Rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi amudaryo tuman kasb-hunar maktabi



Yüklə 7,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə195/295
tarix05.10.2023
ölçüsü7,05 Mb.
#125524
1   ...   191   192   193   194   195   196   197   198   ...   295
Informatika To\'plam12

Kichik nashriyot
deganda, shaxsiy kompyuter dasturiy texnik vositalari 
hamda turli- tuman chop qiluvchi va boshqa qo’shimcha qurilmalar orqali
bosma mahsulotlar tayyorlash jarayoni tushuniladi. Bunda bo’lajak bosma 
mahsulotlar tayyorlanib, bu matnni terish, tekshirish va tahrirlashdan to 
maketlashgacha bo’lgan bosqichlarni o’z ichiga oladi. Keyinchalik maket lazer 
printerda bitta asl nusqada chop etib olinadi va undan so’ng tayyorlangan 
hujjatning maketi rizograf deb nomlanuvchi maxsus qurilma yordamida 
ko’paytiriladi. Kichik nashriyot bulardan tashqari muqovalovchi, broshyuralovchi 
va kesuvchi qurilmalar bilan ham ta'minlangan. 
Sifatli va asl maketlarni tayyorlash uchun bir qancha turdagi nashriyot 
tizimlaridan foydalanadi.
Ularga misol qilib
Page Maker, Ventura Publisher, Post Script, QuarkXPress, 
TEX, LATEX
nashriyot tizimlarini keltirishimiz mumkin.
Shulardan biri va keng miqyosda ishlatiladigani Page Maker dasturlar paketi 
kitoblar matnini terish, taxrirlash, ko’rib chiqish va chop qilishda juda qulay 
vosita hisoblanadi. 
Ventura Publisher
Ventura Publisher esa gazeta- jurnallar matnini terish va chop etishga 
mo’ljallangan. Uning yordamida matnni sahifalarga bo’lish, matn bo’laklarini
zarur joylarga joylashtirish (Komponovka) va shunga o’xshash ushbu sohada
ko’plab ishlatiladigan amallarni tez va q ulay amalga oshirishi mumkin. Turli 
formulali matnlarni (masalan, matematika, fizika, ximiya fanlariga oid)
tayorlashda TEX va uning keyingi versiyalari bo’lgan LATEX tahrirlovchi 
dasturlardan keng miqyosda foydalaniladi. 
Page Maker dasturi
Page Maker Aldus Corporation firmasi tomonidan yaratilgan 
keng imkoniyatli va qulay dasturdir. Uning ishlashi Microsoft Windows operasion 
sistemasining to’liq versiyasi bo’lishini talab qiladi. Page Maker dasturi fayl va 
kataloglar bilan ishlaydi. Fayl nomi esa .
pub 
kegaytmasi yordamida yoziladi. 
Shuni ham aytib o’tish kerakki, nashriyot tizimlarining asosiy vazifasi nashrni
tayyorlashda tez takrorlanuvchi amallarni iloji boricha ko’proq darajada 
avtomatlashtirishdir.


Ularning afzalligi esa nashr sahifasi va uning umumiy ko’rinishini tayyorlashdagi 
qulaylik hamda o’zgartirishlar kiritishning osonligi va vaqt tejalishidir. Nashr 
sahifasining umumiy ko’rinishini tayyorlashda xususiy kompyuterdan foydalanish 
maqsadga muvofiqdir. Asl nusxa maketini bosib chiqarish uchun esa lazerli yoki 
post skript printeridan foydalanish ma'quldir. Matn va suratlar kompyuter 
xotirasiga oldindan kiritilishi lozim. Nashr asosiy elementlarini kompyuterda
sarlashning asosiy afzalligi shundaki, matnni to’g’ridan-to’g’ri harf terish 
qurilmasiga berish mumkin, shunda matn bilan suratlarni mos joylarga qo’lda
joylashtirishga ehtiyoj qolmaydi. 

Yüklə 7,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   191   192   193   194   195   196   197   198   ...   295




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə