4. Mavzu. Vertikal rejalashtirishning usullari. Reja


-modda. SHahar atrofi zonalari



Yüklə 80 Kb.
səhifə6/6
tarix07.04.2023
ölçüsü80 Kb.
#104576
1   2   3   4   5   6
4 Mavzu.

72-modda. SHahar atrofi zonalari
SHahar atrofi zonasi shahar chegarasidan tashqaridagi, shahar bilan yagona ijtimoiy, tabiiy, xo‘jalik hududini tashkil etuvchi, ushbu shahar hududini, shahar atrofi zonasiga kiruvchi aholi punktlari hududlarini, aholi punktlariaro hududlarni (shaharni rivojlantirish uchun zaxira hududni) rivojlantirish uchun hamda sanoat, kommunal, omborxona ob’ektlarini, muhandislik, transportga oid infratuzilmalar ob’ektlarini, jamoa bog‘dorchiligi, uzumchiligi va polizchiligini yuritish uchun er uchastkalarini, aholi dam olish joylarini joylashtirish uchun, shuningdek qishloq xo‘jaligini yuritish hamda muhofaza va sanitariya-gigiena vazifalarini bajarish uchun mo‘ljallangan erlarni o‘z ichiga oladi.
SHahar atrofi zonalari chegaralarini belgilash ushbu Kodeksga hamda er to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq shaharsozlik va er tuzish hujjatlari asosida amalga oshiriladi.
73-modda. SHahar atrofi zonasi hududidan foydalanish
SHahar atrofi zonasi hududidan foydalanish hamda uning chegaralaridagi shaharsozlik faoliyati yuridik va jismoniy shaxslarning, jamiyat va davlatning, shahar atrofi zonasiga kiruvchi aholi punktlariaro hududlarning manfaatlari inobatga olingan holda amalga oshiriladi.
SHahar atrofi zonalari hududlarining zonalashtirilishi Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar hududlarini rejalashtirish tarhlarida, tumanni (tumanlar guruhlarini) rejalashtirish loyihalarida, shuningdek shaharlarning o‘z shahar atrofi zonalari bilan birgalikda ishlab chiqiladigan bosh rejalarida belgilanadi.
SHahar atrofi zonalarida sanitariya-himoya va rekreatsiya vazifalarini bajaradigan hududlar ajratiladi. Ushbu hududlarda atrof-muhitga zararli ta’sir ko‘rsatadigan xo‘jalik faoliyati va boshqa xildagi faoliyat taqiqlanadi.
SHahar atrofi zonasi chegaralari doirasida binolarni, inshootlarni hamda ularning majmualarini qurish, rekonstruksiya qilish va kengaytirish shaharning ijro etuvchi hokimiyat organi bilan kelishgan holda amalga oshiriladi.
Yüklə 80 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə