Rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi amudaryo tuman kasb-hunar maktabi



Yüklə 7,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə227/295
tarix05.10.2023
ölçüsü7,05 Mb.
#125524
1   ...   223   224   225   226   227   228   229   230   ...   295
Informatika To\'plam12

Nazorat savollari 
1.
Ma’lumot turlari haqida nimalarni bilasiz. 
2.
Satrli operatorlar qo’llanilish sohalarini ayting 
3.
Unar va binary amallar haqida gapirib bering. 
 
47-ma’ruza 
Funksiyalar. Massivlar 
 
Reja: 
3.
Funksiyalar. 
4.
Massivlar 
Ko’p hollarda jadval yoki matritsalar ko’rinishidagi ma’lumotlar bilan ish 
yuritish kerak bo’ladi. Jadvalda ma’lumotlar juda ko’p bo’lgani sabab, ularning 
har bir yacheykasidagi sonni mos ravishda bitta o’zgaruvchiga qiymat qilib 
berilsa ular ustida ish bajarish ancha noqulayliklarga olib keladi. Shu sabab 
dasturlashda bunday muammolar massivlarni ishlatish yordamida hal qilinadi.
Massiv - bu bir nom bilan belgilangan qiymatlar guruhi yoki jadvaldir. 
Massivning har bir elementi massiv nomidan so’ng o’rta qavs ichiga olingan raqam 
va arifmetik ifoda yozish bilan belgilanadi. Qavs ichidagi raqam massiv indeksini 
belgilaydi. Vektorni bir o’lchovli massiv, matritsani ikki o’lchovli massiv deb qarash 
mumkin.
Bir o’lchovli massivda uning har bir elementi o’zining joylashgan o’rin 
nomeri bilan aniqlanadi va nomeri qavs ichida indeks bilan yoziladi. Ikki o’lchovli 
massiv elementi o’zi joylashgan satr va ustun nomerlari yordamida aniqlanadi. 
Shu sabab ikki o’lchamli massiv elementi ikkita indeks orqali yoziladi. Masalan: 
A[i,j] bu yerda i-satr nomeri j-ustun nomerini bildiradi.
Massivni e’lon qilish dasturning bosh qismida berilib, uning yozilishi 
umumiy holda quyidagicha bo’ladi: 
 
 
:Array[o’lcham] of ;


Masalan: 
A,B:Array[1..100] of real; 
C,A1,D:Array[1..10,1,,15] of real; 
Bu yerda A va B massivlari 100tadan elementga ega. C,A1,D1 massivlari esa 
10x15=150 tadan elementga ega. 
Massivlarni e’lon qilishdan maqsad massiv elementlari uchun kompyuter 
xotirasidan joy ajratishdir. 
Massiv elementlari qiymatlarini kiritish uchun sikl operatorlaridan 
foydalaniladi. 
Misol: For i:=1 to 10 do Read(A[i]); 
Bu misolda A massivning 10 ta elementi qiymatini ekrandan ketma-ket 
kiritish kerak bo’ladi. Хuddi shunday massiv qiymatlarini ekranga chiqarish ham 
mumkin. 
Misol: For i:=1 to 10 do Write(A[i]); 
Dasturda massiv elementlarini ishlatganda ularning indeksi e’lon qilingan 
chegaradan chiqib ketmasligi kerak. 

Yüklə 7,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   223   224   225   226   227   228   229   230   ...   295




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə