Rivojlanishning hozirgi bosqichida yer huquqining nazariy muammolari qanday masalalarni o‘z ichiga qamrab oladi?



Yüklə 206 Kb.
səhifə2/7
tarix28.11.2023
ölçüsü206 Kb.
#136285
1   2   3   4   5   6   7
yer munosabatlarini tartibga solish

Yer qonunchiligini rivojlanish tarixi necha bosqichni o‘z ichiga oladi? Yer jamiyat rivojlanishining qadimiy davrlaridan boshlab, yer munosabatlarining moddiy asosi va mulkchilikning asosiy manbai vazifasini bajarib kelmoqda. Yerlarni samarali foydalanishga moslash ishlari juda qadim zamonlardan boshlangan bo‘lib, u davrlarda bu ishlar tasodifiy xaraktyerga ega bo‘lgan va asosan yerlarni foydalanish maqsadlariga qarab chegaralash ishlari olib borilgan. Masalan: qabilalar o‘zlari foydalanadigan yerlarni dehqonchilik, chorvachilik va ov qilish maqsadlari uchun bo‘lishgan. Keyinchalik yerga mulkchilik munosabatlari paydo bo‘lgandan keyin, bu ishlar yerlarni aniq maqsadlar bo‘yicha taqsimlashga, ularni mulkdorlar va yerdan foydalanuvchilar manfaatlari bo‘yicha tashkil etishga aylandi.

  • O‘zbekiston Respublikasi “Fermer xo‘jaligi tug‘risida” qonuni qachon qabul qilingan va maqsad vazifalari? O‘zbekiston Respublikasining qonuni “Fermer xo’jaligi to‘g‘risida» (2004 yil 26 avgust); ya’ni qishloq xo‘jaligi uchun mo‘ljallangan yerlardan foydalanish huquqining subyektlari jismoniy va yuridik shaxslar bo‘lishlari mumkin. Amaldagi yer qonunchiligiga binoan yerdan foydalanuvchilar ularga berilgan yerdan faqat qonunda ko‘rsatilgan maqsaddagina foydalanishlari mumkin. Masalan, fermer xo‘jaligi o‘ziga berilgan yerdan asosan qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishni tashkil etish maqsadidagina foydalanishga xaqli.

    Tuzuvchi _____ T. Teshayev
    _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ __ _ _ _ _ _ _ __ _ _ _ _ _ _ __ _ _ _ _ _ _ __ _ _ _ _ _ _ __ _ _ _
    BILET-3



    1. Respublikamizda yerga nisbatan xususiy mulk huquqini rivojlanishi masalasida o‘z fikringizni bildiring? Yerga nisbatan xususiy mulk huquqi xususida fikr yuritganda - mulk huquqining quyidagi xususiyatlari xisobga olinishi kerak: - mulk huquqi mulkdorda qonunchilik hujjatlari asosida yuzaga keladi; - mulkdorda mulkga nisbatan mutloq xo‘jalik huquqi mavjud; - mulkdorga ma’lum huquqlar bilan bir qatorda majburiyatlar ham yuklanadi. So‘ngi paytlarda yer uchastkalari xususiy mulk maqomiga ega bo‘layotganligi sababli sohadagi munosabatlarda fuqarolik huquqining yetakchilik qilayotgani, yer uchastkalariga nisbatan xususiy mulk huquqi joriy etilgan sharoitda bunday yondashuv munozaralidir. Davlat yer uchastkalari fuqarolar va Yuridik shaxslarga qanday shaklda tegishli bo‘lishidan qatiy nazar (ular xususiy yoki davlat mulkchiligida ekanligiga qaramay) ma’muriy-hududiy boshqaruvni amalga oshirish orqali ularga ta’sir o‘tkazadi.

    2. O‘zbekistonda xususiy mulk masalasi Yer qonunchiligida qanday yoritilgan? Meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi asosida yer uchastkasidan foydalanadigan jismoniy shaxslarda ushbu yerga nisbatan egalik va foydalanish huquqi bo‘ladi. Tasarruf qilish huquqi davlatda saqlanib qoladi. SHuning uchun bu toifa yerlarga nisbatan xususiy mulk huquqi tom ma’noda joriy qilingan deb bo‘lmaydi. Servitutni belgilash yer uchastkasi foydalanuvchisini, ijarachisini, meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qiluvchisini, xususiy mulkdorini bu yer uchastkasiga bo‘lgan huquqdan mahrum qilmaydi. Yerlarni xususiylashtirish – jismoniy shaxslar va nodavlat yuridik shaxslar tomonidan yer uchastkalarini davlatdan xususiy mulk qilib sotib olish;

    3. Yerga nisbatan mulk huquqi obyektlari va subyektlarini sanab o‘ting? Yer O‘zbekistonda davlat mulk huquqining ob’ekti bo‘lib hisoblansada, ayrim xollarda pul qiymatiga ega bo‘lgan tovar sifatida ham qaralishi mumkin. Yer qonunchiligida yerning ayrim uchastkalari sotilishi, ijaraga berilishi, meros qilib qoldirilishi va garovga qo‘yilishi aks ettirilgan. Yer munosabatlarining subyektlari sifatida esa aniq yer uchastkasiga nisbatan ma’lum huquq va majburiyatlarga ega bo‘lgan yuridik yoki jismoniy shaxslar qabul qilinadi. Yer huquqining yerga oid munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan impyerativ va dispozitiv usullari mavjud.

    4. O‘zbekiston Respublikasi “Davlat yer kadastri tug‘risida” qonunining maqsad vazifalar. Davlat yer kadastriga tegishli barcha munosabatlar 1998 yil 28 avgustda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining «Davlat yer kadastri to‘g‘risida»gi qonuni va boshqa bir qator qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi. O‘zbekiston Respublikasining «Davlat yer kadastri to‘g‘risida»gi qonunining 3-moddasiga binoan davlat yer kadastri davlat kadastrlari yagona tizimining asosiy tarkibiy qismi hisoblanib, u yerlarning tabiiy, xo‘jalik, huquqiy rejimi, ularning toifalari, sifat xususiyatlari va qimmati, yer uchastkalarining o‘rni va o‘lchamlari, ularni yer egalariga, yerdan foydalanuvchilar, ijarachilar va mulkdorlar o‘rtasida taqsimoti to‘g‘risidagi ma’lumotlar hamda hujjatlar tizimidan iboratdir..

    5. Tuzuvchi _____ T. Teshayev

    _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ __ _ _ _ _ _ _ __ _ _ _ _ _ _ __ _ _ _ _ _ _ __ _ _ _ _ _ _ __ _ _ _



    Yüklə 206 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   2   3   4   5   6   7




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

        Ana səhifə