1. Soliq solinadigan baza jami daromaddan kelib chiqib, Soliq kodeksining moddalariga muvofiq soliq solishdan ozod qilingan daromadlar chegirilgan holda aniqlanadi



Yüklə 32,29 Kb.
tarix23.12.2023
ölçüsü32,29 Kb.
#156095
test Shaymanov Jamshid


TEST
1.Soliq solinadigan baza jami daromaddan kelib chiqib, Soliq kodeksining ………...moddalariga muvofiq soliq solishdan ozod qilingan daromadlar chegirilgan holda aniqlanadi.
A)176 va 175
B) 177 va 176
C)178 va 179
D) 179 va 180
2. Jismoniy shaxslarning jami daromadiga qaysilar kiradi?
A) mehnatga haq tо‘lash tarzidagi dar
B) mulkiy daromadlar
C) moddiy naf tarzidagi daromadlar
D) barcha javoblar to’g’ri
3. Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i bо‘yicha imtiyozlar necha guruhga bо‘linadi?
A) 6
B) 5
C) 4
D) 3
4. Jismoniy shaxslarning qaysi daromadlariga soliq solinmaydi?
A) moddiy yordam summalari
B) favqulodda holatlar munosabati bilan beriladigan moddiy yordam summalari - tо‘laligicha
C) vafot etgan xodimning oila a’zolariga yoki oila a’zosi vafot etganligi munosabati bilan xodimga beriladigan moddiy yordam summalari - eng kam ish haqining yigirma baravarigacha miqdorda
D) barcha javoblar to’g’ri
5. Soliq solishdan qaysi jismoniy shaxslar tо‘liq ozod qilinadi?
A) hokimiyat va organ xodimlari
B) boquvchisini yo’qotgan oila vakili
C) pedagog va shifokorlar
D) gastrol-konsert faoliyati bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi lisenziyasi bо‘lgan shaxslar - ushbu faoliyatdan olingan daromadlari bо‘yicha
6. Qaysi jismoniy shaxslar soliq solishdan qisman (daromad olingan har bir oy uchun eng kam ish haqining tо‘rt baravari miqdoridagi daromadlar bо‘yicha) ozod qilinadi?
A) prokuratura organlarining daraja unvonlariga ega bо‘lgan xodimlari - ularning xizmat vazifalarini bajarish munosabati bilan olgan daromadlari bо‘yicha
B) xalqaro nohukumat tashkilotlarning mansabdor shaxslari - agar ular О‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bо‘lmasa, ularning ushbu tashkilotlarda olgan daromadlari bо‘yicha
C) xorijiy davlatlar diplomatik vakolatxonalariga, konsullik muassasalariga xizmat kо‘rsatadigan xodimlar tarkibiga kirgan shaxslar, agar ular О‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bо‘lmasa yoki О‘zbekiston Respublikasida doimiy yashamasa, - о‘z xizmati yuzasidan oladigan barcha daromadlari bо‘y
D) Leningrad shahrida 1941 yil 8 sentabrdan 1944 yil 27 yanvargacha qamal davrida ishlagan fuqarolar.
7. Jismoniy shaxslarning quyidagi qaysi belgilangan eng kam stavka bо‘yicha soliq solinadi?
A) Chernobil AESdagi avariya oqibatida jabrlanganlar
B) ) ikki va undan ortiq о‘n olti yoshga tо‘lmagan bolalari bor yolg‘iz onalar
C) ikki va undan ortiq о‘n olti yoshga tо‘lmagan bolalari bor va boquvchisini yо‘qotganlik uchun pensiya olmaydigan beva ayol va beva erkaklar
D) baland tog‘li, chо‘l va suvsiz hududlarda ishlaganlik uchun О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan koeffisiyentlar bо‘yicha qо‘shimcha tо‘lovlar tariqasida olingan daromadlarga
8. Mehnat sharoiti о‘ta zararli va о‘ta og‘ir ishlarda band bо‘lgan ayollarning daromadlaridan olish darajasi necha foizdan oshmasligi lozim?
A) 50
B) 40
C) 30
D) 20
9. 2010 yilda jismoniy shaxslarning daromadlariga solinadigan soliq stavkalari mos ravishda qanday belgilangan?
A) Eng kam ish haqining olti baravarigacha miqdorda daromadning 9%ini
B) Eng kam ish haqining olti baravaridan (+1 sо‘m) о‘n baravarigacha miqdorda daromadning 19%ini
C) Eng kam ish haqining о‘n baravari (+1 sо‘m) va undan yuqori miqdorda daromadning 25%ini
D) Eng kam ish haqining olti baravarigacha miqdorda daromadning 11%ini
10. Soliq kodeksining 155-moddasi uchinchi qismining 9-bandiga muvofiq belgilanadigan xalqaro tashishlarda transport xizmatlari kо‘rsatishdan olinadigan daromadlarga (fraxtdan olinadigan daromadlarga) – necha foiz daromad solig’I solinadi?
A) 7%
B) 6%
C) 5%
D) 4%
11. intellektual mulk obyektlariga bо‘lgan mulkiy huquqlarni boshqa shaxsga о‘tkazganlik uchun mukofot, ijara bо‘yicha daromadlarga hamda ishlarni bajarish, xizmatlar kо‘rsatish bilan bog‘liq bо‘lgan, mehnat shartnomalari (kontraktlari) va fuqarolik-huquqiy tusga ega shartnomalar bо‘yicha olingan boshqa daromadlarga – necha foiz daromad solig’I to’lanadi?
A) 50foiz
B) 40foiz
C) 30foiz
D) 20foiz
12. Soliq davri tugaganidan sо‘ng necha kun ichida davlat soliq xizmati organlariga daromadlar olgan jismoniy shaxslar tо‘g‘risida, asosiy ish joyi bо‘yicha daromadlar olgan jismoniy shaxslar bundan mustasno, О‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qо‘mitasi va О‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilanadigan shaklda ma’lumotnoma taqdim etishi shart?
A) 60
B) 50
C) 40
D) 30
13. Yilning qaysi choragida, hisobot davridan keyingi oyning nechanchi kunidan kechiktirmay, yil yakunlari bо‘yicha esa yillik moliya hisobotini taqdim etish muddatida davlat soliq xizmati organlariga hisoblangan va amalda tо‘langan daromadlar summalari hamda jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ining ushlab qolingan summalari tо‘g‘risidagi ma’lumotlarni О‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qо‘mitasi va О‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilangan shaklda taqdim etishi shart?
A) uchinchi choragida 10-sanadan
B) ikkinchi choragida 15-sanadan
C) birinchi choragida 20-sanadan
D) har choragida; 25-sanadan
14. Donorlik uchun pul mukofotlari, shuningdek qon yiqqanlik uchun tibbiyot muassasalari xodimlari oladigan summalardan nechi foiz daromad solig’I to’lanadi?
A) 5%
B) 6%
C) 7%
D) soliq olinmaydi
15. Xalqaro hamda respublika tanlovlari va musobaqalarida olingan buyum tarzidagi sovrinlarning qiymatidan nechi foizi daromad solig’I sifatida to’lanadi?
A)20%
B)15%
C) 10%
D) soliq olinmaydi
Yüklə 32,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə