Rivojlanish psixologiyasi fanidan oraliq nazorat javoblari



Yüklə 279,09 Kb.
səhifə21/36
tarix17.03.2023
ölçüsü279,09 Kb.
#102763
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   36
Rivojlanish ORALIQ 2

105 TA’LIM PSIXOLOGIYASI
Mavzuning o‘quv maqsadi: Ta’limiy: Talabalarga ta’lim tushunchasining mohiyatini, o‘quv faoliyati va o‘quv motivlari, rivojlantiruvchi ta’limning psixologik asoslari, dars jarayonida o‘quvchilarni boshqarish texnikasi va usullari, kompyuterlashtirilgan ta’limning psixologik jihatlari to‘g‘risidagi bilimlarini rivojlantirish, ularga jamiyatning kelgu- si rivoji va ta’limning o‘zaro bogliqligini tushuntirish va angla- tishdan iborat. Tarbiyaviy: ta’limning shaxs rivojlanishidagi rolini yoshlar on- giga singdirish orqali ularni jamiyatimiz uchun fidokor, bilimdon inson qilib tarbiyalash asos bo‘la olishini uqtirish, talabalarda o‘qituvchi va tarbiyachiga xos kasbiy va shaxsiy sifatlarni tarbi- yalashdir. Rivojlantiruvchi: Talabalarda ta’limning samarador usullarini egallash va undan oqilona foydalana olish ko‘nikma, malakala- rini shakllantirish orqali shaxsini rivojlantirish. Tayanch tushunchalar: ta’lim, o'qish, o‘rganish, rivojlantiruvchi ta’lim, kompyuterlashtirilgan ta’lim. 21.1. 0 ‘quv faoliyati Insonning hayotiy tajribalarni bilimlar, ko‘nikmalar va malakalar tariqasida o‘zlashtirishiga aloqador bolgan bir necha tushunchalar mavjud. Bu o‘quv faoliyati, ta’lim, o‘qish va o‘rganishdir. Bunday faoliyat kishiga shu jumladan bolaga ham atrof-muhit- ga moslashish, o‘zining asosiy ehtiyojlari, shuningdek, aqliy o‘sish va shaxsiy rivojlanish ehtiyojlarini qondirish imkonini beradi.0 ‘quv faoliyati inson yangi bilim, ko‘nikma va malakalar egal- laydigan, yoki mavjudlarini o'zgartiradigan, o‘z qobiliyatlarini rivoj- lantiradigan, takomillashtiradigan jarayondir. 0 ‘quv faoliyati shunday faoliyatki, unda shaxsning psixik jarayonlari shakllanadi va rivojlanadi, uning asosida yangi faoliyat- lar yuzaga keladi. 0 ‘quv faoliyati insonning butun hayoti davomida namoyon bo‘luvchi uzluksiz jarayondir. Ta’lim o'qituvchi va o‘quvchining birgalikdagi o‘quv faoliyatidan iborat bolib, bilim, ko'nikma va malakalarni uzatish jarayonidir, hayotiy tajribani o‘qituvchidan o'quvchiga uzatishdir. Ta’lim haqida gapirilganda o‘qituvchining ta’lim jarayonidagi maxsus funksiyalariga e’tibor qaratiladi. 0 ‘qish ham o‘quv faoliyatiga taalluqli bolib, lekin ko‘proq bu tushuncha ishlatilganda o‘quv faoliyatida o'quvchiga tegishli faoliyat nazarda tutiladi0 ‘qish — bunda bilim, ko‘nikma va malakalarni egallash uchun qobiliyatlarni rivojlantirishga qaratilgan o'quvchi tomonidan amalga oshiriladigan o‘quv harakatlari nazarda tutiladi.Yuqorida ko‘rib o‘tilgan uch tushuncha ham o‘quv faoliyati mazmuniga taalluqlidir. 0 ‘qishning natijasi haqida gapirilganda o'rganish tushunchasidan foydalaniladi. 0 ‘rganish insonning o‘quv faoliyati natijasida yangi psixologik sifat va xususiyatlarni o‘zlashtirganligini bildiradi. Etimiologik jihatdan bu tushuncha «o‘rganmoq» tushunchasidan kelib chiqqan bolib, indi- vidning ta’lim va o‘qish natijasida o‘rganishi mumkin bolgan barcha narsalarni o‘z ichiga oladi. 0 ‘quv faoliyatini o‘qituvchi va o‘quvchining o‘zaro ta’siriga asoslangan o‘quv-bilish jarayoni sifatida turli tomondan tav- siflaganda, biz to‘rt tushunchadan ham foydalanamiz, 0‘qituv- chi va o‘quvchi ta’sirining qaysi jihati nazarda tutilayotganligiga bogliq ravishda biriga urg‘u beramiz. Dastlab o‘rganish haqidagi masalasiga to‘xtalamiz. Rivojlanish bilan bog‘liq barcha narsani o‘rganish deb ay- tish mumkin emasligini ta’kidlash joiz. Masalan, unga organizmning biologik jihatdan yetilish jarayonlarini kiritish mumkin emas. Chunki organizmning biologik jihatdan yetilishi ta’lim va o‘rganishga bogliq emas. Lekin o‘rganish deb ataladigan barcha jarayonlar yetilishga umuman bogliq emas deb bolmaydi. Bu barcha olimlar tomonidan tan olingan. Lekin rivojlanish qay darajada yetilish bilan bogliqligini aniqlash muhim. 0 ‘rganish doimo ma’lum darajada organizmning biologik yetilishiga taya- nadi. Masalan, bolaga bosh miyadagi nutq uchun javob beradi- gan bolimlar yetilmaguncha gapirishni o'rgatib bolmaydi. Bu ikki jarayon o‘rtasida teskari aloqa ham mavjud: ta’lim va o‘qish organizmning yetilishiga ham ma’lum ma’noda ta’sir ko‘rsatadi. Insonda bir necha o‘rganish turlari mavjud. Ulardan birinchisi — imprinting mexanizmi bo‘yicha 0‘rganish, ya’ni tez, avtomatik ravishda o‘rganishdir. 0 ‘rganishning bu turi markaziy nerv sistemasi rivojlangan hayvonlarda ham mavjud. Masalan, o‘rdakchalar tugllishi bilan ona o‘rdakning yu- rishini ko‘rib orqasidan ergashib yura boshlaydilar. Chaqaloq- larda so‘rish reflekslari mavjud boladi. I.P.Pavlov davridan beri xulq-atvorning bunday shakllari shartsiz reflekslar deb atalgan, ularni ko‘proq «instinkt» deb atash to‘g‘riroq bolur edi. 0 ‘rganishning ikkinchi turi — shartli reflektor o‘rganish. Bu bo‘yicha ham tadqiqotlarni dastlab I.P.Pavlov olib borgan. 0 ‘rganishning bu turi dastlabki neytral qo‘zg‘atuvchiga shartli reaksiyalar sifatida xulq-atvorning yangi shakllari vujudga kelishi- ni nazarda tutadi. Organizmning shartli reflektor reaksiyalarini tug‘diradigan stimullar qabul qilinishi lozim. Masalan, «limon» so‘zini aytishimiz bilan ko‘z oldimizga sariq rangli, nordon ta’mli meva keladi. 0 ‘rganishning uchinchi turi operant o‘rganishdir. Bunday o‘rganish turida bilim, ko‘nikma va malakalar «Sinab ko‘rish va xato qilish» metodi orqali o‘rganiladi. Individ duch keladi- gan vaziyatlar unda turli instinktiv, shartsiz, shartli reaksiyalarni vujudga keltiradi. Organizm ketma-ket amalda masalani yechish uchun har birini sinab ko‘radi va bunda avtomatik ravishda eri- shilgan natijani baholaydi. Eng yaxshi natijaga olib kelgan reak- siya, vujudga kelgan vaziyatda organizmning qulay moslashishini ta’minlagani boshqalaridan ajralib chiqadi va tajribada mustah- kamlanadi. Mana shu «Sinab ko‘rish va xato qilish» metodi orqali o‘rganishdir. Yuqorida tavsiflangan o‘rganish turlari hayvonlarda ham, in- sonlarda ham uchraydi. Lekin insonlarda o‘rganishning maxsus, oliy turlari mavjud. Bu birinchidan, boshqa odamlar xulq-atvorini to‘g‘ridan to‘g‘ri kuzatish orqali o‘rganish bo‘lib, unda inson kuzatilayot- gan xulq-atvor shakllarini o‘zlashtiradi.

Yüklə 279,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə