Respublikasi


Davlat tasarrufidagi tashkilotlar



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə46/56
tarix15.04.2022
ölçüsü0,7 Mb.
#85503
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   56
fayl 1854 20210917

Davlat tasarrufidagi tashkilotlar:Madaniyat va sport ishlari vazirligi tizimidagi tashkilotlar; davlat aksionerlik jamiyatlari, kompaniyalar, birlashmalar: “O'zbekkino” Milliy agentligi, “O'zteleradio” kompaniyasi, O'zbekiston Badiiy Akademiyasi, “O'zbeknavo” estrada birlashmasi, “O'zbekteatr” IIB, “O'zbekraqs”, “Musavvir” ilmiy ijodiy ishlab chiqarish birlashmalari, “O'zbekmuzey” biriashmasi. “O'zbekturizm” aksionerlik kompaniyasi va boshqalar.

Nodavlat va jamoat tashkilotlari: jamg'armalar; ijodiy tashkilotlar, jamiyatlar va uyushmalar; madaniy-ma'rifiy markazlar,

O'zbekistonda quyidagi jamg'armalar mavjud: Imom al-Buxoriy nomidagi xalqaro xayriya jamg'armasi, Amir Temur nomidagi xalqaro xayriya jamg'armasi, Ibn Sino nomidagi xalqaro jamg'arma, “Oltin meros” xalqaro jamg'armasi, Bobur nomidagi xalqaro jamg'arma, Sodiqov nomidagi xalqaro jamg'arma, “Sog'lom avlod uchun” xayriya jamg'armasi, “Kamolot” jamg'armasi, Bolalar jamg'armasi, “lste'dod” jamg'armasi, “Ekosan” xalqaro ekologiya va salomatlik jamg'armasi, O'zbekiston ommaviy-axborot vositalarini demokratlashtirish va qo'llab-quvvatlash ijtimoiy-siyosiy jamg'armasi, O'zbekiston faxriylarini ijtimoiy qo'llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg'armasi, “Mahalla” jamg'armasi va boshqalar.

Ijodiy tashkilotlar, jamiyat va uyushmalar: O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, O'zbekiston Bastakorlar uyushmasi, O'zbekiston Me'morlar uyushmasi, O'zbekiston Faylasuflar jamiyati, O'zbekiston Tarixchilar jamiyati, O'zbekiston “Tasviriy oyina” ijodiy uyushmasi, O'zbekiston Jurnalistlar ijodiy uyushmasi va boshqalar.

Madaniy-ma'rifiy markazlar: Respublika Ma'naviyat targ'ibot markazi, Milliy g'oya va mafkura ilmiy-amaliy markazi, O'zbekiston huquqiy madaniyat markazi, Ijtimoiy fikr jamoatchilik markazi, O'zbekiston ijtimoiy falsafa va milliy tiklanish markazi, O'zbekiston baynalmilal madaniyat markazi, Milliy-madaniy markazlar (rus, ukrain, qozoq, koreys kabi yuzga yaqin markazlar) va xalqaro aloqalar jamiyatlari. Madaniyat tizimidagi davlat va jamoa tashkilotlari faoliyati. O'zbekiston madaniyati tizimidagi tashkilotiarda hozirgi davrda: tarkibiy o'zgarishlar amalga oshirilmoqda. muhim tashkiliy ishlar hal etilmoqda, ish mazmuni va shakli yangilanmoqda; jiddiy izlanishlar olib borilmoqda, jahon tajribasi o'rganilmoqda va tajribalar orttirilmoqda; yangi sharoitda moddiy va iqtisodiy muammolar hal qilinmoqda.

Davlat tasarrufidagi islilarga O'zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi bosh-qosh bo'lmoqda va ulkan ishlarni amalga oshirmoqda.

Davlat tizimida yangidan tuzilgan ko'pgina tashkilotlar, masalan, “O'zbekteleradio” kompaniyasi, “O'zbekkino”, “O'zbekiston Badiiy Akademiyasi”, “O'zbeknavo”, “O'zbekteatr”, “O'zbekturizm” kabilar samarali faoliyat ko'rsatishmoqda.

Ijodiy tashkilotlar orasida esa yozuvchilar, bastakorlar, me'morlar uyushmalarining faoliyati diqqatga sazovor.

Madaniy-ma'rifiy markazlar ichida O'zbekiston baynalmilal markazi, ijtimoiy fikr jamoatchilik markazi, Huquqiy madaniyat markazi va boshqalar ibratli ishlarni amalga oshirishmoqda.

Madaniyat tizimidagi muammolar. Jamiyatimiz madaniyat va ma'rifat “bino”sini baquvvat va go'zal bo'lishi uchun haii ko'p ishlarni amalga oshinshimiz lozim bo'ladi. Bu sohada bajarilishi lozim bo'lgan ishlar talaygina. Ularning bazilariga to'xtalamiz: Respublika va viloyatlar darajasida ulkan ishlar amalga oshirilayotgan bo'lsa ham, ba'zi joylarda, jumladan, tuman, mahalla va qishloqlarda jiddiy e'tibor berish lozim bo'lgan ishlar mavjud. Ko'pgina joylardagi mahalliy rahbarlar hanuzgacha madaniyat sohasi yetarlicha e'tibor berishmayapti;

O’zbekiston hududlarining mushtarakligini ta'minlashda madaniyat va san'atning o'rni katta. Bu borada “Viloyatlar kuni”, ya'ni viloyatlarda bir-birining kunlarini o'tkazish yaxshi samara beradi. Bunday tadbirlarni tumanlararo ham o'tkazish mumkin;

Hozirgi davrda yoshlar ma'naviyatiga alohida e'tibor berish lozim bo'lmoqda. Ba'zi yoshlar ongida va ma’naviy hayotida bo'shliqning paydo bo'lishiga mahalliy madaniyat muassasalarining talab darajasida ishlamayotganligi sabab bo'lmoqda. Klublar, madaniyat uylari, kutubxonalar, istirohat bog'lari mahalliy aholi va yoshlarning bo'sh vaqtini mazmunli o'tkazishga va ularni g'oyaviy, ma'naviy kamol topishiga samarali xizmat qilishi lozim.

Madaniyat tizimining moddiy negizini yaxshilash muhim muammolarning bin sifatida namoyon bo'lmoqda, Bu borada ko'pgina ishlar amalga oshirilayotgan bo'lsa-da, hali qator muammolar ham mavjud:



  1. madaniyat sohasida tuzilgan yangi (davlat, jamoa va nodavtat) tashkilotlariga hukumatimiz katta mablag'lar ajratgan. Ularga moddiy va ma'naviy yordam berib turilibdi, mablag'ini ko'paytirish maqsadida tijorat ishlarini olib borishga ruxsat berilgan, soliqdan ozod etilgan. Biroq ular ishni yo'lga qo'yish uchun ajratilgan mablag'lardan maqsadga muvofiq foydalanishmayapti. Ishga eng zaruriy narsalar o'miga bu tashkilotlarning rahbarlari o'zlari uchun qulayliklar yaratishmoqda. Shuningdek, madaniyat tizimi o'zini o'zi mablag' bilan ta'minlash ishlarini ham yaxshi yo'lga qo'yishi zarur;

  2. madaniyat va san'at sanoati yo'lga qo'ymasdan bu sohani taraqqiy ettirib bo'lmaydi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida kino sanoati (ssenariy yaratish, kino olish, ularni targ'ib qilish, ijara ishlarini amalga oshirish), musiqa sanoati (musiqiy asarlarni yaratish, ijro qilish, ovoz yozib olish va ularni tarqatish), tasviriy san'at sanoati (tasviriy durdonalar yaratish, ularni targ'ib qilish, ko'rgazma-savdolar, auksionlar uyushtirish) kabilarni yanada yaxshi yo'lga qo'yish zarur bo'lmoqda.

d) madaniyat tizimi faoliyatini yaxshilash uchun unga, albatta, ko'proq faol qiziquvchi, tashabbuskor va izlanuvchi ijodkorlarni jalb etish muhim ahamiyatga ega. Ko’pgina joylarda madaniyat sohasida hamma ishlayverishi mumkin, degan

tushuncha mavjud. Bunday tushuncha bilan madaniyatni rivojlantirib bo'lmaydi. Madaniyat jonkuyar, tashabbuskor tashkilotchilar bilan tirik. Ularsiz madaniyat tizimi ishlay olmaydi va inqirozga uchraydi.

Bugungi globallashuv sharoitida milliy g'oya va mafkura muhim ahamiyat kasb etmoqda. Milliy g’oya - bu, jamiyatni birlashtiruvchi, ruhlantiruvchi va olg'a yetaklovchi kuchdir.

Milliy g'oyaga birinchi Prezidentimiz I.A.Karimovning:

-yurt tinchligi;

-vatan taraqqiyoti;

-xalq manfaatiga oid fikrlari asos bo'ladi.

Milliy g'oya va mafkurani targ'ib qilish uchun unga xizmat qiluvchi barcha vosita, usul va shakllardan samarali foydalanishimiz zarur. Bu borada, ayniqsa, madaniyatning o'ri benihoya kattadir. Boshqacha qilib aytganda, madaniyatsiz, ya'ni, adabiyot, san'at (musiqa, kino, teatr, tasviriy ijod), ma'rifat, ilm-fan, odat, marosim, bayram kabilarsiz milliy mafkura o'z ifodasini topishi qiyin. O'z navbatida, milliy mafkura milliy madaniyatning ravnaq topishi va ezgu maqsadlar sari intilishiga yordam beradi.

Milliy mafkurasiz madaniyat ravnaq topishi mumkinmi, degan savol tug'iladi. Balki mumkindir. Biroq bunday madaniyat millatni ezgu maqsadlar sari yetaklay olmaydi. Odillik, halollik, imon-e'tiqodlilik, hurflkrlilik, vatanparvarlik, ma'rifatparvarlik, taraqqiyparvarlik, olijanoblik, mehr-muruvvatlilik, saxovatlilik, insonparvarlik kabi ma'naviy omillarsiz milliy mafkura rivoj topa olmaydi. Bu omillarsiz madaniyat, jutnladan, ilm-fan, adabiyot, san'at, ta'lim-tarbiya tizimi rivojlansa ham, jamiyat taraqqiyotida ijobiy emas, balki salbiy rol o'ynaydi.

Milliy g'oya, mafkurani amatiyotda rivojlantirishda madaniyatning har bar turining o'ziga xos o'rni bor. Ilm-fan milliy g'oya va mafkuurani ravnaq topishida katta ahamiyat kasb etadi. Ilm-fanda paydo bo'lgan g'oyalar, konsepsiyalar, ta'limotlar hayotni taraqqiy ettiradi. Shuning uchun biz ilm-fan sohasida jamiyat taraqqiyotiga xizmat qiladigan fikr, g'oya, ta'limotlar paydo bo'lishi uchun qulay sharoitlar yaratishimiz kerak.

San'at (musiqa, raqs, teatr, tasviriy san'at)da xalqning ongi va qalbini qamrab oluvchi sehrli kuch borligini inkor etib bo'lmaydi. Bu mo’jizaviy imkoniyatdan xalqimiz ongini o'stirish va ruhini tetiklashtirishda samarali foydalanish zarur.

San’at asarlarida tarixiy merosga, milliy qadriyatlarimizga murojaat etila boshlangani quvonchli hol. Biroq hozirgi yaratilayotgan san'at asarlarining saviyasi yetarli darajada etnas. Shuni bilish kerakki, buyuk qadriyatlar haqida past saviyada gapirib bo'lmaydi. Masalan, yuksak g'oyalarni ifoda etish uchun o'sha darajadagi ijodkor kerak. Agar Ahmad Farg'oniy haqida spektakl yaratayotgan dramaturg, rejissyor va aktyorning g'oyaviy, falsafiy, ma'naviy va madaniy saviyalari past bo'lsa, mantiq talab qilgan yuqori darajadagi teatr asari yaratilmaydi. Past darajadagi asarlar, aholining madaniy saviyasini yuqoriga ko'tara ofmaydi.

Shuni unutmaylikki, nazariy jihatdan bitta qo'shiq yoki bitta badiiy film bilan jahonga tanilish mumkin. Qani endi, “O'zbek kino”da yaratilgan bir kinofilm, jahonning turli kino va teleekranlarida namoyish qilinish darajasiga loyiq bo'lsa! Yoki Vatanimizda yaratilgan ohangrabo qo'shiq jahonning ko'plab joylarida ham yangrashiga erishsak, agar milliy san'atni yiiqori darajaga ko'tara olsak, bu asarlar bilan birga bizning fikr, g'oyalarimiz, fazilatlarimiz, bir so'z bilan aytganda, milliy ma'naviyatimiz ham jahonga chiqadi.

Adabiyot insoniyat taraqqiyotida muhim rol o'ynagan va hozir ham shunday. XX asrgacha asosiy g'oyalar faqat adabiy asarlar orqali xalqqa yetib borgan. XX asr boshida milliy uyg'onish jarayonida ham, XX asr oxirida mustaqillikka erishishda ham qalam ahli katta rol o'ynadi. Biroq negadir mustaqillikka erishishimiz bilan yozuvchi va shoirlarimiz ham ijtimoiy, ham ijodiy jihatdan bir qadar sust bo'lib qolishdi. Mustaqillikka erishilgandan so'ng yaratilgan yaxshi adabiy asarlarni barmoq bilan sanasa bo'ladi. Ba'zi adiblar «yozuvchiman!» deya turib, o'zi jiddiy asarlar yozmay. faqat “gapiruvchi”ga aylanib ketmoqda.

Mustaqillik yillarida badiiy adabiyotda milliylik, ming yillik tarixiy ijodiy an’analar, umuminsoniy qadriyatlar, erkin fikr yuritish tamoyillari tiklandi. Badiiy adabiyotda mustaqillikni asrab-avaylash, ozod va obod Vatan qurish, barkamol insonni tarbiyalash, milliy o‘zlikni anglash kabi masalalar bosh mavzu bo‘lib

qoldi. Abdulla Oripov, Odil Yoqubov, Pirimqul Qodirov, Xurshid Davron kabi ijodkorlarning tarixiy roman, pyesa va qissalarida ulug‘ bobokalonlarimiz Amir Temur, Mirzo Ulug‘bek, Bobur va boshqalarning siymolari umuminsoniy va milliy qadriyatlarga mos tarzda yangicha talqinda yoritildi.

Mustaqillik davri adabiyotining yalovbardorlari O‘zbekiston qahramonlari Said Ahmad, Abdulla Oripov, Erkin Vohidov, O‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuflar ijodiy faoliyati bilan butun xalqimiz faxrlanadi. Istiqlol davridagi o‘zbek adabiyotshunosligi oldida turgan muhim vazifalarni hal etishda O.Sharofiddinov, B.Qosimov, N.Karimovlarning asarlari alohida o‘rin egallaydi. Muhammad Ali va T.Malikning romanlari, U.Azim, E.A’zam, S.Sayyid, H.Xudoyberdiyeva, H.Ahmedova, J.Ergasheva, H.Do‘stmuhammad, Sh. Salim ova singari shoir va adiblarning badiiy barkamol, g‘oyaviy yetuk asarlari katta hissa bo‘lib qo‘shildi. Umuman, adabiyotga e’tibor madaniyatning muhim yo‘nalishi bo‘lib qoldi. Yozuvchilarni qo‘llab-quvvatlash borasida 2010-yil O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi huzurida “Ijod” fondi tashkil etilib, 2011-yildan yosh ijodkorlarning birinchi kitoblari davlat hisobidan chop qilina boshlandi.

Adabiyotga e’tibor 2017-2018-yillarda yanada kuchaydi. 2017-yil 12- yanvarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ibot qilish bo‘yicha komissiya tuzish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Shu yildan 10 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan kitobsevar- lar o‘rtasida “Yosh kitobxon” respublika ko‘rik tanlovi tashkil etildi. Shuning- dek, O‘zbekiston Prezidenti Sh.Mirziyoyevning 2017-yil 3-avgust kuni ijodkor ziyolilar bilan bo‘lgan uchrashuvida bir qator madaniy muassasalarga homiy tashkilotlar belgilab berildi. Shu yo‘nalishda Xalq banki bilan Yozuvchilar uyushmasining “Do‘stlar klubi” tashkil etildi. “Do‘stlar klubi”ning tashkil etilishi yozuvchi va shoirlarning ijtimoiy hayotdagi o‘rni va nufuzini oshirish, ularning ijodiy salohiyatlarini ro‘yobga chiqarish, moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish, munosib ish va turmush sharoiti yaratib berish uchun keng imkoniyatlar yaratmoqda.

Musiqa, kino, teatr san'atlarining rivojlanishi ham ko'p jihatdan adiblarga bog'liq. Adiblar bu ijod turlarining asosi – qo'shiq, she'r, pyesa, ssenariy, librettolarni yaratadi. Ushbu adabiy janrlar yaxshi rivojlanmasa, san'at turlari negizan bo'sh bo'lib qolaveradi. Hozir aynan tele va kino, teatr san'atiga milliy g'oyalar bilan sug'orilgan yaxshi asarlar yetishmayapti.

Xalq odatlari milliy g'oya va istiqlol mafkurasini, ayniqsa, yosh avlod ongi va qalbiga singdirishda muhim vosita hisoblanadi. Asrlar osha shakllangan, avloddan avlodga bebaho meros bo'lib o'tib kelgan, biroq sho'rolar davrida ta'qibga uchragan xalq an'analari ajdodlarimizning eng yaxshi fazilatlari, fikrlari, tajribalari, yutuqlari, qadriyatlarini bizga yetkazib, jamiyatimizni axloqiy sog'lomlashtiruvchi, insonparvarlikni barqarorlashtiruvchi, ayniqsa, yosh avlodning g'oyaviy-ma'naviy kamol topishida muhim omil sifatida xizmat qiladi. Xalq an'analari odamlar orasida odob-axloq, imon-e'tiqod, insof, insonparvarlik, mehr-muruvvat, saxovat, adolat, halollik, birodarlik, vatanparvarlik, mehmondo'stlik kabi xislatlarni ravnaq topishida muhim o'rin tutadi. Ayniqsa, millat, jamiyatni birlashtiruvchi an'analardan foydalanishimiz zarur. Jumladan, Navro'z, Gul sayili, Mehrjon, Hosil bayramlarida xafagarchilikni unutish, arazlashganlarni yarashtirish, tanishish, qarindosh tutinish, do'stlashish, mehmondorchilik fuqarolarni ezgu maqsadlar sari yetaklaydi, ularni g'oyaviy va ma'naviy jihatdan birlashtiradi. Qadimiy va navqiron Navro'z esa xalqimizning ko'p ming yillik ijobiy fazilatlarini mujassamlashtirib, bizni doimo bunyodkorlik, ezgulik, yangilanishga chorlaydi.

lstiqlol davrida vujudga kelgan “Mustaqillik kuni”, “O'qituvchi va murabbiylar kuni”, “Xotira va qadrlash kuni” kabi bayramlar ozodlikning qadriga yetish, Vatanni e'zozlash, ota-ona va ustozlarni hurmat qilish, ajdodiar an'analariga sodiq bo'lish, o'tganlar xotirasini abadiylashtirish, yorqin kelajak sari intilish, el- yurt, millat uchun xizmat qilishga undashda samarali vositaga aylanmoqda.

Azaliy va yangi zamonaviy xalq an'analarini o'rganish, targ'ib qilish bilan bir qatorda bu boradagi muammolarni bartaraf etish yo'llariga ham alohida e'tibor berish zarur. Jumladan, turarjoylarda xalq marosim va bayramlarini o'tkazish kengashlarini tuzish, ularning mavsumiy emas, doimiy faoliyatini olib borish, to'y-

ma'rakalarni ixchamlashtirish, kam daromad oilalarga to'y va aza marosimlarini o'tkazishda ko'mak berish, diniy odatlar orasida payshanbalik, yakshanbalik, uchlik, yettilik, yigirmalik, qirqlik kabi islom shariatida bo'lmagan udumlarni ixchamlashtirish; to'y marosimlarining moddiy tomonlariga emas, balki ma'naviy tomoniga alohida e'tibor berish kabi ko'plab muammolarni doimo hal qilib borish lozim.

Oz navbatida, millat rivojiga salbiy ta'sir ko'rsatuvchi unsurlarni an'anatarimiz qatoridan chiqarishimiz lozim. Masalan, bir tog’li qishloqda shunday odat bor ekanki, ikki kishi urishsa, ikkala tarafdagi aka-ukalar o'rtasida ham bordi- keldi to'xtar ekan. Natijada, qishjoq ikki araz tomonga bo'linib qolar ekan. Bunday arazchilikni taraqqiy ettiradigan odatlar bizga kerak emas, albatta.

Biroq xalqimizda shunday odatlar ham borki, ular elni birlashtiradi. Masalan, bayram (Navro'z, Mehrjon, Ro'za va Qurbon hayiti) kunlari tinchlik kunlari hisoblanib, bu vaqtda nafaqat urushlar to'xtatilgan, balki xafagarchiliklar unutilgan, arazlashganlar yarashtirilgan, begonalar tanishgan, tanishlar do'stlashgan. Xullas, milliy bayramlarimizdagi odamlarni g'oyaviy, ma'naviy, ijtimoiy birlashtiradigan ruhiy-ma'naviy holatni rivojlantirishimiz kerak.

Bu bayram an'analaridan hozirgi vaqtda samarali foydalanish millat vakillarini hamjihat qilib, birlashtiradi. Milliy g'oyaning ham asosiy maqsadi - millatni ezgu maqsad sari birlashtirish! Din ham madaniyatning eng nozik va murakkab masalasidir. Hozirgi davrda dinimizga aynan madaniyat yetishmayapti. Islom dini sobiq sho'rolar davrida taqiqlangani uchun mustaqillik sharoitida uning tiklanishiga keng imkoniyatlar yaratib berildi. Atomdan atomelektrostansiyasi va atom bombasi tayyorlash mumkin. Dinni niqob qilib, vatanimizga nur emas, yovuzlik-terrorchilik olib keladiganlar paydo boidi. Bu kasallikning oldini olish uchun unga qarshi immunitet hosil qilish lozim bo'lmoqda. Birinchi Prezidentimiz aytganidek, “Biz farzandlarimiz yuragida ona Vatanga, boy tariximizga, ota- bobolarimizning muqaddas diniga sog'lom munosabatni qaror toptirishimiz,

...ularning mafkuraviy immunitetini kuchaytirishimiz zarur. Ana shunda johil

aqidaparastlarning “da'vati” ham, axloqni rad etadigan, biz uchun mutlaqo begona g'oyalar ham ularga ta'sirini o'tkaza olmaydi”.

Milliy g'oyaning shakllanishi va taraqqiy etishi, eng avvalo, madaniy- ma'rifiy xodimlarga, ziyolilar, jumladan, olimlar, yozuvchilar, san'atkorlar, ijodkorlar, tarbiyachilar, ma'rifatchilar (professor-o'qituvchilar) kabilarga bog'liq. Ularchin ko'ngildan, faol mehnat qilishsa, jamiyatda ezgulik g'oyalari g'alaba qozonadi. Bu ishda har kimning o'z vazifasi bor. Agar olimlar milliy g'oyani shakllantirish bo'yicha tadqiqotlar, yozuvchilar millatni birlashtiruvchi g'oyalarni tarannum etuvchi badiiy asarlar, san'atkorlar ezgulikka, milliy taraqqiyotga xizmat qiluvchi ijod mahsullarini yaratishsa, madaniyat xodimlari, jumladan, kutubxonachilar, muzey, klub va istirohat bog'i xodimlari joylarda milliy mafkura targ'iboti, maktab o'qituvchilari o'quvchilar ongi va qalbiga insonparvarlik va millatparvarlik g'oya va tuyg'ularini singdirish bilan faol shug'ullanishsa, tabiiy tarzda jamiyat olg'a dadil qadam tashlaydi. O'z moddiy muammolari bilan band bo'lib qolgan ziyolilar ma'naviy sohada, jumladan, milliy g'oya va mafkurani yaratish va targ'ib qilishda yaxshi natijalarga erisha olmay qoladilar. Ma'naviyatsiz, milliy g'oya, mafkurasiz esa jamiyat olg'a siljiy olmaydi. Jamiyatni ezgu maqsadga yetaklovchi milliy g'oyani shakllantirish va rivojlantirish ziyolilarning muhim vazifasi ekan, davlat ularning faoliyatlarini qo'llab-quvvatlab turishi, ularga moddiy va ma'naviy sharoitlar, qulayliklar yaratmog'i katta ahamiyatga ega.

Xullas, milliy g'oya va mafkuraga tayangan o'zbek madaniyati o'z tarixiy tomirlaridan kuch olib, gullab-yashnab, ajdodlarimiz tajribasiga tayanib, jahon darajasiga chiqib, umuminsoniyat sivilizatsiyasi taraqqiyotiga yana xizmat qiladi, degan umiddamiz.




Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   56




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə