Bolalar to’g’risidagi konvensiya



Yüklə 24,01 Kb.
tarix29.11.2023
ölçüsü24,01 Kb.
#139341
konvensiya.2234


BMTning “Bolalar to’g’risidagi konvensiya”si
Reja:
1 Bola huquqlari to‘g‘risida konvensiya

2. Bola huquqlari to'g'risidagi konventsiyadan foydalangan holda)

3. Bola huquqlari to'g'risidagi konventsiyaning moddalariga asoslani

Bmtning “bola huquqlari to'G'risidagi konvensiya”si


Bola huquqlari toʻgʻrisida konvensiya' — bolalar huquqi toʻgʻrisidagi xalqaro huquq normalari kuchiga ega boʻlgan hamda kelajakka qaratilgan eng toʻla va birinchi hujjat. BMT Bosh Assambleyasi tomonidan 1989-yil 20 noyabrda bir ovozdan qabul qilingan. Konvensiya 1959-yilda qabul qilingan Bola huquqlari deklaratsiyasi qoidalarini rivojlantiradi. Deklaratsiya „Insoniyat oʻzida mavjud boʻlgan eng yaxshi narsalarning hammasini bolalarga berishga majbur“ deb eʼlon qilgan edi. Konvensiya esa ushbu Deklaratsiya va boshqa xalqaro hujjatlardagi bolalar huquqlari toʻgʻrisidagi qonunlarni oʻzida mujassamlashtirgan.Bola huquqlari toʻgʻrisida konvensiya t. k. dunyoning barcha mintaqalaridagi xalklar uchun teng ahamiyatga ega, asosiy maqsadi bolalar manfaatlarini mumkin qadar himoya qilishdan iborat. U muqaddima, 3 qism, 54 moddadan iborat.
Konvensiyaga asosan agar milliy qonunlarda balogʻat yoshi birmuncha erta belgilangan boʻlmasa, 18 yoshga toʻlmagan har qanday shaxs bola hisoblanadi.Bola huquqlari toʻgʻrisida konvensiya t. k. insonning fuqarolik, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquklari yigʻindisidan iborat. U bolalar oʻzining axloqiy, aqliy va ruhiy qobiliyatlarini erkin rivojlantirishi uchun boshqa narsalardan tashqari sogʻligʻi va atrof muhitning xavfsizligi, tibbiy yordamga ega boʻlish va ovqatlanish, kiyim-kechak, turarjoy xususidagi minimal normalar bilan taʼminlanishi zarurligini talab etadi. Konvensiyaga kura, bola oʻzining kamol topishida oʻzi faol ishtirok etish, oʻz fikrini bayon qilish huquqiga ega, bu esa uning hayotiga oid masalalarni hal etishda hisobga olinishini taʼminlaydi. Konvensiya bolaning yashash va sogʻlom rivojlanish huquqiga, farzandlikqa olish bilan boglits huquqqa, noraso bolalar va qochoq bolalar, shuningdek huquqbuzarlik sodir etgan bolalarning huquqlariga oid qoidalarni oʻz ichiga oladi, bolalarga gʻamxoʻrlik qilish va ularni himoya qilishda oila va otaonaning birinchi darajali roli, bolalarga yordam koʻrsatish borasidagi majburiyatini tan oladi.
Bolalarni kamsitmaslik — Konvensiyaning muhim tamoyillaridan hisoblanadi. Bolalar irqi, tanasining rangi, jinsi, tili, dini, siyosiy yoki boshqa eʼtiqodi, millim, etnik yoki ijtimoiy kelib chiqishi, mulkiy holati, sogʻligʻining ahvoli otaonasi yoki qonuniy vasiysi yoxud qandaydir boshqa holatlardan qati nazar, bironbir kamsitishlarsiz oʻz huquqlaridan foydalanishi kerak. Bola huquqlari toʻgʻrisida konvensiya t. k. 1990-yil 2-sentabrda kuchga kirgan. Unga Oʻzbekiston Respublikasi 1992-yil 9 dekabrda qoʻshilgan. Konvensiyani ratifikatsiya qilgan yoki unga qoʻshilgan davlatlar uni bajarish yuzasidan tadbirlar boʻyicha Bola huquqlari qoʻmitasiga muntazam ravishda milliy maʼruzalar yuborib turadi. Oʻzbekiston Respublikasida ushbu Konvensiyani bajarish boʻyicha birinchi milliy maʼruza 1997-yilda tayyorlandi.
Ushbu Konvensiyada ishtirokchi-davlatlar,
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Nizomida e’lon qilingan tamoyillarga muvofiq, jamiyat barcha a’zolarining o‘ziga xos bo‘lgan qadr-qimmati, teng va ajralmas huquqlari yer yuzasida erkinlik, adolat va tinchlikni ta’minlashning asosi ekanligi e’tirof etilganini hisobga olib,
Birlashgan Millatlar Tashkilotining xalqlari Nizomida insonning asosiy huquqlariga, inson shaxsining sha’ni va qadr-qimmatiga bo‘lgan o‘z ishonchlarini tasdiqlaganliklari hamda ijtimoiy taraqqiyot va turmush sharoitlarini yaxshilash borasida ko‘maklashishga ahd qilganliklarini e’tiborga olib,
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi va inson huquqlari to‘g‘risidagi xalqaro hujjatlarda har bir inson mazkur xujjatlarda ko‘rsatib qo‘yilgan huquq hamda erkinliklarga irqi, tana rangi, jinsi, tili, dini, siyosiy yoki boshqa e’tiqodlari, milliy yoki ijtimoiy kelib chiqishi, mulkiy ahvoli, tug‘ilishi yoki boshqa holatlar bilan bog‘liq belgilariga ko‘ra har qanday tafovutdan qat’iy nazar, ega bo‘lishini e’lon qilganligi va rozilik bildirganligini e’tirof etib,
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasida bolalar alohida g‘amxo‘rlik va yordam huquqiga egadirlar, deb e’lon qilganligini eslatib,
jamiyatning asosiy tashkiloti hisoblanmish oila va tibbiy muhitga uning barcha a’zolari, ayniqsa, bolalar o‘sibulg‘ayishlari va farovonlikka ega bo‘lishlari uchun jamiyat doirasidagi majburiyatlarni o‘z zimmasiga to‘liq oladigan bo‘lishiga erishish maqsadida zarur himoya va yordam bilan ta’minlanishi lozim ekanligiga ishonch hosil qilgan holda,
bolaning shaxsi sog‘lom va har tomonlama uyg‘unlashgan holda kamoloti uchun u oila g‘amxo‘rligida, baxt, mehr-muhabbat va ongli tushunish vaziyatida o‘sishi zarurligini e’tirof etib,
bola jamiyatda mustaqil hayotga to‘la tayyorlanishi va Birlashgan Millatlar Tashkiloti Nizomida e’lon qilingan g‘oyalar ruhida, ayniqsa, tinchlik, qadr-qimmat, sabr-toqat, erkinlik, tenglik va birdamlik ruhida tarbiyalanishi lozimligini hisobga olib,
bolani mana shunday alohida himoya qilish zarurligi 1924 yilgi Bola huquqlari Jeneva deklaratsiyasida va 1959 yil 20 noyabrda BMTning Bosh Assambleyasi tomonidan qabul qilingan Bola huquqlari deklaratsiyasida ko‘zda tutilganligini va Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi, Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risida xalqaro paktda (jumladan, 23- va 24-moddalarda), Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar to‘g‘risida xalqaro paktda (jumladan, 10-moddada), shuningdek, ixtisoslashgan muassasalar hamda bolalarning farovonligi masalalari bilan shug‘ullanuvchi xalqaro tashkilotlarning Nizomlari va tegishli xujjatlarida e’tirof etilganligini e’tiborga olib,
Bola huquqlari deklaratsiyasida ko‘rsatib o‘tilganidek, “bola, agar u jismoniy va aqliy jihatdan kamolotga yetishmagan bo‘lsa, maxsus ravishda muhofaza va g‘amxo‘rlikka, binobarin, tug‘ilguncha va tug‘ilgandan keyin ham munosib darajadagi huquqiy himoyaga muhtoj” ekanligini e’tiborga olib,
Ijtimoiy va huquqiy tamoyillar to‘g‘risidagi deklaratsiyaning bolalar himoyasi va farovonligi, ayniqsa, bolalarni milliy va xalqaro darajalarda tarbiyalashga berish hamda asrab olish paytidagi himoyasi va farovonligiga doir qoidalariga, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Balog‘atga yetmagan bolalarga nisbatan odil sudlov yuritishga doir minimal standart qoidalari (“Pekin qoidalari”) va Favqulodda holatlarda va qurolli mojarolar davrida ayollar va bolalarni himoya qilish to‘g‘risidagi deklaratsiya qoidalariga tayanib, jahondagi barcha mamlakatlarda nihoyatda og‘ir sharoitlarda yashayotgan bolalar borligi hamda ular alohida e’tiborga muhtoj ekanliklarini e’tirof etib, bolaning himoya qilinishi va uyg‘un ravishda rivojlanishi uchun har bir xalqning an’analari va madaniy qadriyatlari muhim ahamiyat kasb etishini munosib tarzda hisobga olib, har bir mamlakatda, jumladan, rivojlanayotgan mamlakatlarda bolalarning turmush sharoitlarini yaxshilash uchun xalqaro hamkorlik qilishning muhimligini e’tirof etib, quyidagilar haqida kelishib oldilar. Konvensiyaning aʼzo davlatlar tomonidan bajarilishi ustidan monitoringni BMTning  Bola huquqlari boʻyicha qoʻmitasi amalga oshiradi.



Yüklə 24,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə