Voleybol o’yini rivojlanish tarixi hamda o’yin qoidalari



Yüklə 1,28 Mb.
səhifə5/10
tarix10.04.2023
ölçüsü1,28 Mb.
#104902
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Referati voleybol o’yini rivojlanish tarixi hamda o’yin qoidalar

JAMOA RAHBARLARI


Jamoa sardori va murabbiy o’z o’yinchilari xulqi xamda intizomiga to’liq; javobgardirlar (5.1.1, 5.2, 211

Sardor.


O’yin oldidan jamoa sardori musobaqa qaydnomasiga imzo chekadi va o’z jamoasi tarkibini hakamga ma’lum qiladi (26.2.1.1, 7.1).
O’yin davomida jamoa sardori o’yinda sardor sifatida harakat qiladi. Agar sardor asosiy tarkibda o’yinga tushmasa, o’zi yoki murabbiy boshqa o’ynaydigan o’yinchini sardor etib tayinlaydi.
O’ynovchi sardor o’z vazifasini asosiy sardor o’yinga kirishgunicha yoki partiya oxirigacha bajaradi (20.1.3, 8, 6.2).
To’p o’yindan tashqari holatda o’ynovchi sardor quyidagi vazifalarda hakamga murojaat qilishi mumkin (9.2);
Qoidalar amalini to’g`ri qo’llash masalasi bo’yicha surishtirish yoki jamoadoshlari savollari va iltimoslarini yetkazish. Agar o’ynovchi sardorni hakam qarori qanoatlantirmasa, u darxol bu haqda o’z noroziligini bildirishi darkor. Shuning asosida u o’yindan so’ng rasmiy norozilik varaqasini toptirishga zamin yaratadi (24.2.4).
Ruxsat so’rash:
O’yin kiyimini o’zgartirish (4.3, 4.42);
Jamoalar o’yinchilari joylashuvini tekshirib ko’rish (7.4);
v) Maydoncha yuzasi, to’r, to’p va xokozalarni tekshirib ko’rish uchun ruxsat olish (1.2.1, 2.3);
O’yinchi almashtirish yoki tanaffuslar olishga ruxsat so’rash (8, 16.4, 16.2.1, 6.3).
Jamoa sardori o’yin tugagandan so’ng:
Hakamlarga tashakkur bildirishi va o’yin «qaydnomasiga imzo chekishi (56.2.3.3);
Agar u (yoki vaqtincha sardor) oldindagi 1—chi hakamga o’z noroziligini bildirgan bo’lsa, bu norozilik qadydnomada rasmiy norozilik sifatida tasdiqlanishi va yozilishi mumkin (5.1.2.1, 26.2.3.2).

Trener (murabbiy)


Murabbiy butun o’yin davomida maydonchadan tashqari joyda turgan xolda o’z jamoasi o’yiniga raxbarlik qiladi. U jamoani o’ynovchi tarkibini, o’yinchilarni maydonchada joylashish. tartibini belgilaydi, o’yinchilarni almashtirish va tanaffuslar olish jarayonini boshqaradi. Ushbu masalalarni u 2—chi hakam orqali xal etishi lozim (1.1, 7.3.2, 8, 16.4, 25)
O’yindan oldin murabbiy qaydnomada oz o’yinchilarining asosiy tarkibini belgilaydi yoki ko’zdan kechiradi, raqamlarini tasdiqlaydi. So’ngra imzo chekadi (4.1.4)
Trener (murabbiy) o’yin vaqtida:
Xar bir partiyadan avval hakam—kotib yoki 2—chi hakam taqdim etgan o’yinchilarning joylashish kartochkasiga o’z jamoasining asosiy o’yinchilari raqamlarini qayd etib, imzo chekib berishi kerak (7.3.2);
O’z jamoasi o’rindig`ida kotib — hakamga yaqin o’tiradi, vaqti-vaqti bilan bu joyni tark etib turishi mumkin (4.2);
Tanaffus yoki o’yinchi almashtirish haqida murojaat qilish mumkin (8,
16,4);
O’yinga halaqit bermasdan zaxiradagi o’yinchilar va maydondagi
o’ynchilarga ko’rsatma berishi mumkin (1.3.4, 1.4.4).

Yüklə 1,28 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə