Voleybol o’yini rivojlanish tarixi hamda o’yin qoidalari



Yüklə 1,28 Mb.
səhifə4/10
tarix10.04.2023
ölçüsü1,28 Mb.
#104902
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Referati voleybol o’yini rivojlanish tarixi hamda o’yin qoidalar

O’yin kiyimi


O’yinchilarni o’yin kiyimi futbolka, trusik paypoq va sport poyafzalidan iborat.
Futbolkalar, trusik va paypoqlar jamoaning barcha o’yinchilarida («libero» o’yinchisi bundan istisno) bir xil shakl va rangga ega bo’lib, toza bo’lishi lozim.
Poyafzal yumshoq, yengil bo’lib, poshnasiz, tagi rezina yoki charm materialdan bo’lishi kerak.
FIVBning Jahon miqyosidagi kattalar o’rtasida o’tkaziladigan musobaqalarida jamoaning sport poyafzali bir xil rangda lekin savdo markasi, rangi va dizayni farq qilishi mumkin.
O’yinchilarping futbolkalari 1dan20 gacha raqamlanishi lozim.
Raqam futbolkaning ko’krak qismi o’rtasida va orqasida joylashishi
kerak.
Raqamlarning rangi va tiniqligi futbolka rangi va tiniqligidan keskin farq qilib
turishi lozim.
Ko’krakdagi raqam balandligi kamida 15 sm, oraliqda raqam 20 sm bo’lishi shart. Raqam chizig`ining kengligi 2 sm bo’lishi kerak.
FIVBning rasmiy musobaqalarida o’yinchining raqami uning trusigini o’ng tomonida qayd etilishi kerak. Bu raqam chizig`ining kengligi 1 sm va balandligi 4—6 sm bo’lishi lozim.
Jamoa sardori futbolkasining ko’krak qismidagi raqami ustida gorizontal joylashgan 8x2 smli chiziq bo’lishi lozim.
Jamoa futbolkalarida faqat qoidaning 4.3.3. bandida ko’rsatilgan rasmiy raqamlar bo’lishi shart va ular turli rangda bo’lishi mumkin emas. («Libero» o’yinchisi futbolkasnning rangi bundan mustasno).

O’yin kiyimlarini o’zgartirish


Birinchi hakam ruxsat berishi mumkin:
To’pni o’yinga kiritishga;
Partiyalar oralig`ida yoki o’yinchi almashtirilgan paytda ham kiyimlarni o’zgartirishga, agar o’zgartirilgan kiyim oldingisidan rangi, shakli, raqami bilan farq qilmasa (4.3, 8);
Ob-xavo sovuq bo’lganda mashg`ulot kostyumlarida o’ynashga, agar ushbu kostyumlar rangi, shakli bir xil bo’lsa («Libero» bundan istisno) va qoidani
4.3.3. bandi bo’yicha raqamlangan bo’lsa (4.1.1, 20.2).

Taqiqlangan buyumlar.


O’yin davomida sportchilar o’zlariga sun’iy yordam beruvchi yoki jarohat etkazuvchi buyumlardan xoli bo’lishlari shart.
O’yinchilar mas’uliyatni o’zlariga olgan holda ko’zoynak taqishlari mumkin.

Yüklə 1,28 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə