Rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi amudaryo tuman kasb-hunar maktabi


SplnEdit boshqarish obyekti va uning xossalari



Yüklə 7,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə191/295
tarix05.10.2023
ölçüsü7,05 Mb.
#125524
1   ...   187   188   189   190   191   192   193   194   ...   295
Informatika To\'plam12

3. SplnEdit boshqarish obyekti va uning xossalari.
Oldingi ilovalarda sonli 
kattaliklarni kiritish uchun Edit obyektidan foydalangan edik, Undan 
foydalanganimizda kiritilgan kattalikni matn satri turidan butun son turiga 
o'tkazishga to'g'ri kelgan edi. Agar unga sonni kiritishda xatoga yo'l qo'yilsa, 
masalan, 3 o'rniga uch ni kiritsak, ilova o'z ishini to'xtatib, xato to'g'risida xabar 
chiqaradi. 
SpinEdit (sonni kiritish maydonchasi) obyekti butun sonlarni kiritish uchun 
mo'ljallangan, Unda awaldan belgilab qo'yilgan oraliqdagi butun sonni kiritish 
imkoniyati mavjud. Bu ilovalar uchun juda qulay. Yuqoridagi rasmda bu 
obyektlardan ikkitasi yashil hoshiyaga olingan. 
SpinEdit obyekti obyektlar panelining Samples (Namunalar) jildida joylashgan. 
Bu jild ekranda ko'rinmaydi. Uni ko'rish uchun jildlar ro'yxati oxiridagi 
uchburchak ko'rinishidagi tugmalardan ikkinchisini bir necha marta bosish kerak: 
SpinEdit da sonni bevosita uning kiritish maydonchasiga kiritish mumkin. 
Undagi sonni kiritish maydonchasining o'ng tomonidagi ikki tugma yordamida 
awaldan belgilangaii qadam bilan kamaytirish yoki oshirish mumkin. 
SpinEdit ga kiritilgan sonning qiymati uning Value (qiymat) xossasida 
saqlanadi. Sonning qabul qiladigan eng kichik qiymati Mm Value, eng katta 
qiymati MaxValue xossalarida saqlanadi. Agar bu xossalar qiymati 0 ga teng 
bo'lsa, sonning qiymatiga chegara qo'yilmaydi. In pre mem (qadam) xossasida son 
qiymatining o'sish qadami ko'rsatiladi. Dastlab u 1 ga teng. 
Eng yaxshi futbolchi ilovasi. Yangi obyektlardan foydalanishni o'rganish 
uchun eng yaxshi futbolchi tanlovi ilovasini yaratamiz. Yangi ilova yaratib, uning 
oynasiga bitta I JtstBox, bitta ComboBox, bitta SptriEdit va bitta Button obyektli 
ListBox ning Itera: xossasini ikki marta bosib, hosil bo'lgan muloqot darchasida 
yuqoridagi rasmda ko'rsatilgan 8 ta futbolchi ro'yxatini kiritamiz* Spinlklit 
obyektini tanlab, Object Injector oynasida uning MaxVaJuc xossasini 5, MmVaJuc 
xossasini 1, Value xossasini 5 ga teng qilib o'matamiz. 
Button 1 obyektini ikki marta bosib, dastur kodi oynasini chaqiramiz va 
B'JttonlClick protsedurasiga quyidagi kodni kiritamiz: 


Protseduraning birinchi
uchinchi va yettinchi satrlari oynada borligini unutmang. Ikkinchi satrda ikkita 
yangi o'zgaruvchi yaratiladi. To'rtinchi satrida ulardan birinchisi: i ga tanlangan 
futbolchining ro'yxatdagi raqami beriladi. Shu satrda bu raqamning nomanfiyligi 
tekshiriladi (aks holda futbolchi tanlanmagan bo'ladi). Oltinchi satrda ikkinchi 
o'zgaruvchi: j ga ComboBox I ro'yxatining i-satridagi son (dastlab u 0 ga teng) 
beriladi. Oltinchi qatorda bu songa SpinEditl dagi son (futbolchiga berilgan baho) 
qo'shiladi va u matn satriga aylantirilib, ComboBox 1 ro'yxatining i-satriga yozib 
qo'yiladi. 
Natijada ComboBox 1 dagi ro'yxatda har bir futbolchi to'plagan ballar yig'ilib 
boradi. Uni obyektning o'ng tomonidagi uchburchak ko'rinishida tugmani bosib, 
xohlagan paytimizda ko'rishimiz mumkin. Ilovani F9 tugmasini bosib ishga 
tushiramiz. Unda birinchi ro'yxatdan futbolchini tanlab, ikkinchi maydonchada 
unga berilgan bahoni tanlaymiz va OK tugmasini bosamiz (chapdagi rasm). Bir 
necha marta futbolchilarga ovoz berib, natijani ko'rish uchun uchinchi 
maydonchaning o'ng tomonidagi uchburchak tugmani bosamiz (o'ngdagi rasm). 

Yüklə 7,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   187   188   189   190   191   192   193   194   ...   295




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə