4. Mavzu. Vertikal rejalashtirishning usullari. Reja


-modda. Aholi punktlarining hududiy zonalari



Yüklə 80 Kb.
səhifə3/6
tarix07.04.2023
ölçüsü80 Kb.
#104576
1   2   3   4   5   6
4 Mavzu.

63-modda. Aholi punktlarining hududiy zonalari
Aholi punktlarining hududlarida quyidagi hududiy zonalar belgilanishi mumkin: turar joy zonalari; ijtimoiy-amaliy zonalar; ishlab chiqarish zonalari; muhandislik va transportga oid infratuzilmalar zonalari; rekreatsiya zonalari; qishloq xo‘jaligi maqsadlarida foydalaniladigan zonalar; maxsus maqsadlarga mo‘ljallangan zonalar; harbiy ob’ektlar va boshqa rejimli hududlar zonalari; shahar atrofi zonalari.
Mahalliy sharoitlarga muvofiq mahalliy davlat hokimiyati organlari boshqa hududiy zonalarni belgilashi, shuningdek shaharsozlik normalari va qoidalarini hisobga olgan holda ularga er uchastkalarini hamda boshqa ob’ektlarni kiritishi mumkin.
Aholi punktlari hududiy zonalarining chegaralari qizil chiziqlar, tabiiy ob’ektlarning tabiiy chegaralari, yuridik va jismoniy shaxslarning er uchastkalari chegaralari inobatga olingan holda belgilanadi.
Har bir hududiy zona uchun shaharsozlik reglamenti bilan belgilangan huquqiy rejim unda joylashgan barcha er uchastkalariga, binolarga, inshootlarga va ularning majmualariga nisbatan bir xil qo‘llaniladi.
CHegaralarida shaharsozlik faoliyati alohida tartibga solinishi lozim bo‘lgan hududiy zonalarda ayrim binolarni, inshootlarni hamda ularning majmualarini loyihalashtirish va qurishga nisbatan qo‘shimcha talablar belgilanishi mumkin.
64-modda. Turar joy zonalari
Turar joy zonalari ko‘p qavatli uylar, o‘rtacha va kam qavatli uylar, yakka tartibdagi uy-joylar qurish uchun mo‘ljallangan.
Turar joy zonalari jumlasiga jamoa bog‘dorchiligi, uzumchiligi va polizchiligini yuritish uchun ajratilgan, aholi punktlarining chegaralari doirasida joylashgan hududlar ham kiradi.
Turar joy zonalarida sanitariya-himoya zonalarini belgilash talab etilmaydigan hamda faoliyati atrof-muhitga zararli ta’sir ko‘rsatmaydigan (shovqin, tebranish, magnit maydonlari, radiatsiya ta’siri, tuproq, havo, suvning ifloslanishi va boshqa zararli ta’sirlar), alohida turgan, birgalikda qurilgan, birgalikda-qo‘shimcha qilib qurilgan yoki qo‘shimcha qilib qurilgan ijtimoiy va madaniy-maishiy ob’ektlarni, ibodatxonalarni, avtomobil transporti turargohlarini, sanoat, kommunal va omborxona ob’ektlarini joylashtirishga yo‘l qo‘yiladi.
Turar joy zonalarida yuzdan ortiq o‘tirish joyi bo‘lgan umumiy ovqatlanish korxonalarini, kino-videofilmlar namoyish qilinadigan statsionar va vaqtinchalik pavilonlarni, ochiq turdagi yozgi sahnalarni, kinoteatrlarni va raqs maydonchalarini joylashtirishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Yüklə 80 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə