Rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi amudaryo tuman kasb-hunar maktabi



Yüklə 7,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə176/295
tarix05.10.2023
ölçüsü7,05 Mb.
#125524
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   295
Informatika To\'plam12

Nazorat savollari: 
1.
 
Algoritmik til deganda nimani tushunasi.
2.
 
Dasturlash tillari tarixi haqida nimqalarni bilasiz?
3.
 
Til alifbosi deganda nimani tushunasiz.
22-ma’ruza 
“Raqamli soat hosil qilish” loyihasi Timer komponenti 
Reja: 
1.
 
Ma’lumotlarni kiritish operatorlari 
2. Ma’lumotlarni chiqarish operatorlari 
Biror bir masalani yechishning chiziqli bo’lgan algoritmiga dastur tuzishda 
algoritmdagi keltirilgan ketma-ketliklar asosida operatorlar yoziladi. Bunday 
dasturlarni tuzushda asosan o’zgaruvchilar qiymatini kiritish, natijalarni chiqarish 
va shu bilan birga o’zlashtirish operatorlari ishlatiladi.
Dasturdagi o’zgaruvchilar qiymatlarini dastur ichida o’zlashtirish operatori 
yordamida ham berish mumkin. Lekin dasturda o’zgaruvchi qiymatini tashqaridan 
kiritish qulaylik tug’diradi va umumiylikni ta’minlaydi.
Read operatori o’zgaruvchilar qiymatlarini ekrandan kompyuter xotirasiga 
kiritish uchun ishlatiladi. U quyidagi ko’rinishlarga ega. 
Read(c1,c2,...,cn); 
Readln(c1,c2,...,cn); 
Readln; 
bu yerda c1,c2,...,cn - o’zgaruvchilar nomi; ln - qo’shimchasi qiymatni kiritib 
keyingi qatorga o’tishni bildiradi. 
Misollar: Read(Sm1,Sm2); 
Readln(x1,x2,x3); 
Readln; 
Bu yerda birinchi operator Sm1 va Sm2 o’zgaruvchilar qiymatini ekrandan 
kiritadi. Ikkinchi operator esa x1,x2,x3 o’zgaruvchilar qiymatini ekrandan kiritadi 


va kiritishni keyingi qatorga o’tkazadi. Oxirgi operator esa kiritishni kutadi va qator 
o’tkazadi. 
 
Write operatori oddiy ma’lumotlarni va o’zgaruvchilar qiymatlarini 
kompyuter ekraniga chiqarish uchun ishlatiladi. U quyidagi ko’rinishlarga ega. 
Write(c1,c2,...,cn); 
Writeln(c1,c2,...,cn); 
Writeln; 
bu yerda c1,c2,...,cn - oddiy matnlar yoki o’zgaruvchilar nomi; ln - qo’shimchasi 
chiqarishni keyingi qatorga o’tishni bildiradi. 
Misollar: Write(Summa); 
Write(‘Natija yuk’); 
Write(‘Tenglama yechimi x1=’, x1, ’x2=’, x2); 
Oddiy ma’lumotlarni chiqarishda ular matn deb qaraladi va u qo’shtirnoq 
ichida yoziladi. CHiqarish operatori yordamida o’zgaruvchilar qiymatini format 
ko’rinishda ham berish mumkin:
Write(c:m:n); 
bu yerda s-o’zgaruvchi; m-shu o’zgaruvchi qiymati uzunligi; n-qiymatning kasr 
qismi va unda n-1Misol. Write(x:8:4);
Agar x=155.01021 bo’lsa, quyidagi yozuv chiqadi 115.0102. 
Write(‘Maxsulot soni:’, kol:5); 
Agar kol=15 bo’lsa, quyidagi yozuv ekranga chiqadi, 
Maxsulot soni: 15 
Dastur matnini tushuntirish maqsadida ko’pincha dasturda izohlar 
keltiriladi. Dasturda izohlar istalgan joyda berilishi mumkin. Izoh katta qavs ichida 
yoziladi. 


Masalan: { Bu matn dasturga izoh beradi } 
{ Bu joyda yechim aniqlanmoqda } 
Dasturda ma’lum hisoblashlarning natijalarini biror bir o’zgaruvchida 
saqlash uchun o’zlashtirish (yuborish) operatori ishlatilib, u «:=» belgisi yordamida 
qiymat yuborilishi kerak bo’lgan o’zgaruvchidan keyin qo’yiladi. 
Masalan: i:=0; i-qiymati nolga tenglashadi, ya’ni i o’zgaruvchiga nol 
yuboriladi deb tushuniladi. Bunda mashina i o’zgaruvchi uchun ajratilgan 
xotirasiga nol yozib saqlaydi. 
Misol: B:=5; C:=4; A:=(B+C)/2; 
Bu yerda, agar A butun identifikator bo’lsa, uning qiymati 4 ga, aks holda 
esa 4.5 qiymatga ega bo’ladi. 
CHiziqli strukturali algoritmlarni dastur shaklida yozish uchun oldin 
ishlatiladigan o’zgaruvchilar ruyxati keltirilib, keyin algoritmdagi bajarilishlar 
ketma-ket ravishda amalga oshirilishi kerak. 
Misol: Tekislikdagi ikki nuqta orasidagi masofani topish dasturi. 

Yüklə 7,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   295




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə