4. Mavzu. Vertikal rejalashtirishning usullari. Reja


-modda. Ijtimoiy-amaliy zonalar



Yüklə 80 Kb.
səhifə4/6
tarix07.04.2023
ölçüsü80 Kb.
#104576
1   2   3   4   5   6
4 Mavzu.

65-modda. Ijtimoiy-amaliy zonalar
Ijtimoiy-amaliy zonalar amaliy, moliyaviy, ijtimoiy faollik markazlarini, sog‘liqni saqlash, madaniyat, savdo, umumiy ovqatlanish, maishiy xizmat ko‘rsatish ob’ektlarini, davlat ta’lim muassasalarini va nodavlat ta’lim tashkilotlarini, ma’muriy, ilmiy-tadqiqot muassasalarini, ibodatxonalar va inshootlarni, ijtimoiy soha ob’ektlarini, shuningdek avtomobil transporti turargohlarini joylashtirish uchun mo‘ljallangan.
Ijtimoiy-amaliy zonalarga joylashtirish uchun ruxsat etilgan ob’ektlar ro‘yxatiga uylar, mehmonxonalar, er osti garajlari yoki ko‘p qavatli garajlar kiritilishi mumkin.
66-modda. Ishlab chiqarish zonalari
Ishlab chiqarish zonalarida ularning ish olib borishini ta’minlaydigan sanoat, kommunal, omborxona ob’ektlari, muhandislik va transportga oid infratuzilmalar ob’ektlari joylashtiriladi, shuningdek bunday ob’ektlarning sanitariya-muhofaza zonalari belgilanadi.
Sanoat, kommunal va omborxona ob’ektlarining sanitariya-muhofaza zonasida uylar, davlat ta’lim muassasalari, nodavlat ta’lim tashkilotlari, sog‘liqni saqlash, dam olish ob’ektlari, jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish, sport inshootlari, jamoa bog‘dorchiligi, uzumchiligi va polizchiligini yuritish uchun er uchastkalari joylashtirilishiga, shuningdek qishloq xo‘jaligi mahsuloti etishtirilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Ishlab chiqarish zonalarining hududlarini obodonlashtirish shu zonalarda joylashgan ob’ektlarning mulkdorlari tomonidan amalga oshiriladi.
67-modda. Muhandislik va transportga oid infratuzilmalar zonalari
Muhandislik va transportga oid infratuzilmalar zonalari havo, temir yo‘l, avtomobil, daryo transporti va quvur orqali etkazib berish transporti, aloqa inshootlari hamda kommunikatsiyalarini va muhandislik uskunalarini joylashtirish hamda ularning ishlab turishi uchun mo‘ljallangan.
Qulay hayot faoliyati muhitiga transport, aloqa inshootlari, kommunikatsiyalari hamda muhandislik uskunalari zararli ta’sir ko‘rsatishining oldini olish bunday ob’ektlardan to turar joylar, ijtimoiy-amaliy, rekreatsiya zonalari hududlariga qadar zarur masofa bo‘lishiga, shuningdek shaharsozlik normalari va qoidalari, qurishning maxsus normativlari hamda qoidalari talablariga rioya etilishi orqali ta’minlanadi.
Transport, aloqa inshootlari va kommunikatsiyalarining, muhandislik uskunalarining er uchastkalari, shuningdek ularning sanitariya-muhofaza zonalari chegaralaridagi hududlar ushbu er uchastkalarining mulkdorlari, egalari va ulardan foydalanuvchilar tomonidan obodonlashtirilishi lozim.
Foydalanilishi fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘iga to‘g‘ridan-to‘g‘ri zararli ta’sir ko‘rsatadigan transport, aloqa inshootlari va kommunikatsiyalarini hamda muhandislik uskunalarini aholi punktlari doirasida joylashtirishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Yüklə 80 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə