Rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi amudaryo tuman kasb-hunar maktabi


Edit, Memo matn komponentlari va Button tugmachasi



Yüklə 7,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə175/295
tarix05.10.2023
ölçüsü7,05 Mb.
#125524
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   295
Informatika To\'plam12

Edit, Memo matn komponentlari va Button tugmachasi 
 
Label belgisi. 
Belgi tushuntirishlar, nomlar, mavzular va boshqa har xil 
turdagi matnli ma’lumotlarni ekranga joylashtirish uchun ishlatiladi. Belgi uchun 
Caption asosiy xossalardan biri bo’lib, unda ekranga chiqariladigan matn 
joylashadi.
Matnni ekranga joylash uchun Delphining Standart palitrasidan (uskunalar 
panelidan) “A” piktogrammasi belgilanib forma ustiga kelinadi va sichqoncha 
tugmachasini bosgan holda matn joylashtirilishi lozim bo’lgan joy ajratiladi. 
Natijada Label1 matn maydoni hosil qilinadi va Caption xossasiga kirilib kerakli 
matn teriladi. 
Matnga ishlov berish uchun (masalan, kattalashtirish yoki kichiklaytirish; 
kursiv yoki qalin qilish va boshqa) ya’ni unga o’zgartirish kiritish uchun kerakli 
xossa tanlanib ular o’zgartiriladi. Maslan, kiritilgan matnni kattalashtirish yoki 
kichirtish uchun oldin matn maydoni ajratilib, keyin Font xossasiga kiriladi va 
muloqot darchasidan shrift, uning o’lchami va rangi tanlanib Ok tugmasi bosiladi. 
 
Label
komponentasi nafaqat ma’lumotlarni ekranga joylash-tirish uchun 
xizmat qiladi, balki dastur natijalarini chiqarishda ham ishlatish mumkin. buning 
uchun dasturda label5.caption:='dastur natijasi'; buyrug’i berilishi kerak. 
Edit kiritish qatori. Edit kiritish qatori matnni bir qatordan kiritish va uni tahrirlash 
uchun ishlatiladi. 
Matn kiritish qatorini ekranga joylash uchun Delphining Standart palitrasi 
(uskunalar paneli) dan “ab” piktogrammasi belgilanib forma ustiga kelinadi va 
sichqoncha tugmachasini bosgan holda matn kiritilishi lozim bo’lgan joy ajratiladi. 
Natijada Edit1 matn kiritish maydoni hosil qilinadi. Matnni kiritish dastur ishchi 
holatiga o’tilganda bajariladi. 
Matn qatoriga kiritilgan ma’lumot faqat matn, ya’ni String (qator) bo’lib 
hisoblanadi. Edit kiritish qatorida kiritilgan ma’lumotni dasturda o’qib va uni 
raqamga o’tkazish uchun ko’p hollarda Val funksiyasidan foydalaniladi. Bu 
funksiya Turbo Paskalda quyilagicha yoziladi. Val(Edit1.Text,a,cod) - bu erda a: 
Real; - o’zgaruchisi bo’lib, Edit1.Text maydonidagi ma’lumotni raqam qilib 
o’zlashtiradi. cod: Integer; deb e’lon qilinadi. 



Yüklə 7,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   295




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə