Abdulla Oripov she'riyati to'g'risida Reja


Shoir iste'dodi nazarining o'tkirligi, tuyg'ularining nozikligi, hissiyotning teranligigga ko’rinadi



Yüklə 2,39 Mb.
səhifə3/4
tarix29.11.2023
ölçüsü2,39 Mb.
#141743
1   2   3   4
Abdulla Oripov she\'riyati

Shoir iste'dodi nazarining o'tkirligi, tuyg'ularining nozikligi, hissiyotning teranligigga ko’rinadi

Ko'klamda o'rik g'o'ralarini hamma ko'rgan, barcha bolalar, ayniqsa, qizlarning unga ishqibozligi azaldan ma'lum. Ammo faqat chin shoirgina unda hayotni davom ettirish nishonasi borligini ko'ra biladi:


"Dilbar kelinchakning ko'ksida g'ulu Zardoli shoxiga tashlar ko'z qirin".
Sal e'tibor qilgan o'quvchi yosh kelinchaklarning ko'pincha o'rik dovuchchasiga boshqorong'i bo'lishini esiga tushiradi. Har qanday hayotiy hodisada chin san'atga xos belgini ko'ra olish asl shoirlikning belgisidir.

LIRIK QAHRAMON


Lirik asarda tuyg'u va o'ylari tasvirlangan shaxs obrazi Iirik qahramondir. U, ko'pincha, shoirning o'zini anglatadi. Chunki Iirik asarda ishtirok etadigan asosiy timsol shoirning o'zi, she'rda uning o'ylari, sezimlari, tuyg'ulari, kayfiyati namoyon bo'ladi. To'g'ri, Iirik asarlarda ba'zan shoirdan boshqa qahramonlar ham ishtirok etadi
Jumladan, A. Oripovning "Bahor" she'ridan olingan:

"Ravon yo'llar qarshingizda turibdi mushtoq“
Derdi bizga harf o'rgatgan yosh bir muallim"

misralaridagi muallim timsoli fikrimizga dalildir.

Chinakam lirik asarning qahramoni o’ziga xos tabiat, fe’l, kayfiyat, taqdir egasi sifatida namoyon bo’lishi, uning sezim va kechunmalari she’rxonni laqayd qoldirmasligi kerak. Lirik qahramoning quvonchi, g’ami, iztirob-u o’ylari o’zgalarga ta’sir ko’rsata olsagina, u badiiy qiymatga ega bo’ladi. Lirik qahramoni befarq qoldirgan she’r o’quvchining ongiga ham, tuyg’ulariga ham ta’sir ko’rsata olmaydi.


Shu jihatdan qaraladigan bo'lsa, Abdulla Oripovning siz tanishib chiqqan barcha she'rlaridagi lirik qahramonning tuyg'ulari kishiga kuchli ta'sir qilganini ko'rish mumkin.

Shoir she’rlarida o’z shaxsiyatining turli qirralarini namoyon etadi. Ularda aks etgan kechinma va sezimlar chin, ifoda go'zal, badiiy til jozibali bo'lgani uchun lirik qahramon o'quvchini o'ziga tuyg'udosh qilib qo'yadi. Shundan kelib chiqib, kechinma va o'ylari lirik asarda ifoda etilgan va she'rxonni o'ziga tuyg'udosh qila oladigan shaxs timsolini lirik qahramon deyish mumkin.


Yüklə 2,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə