ertak mazmunini to`ldiradi?



  1. Boshingga qilich kelsada rost gapir.

  2. Yolg`onning umri qisqa.

  3. Boshingga nima kelsa tilingdan kelur.

  4. To`g`rilik baxt keltirar.

(To`g`ri gapirgani uchun bola podshohga farzand bo‟ldi.) Markazlarda ishlash.

Sinf jamoasi 5-7 kishidan tahlilchilar, o`quvchilar, tilshunoslar, tadqiqotchilar (boshqalar ham bo`lishi mumkin) kabi guruhlarga bo`linib markazlarda ishlaydilar.

O`qish markazi: “kitoblar olami”. 1-guruh – o‟quvchilar.

Topshiriq: Ertakdagi ko‟rsatilgan qismni o`qib, uni tiklash (Ertak kserokopiya qilinib, 7 qismga bo‟linadi. Har bir qismi kamalakning bir rangiga mos keladigan rangdagi qog`ozlarga yopishtiriladi. O`quvchilar bo`lingan matnni tiklab, to`liq javobni va kamalak rangini hosil qiladilar).



  1. guruh – tahlilchilar.

Topshiriq: ijodiy daftarda ishlash (matnga savollar qo`yish). Yozuv markazi: “Ijodiy ish”.

Har bir o`quvchining daftarida qahramonlar xislatlariga tegishli so`zlar yozilgan: farzandi yo`q, xomush, ko`p bolalarni ko`rdi, gulsiz tuvak ushlab o`tirgan bolakay.

Topshiriq: Qahramonlarga taalluqli xislatlarni o`qib, kimga tegishliligini ayting. Ertak qahramonlaridan kimga tegishli gap yo`qligini aniqlang (vazirga tegishli gap yo`q). O`zingiz tanlang.

Ilmiy-tadqiqot markazi.

Topshiriq: Ertakdagi qahramonlarga doir sifatlarni, ularga taalluqli sifatlarni qahramon nomi bilan birga yozing va o`qing.

Natijada quyidagi jadval hosil bo‟ladi: Xomush podshoh.

Aqlli vazir.

Rostgo‟y bola.

Yolg‟onchi bolalar.

Gulsiz tuvak.



Prezentatsiya:

Har bir markazdan bir bola chiqib, o`z ishlarining yakuni haqida so`zlaydilar.

O`qituvchi: Qarang xattaxtamizda

Hosil bo`ldi kamalak. Quvonchimiz cheksizdir Chunki baxtlimiz beshak!

Uyga vazifa.

Har bir guruhga tegishli vazifalar alohida-alohida aytiladi. (Bular ijodiy daftarda ishlash, diafilmlar tuzish, matndan boy g`oyalarni ajratib yozish, ertakdan olgan taassurotlari asosida rasm chizish va h.)

Darsni xulosalash.

-Bu darsdan qanday yangilik o`rgandingiz? Sizga nima yoqdi? Nima sizga yoqmadi? Siz qanday bo`lishini xohlar edingiz?



Dars davomida qilingan barcha ishlar o`qish ko`nikmalarini takomillashtirishga va o`qish sur‟atini oshirishga xizmat qildi.

Yüklə 83,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə