Voleybol o’yini rivojlanish tarixi hamda o’yin qoidalari


Joy almashishda xatoga yo’l qo’yish



Yüklə 1,28 Mb.
səhifə9/10
tarix10.04.2023
ölçüsü1,28 Mb.
#104902
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Referati voleybol o’yini rivojlanish tarixi hamda o’yin qoidalar

Joy almashishda xatoga yo’l qo’yish


To’p kiritish Qoidaning 7.6.1. —bandiga muvofiq ijro etilmagan xolda, joy almashishda xatoga yo’l qo’yilgan bo’ladi. Bu quyidagi oqibatlarga olib keladi (13, 7.6.1):
Jamoa to’p kiritish xuquqidan maxrum bo’ladi (6.1.3).
Almashishda yo’l qo’yilgan xato to’g`rilanadi (7.6.1).
Kotib — hakam almashishda qachon xatoga yo’l qo’yilganligini aniqlashi vashu vaqt ichida to’plangan barcha ochkolarni bekor qilishi lozim. Raqib ochkolari saqlanib qoladi (26.2.2.2).
Agar xatoga qachon yo’l qo’yilganligini aniqlash imkoni bo’lmasa, ochkolar bekor qilinmaydi. Yagona jazo — to’p kiritish xuquqidan maxrum qilish (6.1.3).

O’YINCHINI ALMASHTIRISH.


Almashtirish — bu muayyan zonadagi o’yinchining maydonni tark etishi va uning o’rnini boshqa o’yinchi egallashdir. Almashtirish hakamning ruxsati asosida amalga oshiriladi. Bir o’yinchini ikkinchi o’yinchi o’rniga tushishi kotib shu xaqda bayonnomaga yozgandan so’ng amalga oshiriladi (16.5, 26.3.2).

O’yinchini almashtirish chegarasi.


Har bir partiyada jamoaga ko’pi bilan 6 ta almashtirish huquqi beriladi. Bir vaqtning o’zida bir yoki bir necha o’yinchi almashtirilishi mumkin.
Dastlabki tarkibda joylashgan o’yinchi maydonni bir partiyada faqat bir marta tark etib, qaytib o’z o’rniga kirishi mumkin (7.3.1).
Almashtirilayotgan zaxiradagi o’yinchi har bir partiyada faqat bir martamaydonga tushishi mumkin. U maydonda qolishi yoki yana dastlabki tarkibdagi muvofiq o’yinchi bilan qayta almashtirilishi mumkin. Aynan shunday almashtirilish 3 ta dastlabki tarkibdagi va 3 ta zaxiradagi o’yinchilar o’rtasida amalga oshirilishi mumkin (7.3.1).

O’yinchini Istisno tariqasida almashtirish


Jaroxatlanish sababli o’yinni davom ettira olmaydigan o’yinchi zaxiradagi o’yinchi bilan yuqorida qayd etilgan Qoida asosida almashtirilishi lozim. Agar buning iloji bo’lmasa ya’ni jamoa almashtirish imkoniyatidan to’liq foydalanib bo’lgan bo’lsa, unda shu jamoaga Qoidadan tashqari istisno tariqasida jaroxatlangan o’yinchini almashtirish imkoniyati beriladi (20.3.3, 8.1).
Ushbu o’yinda jaroxatlanib maydonni tark etgan o’yinchiga maydonga qaytish xuquqi berilmaydi.

Yüklə 1,28 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə