4. Mavzu. Vertikal rejalashtirishning usullari. Reja



Yüklə 80 Kb.
səhifə1/6
tarix07.04.2023
ölçüsü80 Kb.
#104576
  1   2   3   4   5   6
4 Mavzu.


4. Mavzu. Vertikal rejalashtirishning usullari.
Reja.
1. Shahar hududining funksional zonalari va alohida qismlarining vertikal rejalari.

Tikka rejalashtirishning asosiy usullari bo‘lib quyidagilar xisoblanadi:


1. buylama va kundalang profillar (qizil profillar) usuli;
2. loyixa gorizontallari (qizil gorizontallar) usuli;
3. grafo - analitik usul.
Qurish qoidalari tegishli hududlarda va aholi punktlarida shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish tartibini belgilaydi.

  • Qurish qoidalari energiyani tejovchi, ekologik xavfsiz, ijtimoiy foydali texnologiyalarni qo‘llash va rivojlantirishni rag‘batlantirishi va buning uchun imkoniyat yaratishi kerak.

  • Qurish qoidalari hududni rejalashtirish tarhi va tumanni (tumanlar guruhlarini) rejalashtirish loyihalari, aholi punktining bosh rejasi hamda har bir hududning shaharsozlik reglamentlari asosida ishlab chiqiladi.

  • Qurish qoidalari joriy etilgunga qadar berilgan ob’ektlarni qurish uchun ruxsat beruvchi hujjatlar haqiqiy hisoblanadi, bundan aholi xavfsizligi talablari ta’minlanmayotgan hollar mustasno.

Hududlarning zonalashtirilishi qulay hayot faoliyati muhitini ta’minlashga, hududlarni tabiiy va texnogen xususiyatga ega favqulodda vaziyatlar ta’siridan muhofaza qilishga, aholi hamda ishlab chiqarish haddan tashqari zich joylashishining, atrof-muhit ifloslanishining oldini olishga va muhofaza etiladigan tabiiy hududlardan foydalanishga, shuningdek madaniy meros ob’ektlarini, qishloq xo‘jaligi erlari va o‘rmonzorlarni muhofaza qilishga qaratilgan.
Hududlardan shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun foydalanishda cheklovlar:

Turar joy zonalari jumlasiga jamoa bog‘dorchiligi, uzumchiligi va polizchiligini yuritish uchun ajratilgan, aholi punktlarining chegaralari doirasida joylashgan hududlar ham kiradi.

  • Turar joy zonalarida sanitariya-himoya zonalarini belgilash talab etilmaydigan hamda faoliyati atrof-muhitga zararli ta’sir ko‘rsatmaydigan (shovqin, tebranish, magnit maydonlari, radiatsiya ta’siri, tuproq, havo, suvning ifloslanishi va boshqa zararli ta’sirlar), alohida turgan, birgalikda qurilgan, birgalikda-qo‘shimcha qilib qurilgan yoki qo‘shimcha qilib qurilgan ijtimoiy va madaniy-maishiy ob’ektlarni, ibodatxonalarni, avtomobil transporti turargohlarini, sanoat, kommunal va omborxona ob’ektlarini joylashtirishga yo‘l qo‘yiladi.


Yüklə 80 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə