Ikkinchi davr – eramizgacha I ming yillikning birinchi yarmi Ilk davlatchilik tuzilmalari san’ati va hunarmandchiligi.
Bu Baqtriya, Sug‘d, Xorazmning tarixiy-madaniy viloyatlari shakllanishi davri bo‘lib, bunda siyosiy hokimiyatning tarmoqlangan tizimli davlatlarning dastlabki shakllarini ko‘rish mumkin. San’atda ikkita yorqin yo‘nalish namoyon bo‘ladi, ulardan biri sug‘oruvchi dehqonchilik, boshqasi ko‘proq ko‘chmanchi va yarim ko‘chmanchi chorvachilik bilan mashg‘ul mintaqalarning rivojlanishi bilan bog‘liq. O‘zbekiston turli viloyatlarida ilk davlatchilik shakllanishiga muvofiq holda madaniyat va san’atning mahalliy xususiyatlari yuzaga kela boshlaydi.
Dostları ilə paylaş: |