Rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi amudaryo tuman kasb-hunar maktabi



Yüklə 7,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə164/295
tarix05.10.2023
ölçüsü7,05 Mb.
#125524
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   295
Informatika To\'plam12

Belgili ma’lumotlar. Har qanday belgili ma’lumotning qiymati ixtiyoriy 
uzunlikdagi alifbo – raqamli belgilar majmuidan iborat masalalan, «5», «Vatan», 
«10+25», …). Ma’lumotlarni bunday ifodalash eng ko‘p tarqalgan. Belgili 
ma’lumotning qiymati «1055» gat eng bo‘lsa, mashina bu qiymatni osongina 
songa aylantirib olishi ham mumkin.
Ko‘pgina tizimlarda belgili ma’lumotning uzunligi 255 belgi bilan 
chegaralangan. Lekin ishlab chiqarish texnologiyasining rivojlanishi axborotlar 
tizimi yaratuvchilariga keng imkoniyatlar ochib bermoqda. Hozirgi paytda ikki 
o‘lchamli jadvallardan, ba’zi tizimlarda belgili ma’lumot qiymati sifatida uzunligi 
30 yoki 40 belgi bo‘lgan biror turdagi fayl nomini yozish imkoniyatlari mavjud.
Bu nom orqali ixtiyoriy uzunlikdagi obyektning biografiyasining o‘z ichiga olgan 
matnli fayl yoki obyektning fotosuratini ko‘rsatuvchi grafik fayl ochish mumkin.
Bundan tashqari hozirgi zamon tizimlarida belgili ma’lumot sifatida ixtiyoriy 
tuzilish va uzunlikdagi (shu jumladan, tasvir va ovoz) obyektlar saqlanishi mumkin.
Sonli ma’lumotlar. Bunday turdagi ma’lumotlarga faqat sonlar misol bo‘ladi. 
Axborotlar tizimi foydalanuvchilari uchun bunday ma’lumotlar faqat o‘lchami 
(raqamlar soni) va uning aniqligi (nuqtadan keyingi raqamlar soni)ning ahamiyati 
katta.
Mantiqiy ma’lumotlar. Bu turdagi ma’lumotlar (ba’zida bunday ma’lumotlar 
Bul qiymatlari deyiladi) bir-birini inkor qiluvchi TRUE (rost) «1» yoki FALSE 
(yolg‘on) «0» qiymatlarni qabul qiladi.
Ulardan tizimda ko‘zda tutilgan maqsadni amalga oshirish uchun biror 
obyektning holatini ko‘rsatishda foydalanish mumkin. Masalan, «lampa yoniq» 


(TRUE) 
yoki 
«lampa 
o‘chirilgan» 
(FALSE). 
Mantiqiy 
ma’lumotlarning 
informatikadagi ahamiyati beqiyos ekanligini informatika kursidan yaxshi bilasiz.
Oldingi mavzulardan birida o‘quvchilar haqidagi ma’lumotlarni saqlovchi 
telefon ma’lumotnomasi jadvali berilgan edi. Lekin kundalik hayotda ancha 
murakkab tuzilishga ega bo‘lgan ma’lumotlar ombori bilan ish ko‘rish to‘g‘ri 
keladi. Berilgan axborotning mazmuni va undagi ma’lumotlarga ko‘ra ular turli 
ko‘rinishlarda ifodalanishi mumkin.
Ma’lumotlarni uch xil ko‘rinishda ifodalash mumkin: iyerarxik (shajaraviy), 
tarmoqli va relyatsion (jadvalli).
Bu turlarning har birini alohida ko‘rib chiqamiz.
Iyerarxik tizim jadvallardan tashkil topgan bo‘lib, unda axborotni izlash 
jarayoni oldindan berilgan tartibda «ko‘rib» chiqiladi. Iyerarxik tizimda 
elementlarni joylashtirishda dasturlashgan tartib mavjud. Har bir guruhda biror 
element asosiy, qolganlari unga nisbatan ikkinchi darajali xususiyatga ega bo‘ladi. 
Kerakli elementni tanlashi ma’lum ketma-ketlikda olib boriladi.
Ma’lumotlarning daraxtsimon joylashishiga ma’lumotlarning iyerarxik 

Yüklə 7,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   295




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə