Rivojlanish falsafasi bilish nazariyasi


Falsafa qonunlarining asosiy shakllari



Yüklə 25,99 Kb.
səhifə3/5
tarix27.12.2023
ölçüsü25,99 Kb.
#163893
1   2   3   4   5
Rivojlanish falsafasi bilish nazariyasi-fayllar.org

Falsafa qonunlarining asosiy shakllari
Shunday qilib, hozirgi talqindagi dialektika-bu:
a) hodisalarning ularga xos boʼlgan ziddiyatlar vujudga kelishi, oʼzaro taʼsirga kirishishi va yechilishiga muvofiq rivojlanishidan iborat boʼlgan obʼektiv jarayon;
b) tabiat, jamiyat va tafakkurning harakat va rivojlanish universal qonunlari haqidagi falsafiy kontseptsiya; dunyoni bilish va oʼzgartirish metodi. Uning tizimiga kiruvchi rivojlanishning umumiy qonunlarini bilish oʼtmishni anglab etish, hozirgi dunyoda yuz berayotgan jarayonlarni toʼgʼri tushunish va kelajakni bashorat qilish imkonini beradi.
Noklassik dialektika. Soʼnggi yillarda ayrim tadqiqotchilar Gegelь dialektikasi va materialistik dialektikani klassik dialektika sifatida tavsiflab, dialektikaning toʼrtinchi, noklassik shaklini ham farqlamoqdalar. Hozirgi zamon Gʼarb falsafasida dialektikaning koʼrsatilgan shaklining eng muhim elementlari falsafiy mushohada yuritishning unga xos boʼlgan germenevtik usulida namoyon boʼlmoqda. Аmmo bu yerda dialektik metod avvalo mazmunni talqin qilish vositasida aniqlash uchun (P.Riker), shuningdek anglab yetilayotgan obʼektni situtativ tahlil qilish uchun qoʼllaniladi. Аmmo XX asrda dialektikaning bir qancha noklassik kontseptsiyalari vujudga keldi. Ularning qatoriga quyidagilar kiradi:
a) «fojeiy dialektika». Uning muallifi frantsuz faylasufi Raymon Аron (1905-1983) hozirgi zamon dialektikasini tahlil qilib, hozirgi davr jamiyati taraqqiyotdan insoniyat manfaatlarida foydalanishga qodir emas, degan xulosaga keladi;
b) «dialektik teologiya» yoki «inqiroz teologiyasi». ( shveytsariyalik protestant teologi va faylasufi Karl Bart (1886-1968) va nemis-amerika xristian teologi Maulь Tillix (1886-1965)). Bu kreatsionistik taʼlimot dunyoning rivojlanishi zamirida bu dunyoni qandaydir gʼayritabiiy qurilish materiali – materiyadan yaratgan ilohiy substantsiya yotadi, degan gʼoyaga asoslanadi. Shu sababli dunyo «Xudo kabi boqiy» emas, uning boshi va oxiri bor. Аmmo bu yaratilgan dunyo Xudo bilan biron-bir umumiy jihatga ega emas, degan maʼnoni anglatmaydi. Ularning oʼrtasida muayyan oʼxshashlik mavjud boʼlib, u pirovard, yaratilgan narsalarning rivojlanish yoʼllarini tushunib etish imkonini beradi;
v) «salbiy dialektika». (Teodor Аdorno1903-1969 va Jan Polь Sartr 1905-1980). T.Аdorno – nemis faylasufi, sotsiologi, Frankfurt maktabining vakili, koʼp sonli falsafiy asarlar, shu jumladan «Salbiy dialektika» (1966) kitobining muallifi. J.P.Sartr – frantsuz faylasufi va yozuvchisi, ateistik ekzistentsializm vakili. U falsafa muammolariga bagʼishlangan bir qancha asarlar, shu jumladan «Dialektik aql tanqidi» (1960) kitobining muallifi. Uning talqinida dialektika ikki shaklda – «tanqidiy» va «dogmatik» shakllarda mavjud boʼlishi mumkin. Birinchisi «salbiy dialektika»dir.

Yüklə 25,99 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə