Voleybol o’yini rivojlanish tarixi hamda o’yin qoidalari



Yüklə 1,28 Mb.
səhifə1/10
tarix10.04.2023
ölçüsü1,28 Mb.
#104902
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Referati voleybol o’yini rivojlanish tarixi hamda o’yin qoidalar


VOLEYBOL O’YINI RIVOJLANISH TARIXI HAMDA O’YIN QOIDALARI

REJA:


  1. VOLEYBOLNING PAYDO BO’LISHI VA RIVOJLANISH TARIXI.

  2. VOLEYBOLNING UMUMIY QOIDALARI

  3. O’ZBEKISTONDA VOLEYBOLNING O’RNI



Voleybol (inglizcha: volleyball volley — «urib qaytarmoq» va ball — «toʻp»)toʻpli sport oʻyini boʻlib, har biri 6 kishidan iborat ikki jamoa bilan oʻrtasidan toʻr tortilgan maydonchada oʻynaladi.
Voleybol (ing . volley ball, volley — urib qaytarmoq va ball — koptok) — jamoa boʻlib oʻynaladigan sport oʻyini; oʻrtasidan toʻr bilan (erkaklar musobaqasi uchun 2,43 m va ayollar musobaqasi uchun 2,24 m balandlikda) boʻlingan 9x18 m li maydonchada oʻynaladi. Bir jamoa 6 kishidan iborat boʻlib, 2 jamoa oʻynaydi. Oʻyinchilar toʻpni qoʻl bilan urib, raqib maydoniga tushirishga harakat qiladilar. Koptokni uch urishda raqiblar tomoniga oʻtkazish lozim. Musobaqa 3 yoki 5 qur oʻynaladi. V. AQShda paydo boʻlgan (1895). Xalqaro federatsiya (FIVB; 1947 yil asos solingan) ga 180 dan ortiq mamlakat aʼzo. 1964 yildan Olimpiya oʻyinlari dasturiga kiritilgan, 1949 yildan jahon birinchiliklari oʻtkaziladi. Voleybol Oʻzbekistonda 1920 yildan oʻynaladi. Oʻzbekiston Respublikasi 1991 yil Xalqaro V. federatsiyasiga, 1992 yil Osiyo V. konfederatsiyasiga aʼzo boʻlib kirdi. Oʻzbekistonda bu sport turi bilan 700 mingdan ortiq kishi muntazam shugʻullanadi. U maktablarda om-maviy tus olgan, jismoniy tarbiya boʻyicha dasturning ajralmas qismi hisoblanadi.
Voleybol 1895 yilda Amerika Qo’shma Shtatlarining Massachusets shitatidagi Xoliok shahrida yosh xristianlar ittifoqini jismoniy tarbiya bo’yicha rahbari pastor Bulyam Morgon tomonidan yaratilgan. U voleybol o`yinini oddiy, ko’p mablag’ sarflamasdan tashkil etishni ko’zda tutib yangi o`yinning qoidalarini ishlab chiqdi:
1896 – yilda Springsild shahridagi kollej direktori doktor Alfered Xalsted bu o`yinga «voleybol» deb nom berdi. «Voleybol» inglizcha so’z bo’lib, o’zbek tilida «parvoz qiluvchi to’p» degan ma’noni beradi.
1895-1920 yillarda o`yini rivojlonishining birinchi bosqichi bo’lib hisoblanadi. O`yinning boshqa davlatlarda vujudga kelishi va rivojlanishi quydagicha:
1900 - yil Kanada,
1908 yil - Kuba,
1910 yil - Peru,
1917 yil - Braziliya, Urugvay, Meksika, Osiyoda
1900 - 1913 yillar Yaponiya, Xitoy, Filipinda,
1914 yil – Angliya,
1917 yil – Fransiya.
Voleybol sobiq ittifoqda 1920-1921 yillarda o‘rta Volga (Qozon, Nijniy Novgorod) nohiyalarida tarqala boshladi. 1922 yildan boshlab voleybol Vseobuch (Umumiy harbiy tayyorgarlik) tarkibiga kiritildi. Moskvada voleybol bilan muntazam shug‘ullanishga san’at va teatr vakillari kirishdilar. 1923 yilda tashkil etilgan «Dinamo» jamiyati sportning boshqa turlari bilan bir qatorda voleybolni ham targ‘ib qila boshladi. Xuddi shu yillarda voleybol Uzoq SHarqda – Xabarovsk va Vladivostokda paydo bo‘ldi. 1925 yildan esa Ukrainada ham rivojlana boshladi. SSJIda jismoniy tarbiya va sportning keyingi taraqqiyoti uchun RKP/b/ MK 1925 yil 13 iyul qarori katta ahamiyatga ega bo‘ldi. Unda ommani tarbiyalashning samarali usullaridan biri bo‘lgan jismoniy tarbiya va sportni keng rivojlantirish zarurligi uqtirib o‘tildi. Markaziy qo‘mita qarori voleybolning tobora taraqqiy etib borishiga kuchli ta’sir ko‘rsatadi. Sovet voleybolchilari o‘z oldilariga mamlakatda voleybolni ommalashtirish, tarbiyaviy ishlarni kuchaytirish, texnika va taktikani mukammallashtirish, o‘yinchilarni har tomonlama jismoniy tayyorgarligini yuksaltirish kabi qator vazifalarni qo‘ydilar. Voleybol hamma erda tarqala boshladi. SHu bilan bog‘liq ravishda musobaqalarning yagona qoidalarini ishlab chiqish zarurati tug‘ildi.
1925 yilning yanvarida Moskva jismoniy tarbiya kengashi voleybol bo‘yicha musobaqalarning birinchi rasmiy qoidalrini tuzib tasdiqladi. To‘rning balandligi – ayollar uchun 2 m 20 sm va erkaklar uchun – 2 m 40 sm qilib belgilandi. Ayollar jamoalarida o‘yin 15 x 7,5 o‘lchamli maydonchada o‘tkaziladigan bo‘ldi.
1926 yilda Moskvada yangi qoidalar asosida birinchi musobaqalar o‘tkazildi. 1927 yildan voleybol bo‘yicha Moskva birinchiligi muntazam ravishda o‘tkazila boshladi. «Sobiq Ittifoqida» birinchi bosmadan chiqarilgan voleybol bo‘yicha maxsus adabiyot 1926 yilda 9 paydo bo‘ldi va u «Voleybol va mushtlar jangi» deb nom olgan edi. Uning mualliflari S.V.Sisoev va A.A. Mark edi. 1926 yilda yana bir qator muhim voqealar bo‘lib o‘tdi, ya’ni voleybol Butunittifoq jismoniy tarbiya kengashining o‘yinlar sho‘basi voleybol bo‘yicha musobaqalarning yagona qoidalarini tasdiqladi.
SSJI voleyboliga taalluqli muhim voqealardan biri 1928 yilning avgustida birinchi Butunittifoqida, Uzoq Sharqda va o’rta Volga o’lkalarida ham keng tarqala boshladi. Moskva ayollari jamoasi g’olib chiqdi.
Birinchi butunittifoq spartakiadasida voleybolchilarning uchrashuvlari musobaqa qoidalarining alohida bandlarini yagona
tartibda izohlash uchun imkon berdi. Bu yerda ayollar jamoalari birinchi bor normal o’lchovli maydonchalarda (18 x 9 m) o’ynaydilar.

1931 yilda BLKYeI tashabbusi bilan mamlakatimizda jismoniy tarbiyaning asosi bo’lgan «mexnat va mudafoda tayyor» Butinittifoq kompleksi ta‘sis etildi. Bu tadbirda voleybolchilarning umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarliklarini yuksaltirishdagina emas, balki yoshlarni voleybol mashgulotlariga jalb etishga ham imkoniyat yaratdi.


1932 yildan avval «voleybolchilarning Butinittifoq bayrami» deb atalgan «sobiq ittifoq» birinchiliklari muntazam o’tkazila boshladi.
1935 yil o’yinchilarning xalqaro uchrashuvlarida birinchi bor kuch sinashib ko’rganligi tarixda o’chmas iz qoldirdi. Toshkentda va Moskvada voleybolchilarimizning Avg’oniston jamoasi bilan ikkita o’rtoqlik uchrashuv bo’lib o’tdi. O’yin Avg’on qoidalari bo’yicha o’tkazilganligiga qaramasdan (jamoada 9 o’yinchi bor edi, o’yin 22 ochkoda davom etdi o’yinchilar maydonda joy almashmadilar) sovet voleybolchilari osongina goliblikka erishdilar.
1936 yilning eng ommaviy o’yinlaridan biri VSPS Kubogi uchun 100 dan jamoa bilan o’tgan musobaqalar bo’ldi. Kubokni Moskvaning ayollar va erkaklar jamoasi «Medik» qo’lga kiritdi.

Voleybolning texnik va taktikasigina emas, musobaqa qoidalari ham o’zgarishda davom etardi. Ya‘ni 1935 yilda erkaklar uchun to’r balandligi 2 m 45 smga ko’tarildi 1937 yildan esa ayollar uchun 2 m 25 sm bo’lib qoldi.


Maydonchada hujum chizig’i belgilanadi va old hamda orqa o’yinchilari degan tushuncha paydo bo’ldi.

Yüklə 1,28 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə