Abdulla Oripov she'riyati to'g'risida Reja



Yüklə 2,39 Mb.
səhifə1/4
tarix29.11.2023
ölçüsü2,39 Mb.
#141743
  1   2   3   4
Abdulla Oripov she\'riyati

Abdulla Oripov she'riyati to'g'risida

Reja:


Abdulla Oripov she'riyati
1
Lirik qahramon ko'ngil holatini ifodalagani
2
Lirik asarda tuyg'u va o'ylar
3

Abdulla Oripov she'riyati to'g'risida


Abdulla Oripov lirikasi orqali o'zbek she'riyatiga ko'ngil dardlarining suvratlari, ruhiy iztiroblar manzarasi, armonga aylangan orzular inson sezimlarida qoldirgan izlar tasviri kirib keldi.

Bu she'riyat yuzaga kelgan davrda shaldiroq so'zlarni qofiyaga solish, baxtiyorlik haqida ko'tarinki, ammo yolg'on satrlar tizish odat edi.


Mavzuni she'r emas, balki she'rni mavzu mukarram qiladi deb hisoblanar, shuning uchun she'rning qanday yozilishidan ko'ra, uning nima haqda ekanligi muhimroq sanalardi.

Abdulla Oripov tuyg'ulari quqshagan o'zbek she'riyatiga o'ychil g'am va g'amga qorishgan o'y olib kirdi. Shoir alohida bir odam va uning dardlari haqida o'yga botdi, qalam surdi. Bu odam shoirning o'zi edi.


Binobarin, bir odam to'g'risida
hayqirish, baqirish noqulay bo'lardi, u haqda pichirlab she'r o'qish lozim edi. Chunki shovqin, baland tovush odamni o'zga odamlardan yiroqlashtiradi, samimiylikdan mahrum etadi.

O’tgan asrning 60 – 70 - yillarida Abdulla Oripov she'riyati o'zbek millatini tuyg'ularning qurib qolishidan saqlab qoldi. Shuning uchun ham shoirni o'zbek she'riyatida o'z davrini yaratgan ijodkor deyish mumkin.


Chunki chinakam iste'dodgina davrning to'siqlari, cheklovlarini yengib o'ta oladi. Har qanday zamon va har qanday sharoitda ham asl iste'dod davridan marhamat kutmaydi, balki unga o'z ta'sirini o'tkazadi.
Abdulla Oripov she'rlaridagi beadad samimiyat, tuyg'ular chinligi kishini beixtiyor o'ziga asir qiladi. Shoir she'rlari kayfiyat va hissiyotning yaxlit obrazlaridir. U inson tuyg'ularini, hissiyotini shu qadar chuqur bilgani va ifoda eta olganidan butun she'r emas, balki ayrim misralarning o'ziyoq she'rxonda muayyan kayfiyat hosil qiladi.

Yüklə 2,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə