4. Mavzu. Vertikal rejalashtirishning usullari. Reja


Ishlab chiqarish zonalarida



Yüklə 80 Kb.
səhifə2/6
tarix07.04.2023
ölçüsü80 Kb.
#104576
1   2   3   4   5   6
4 Mavzu.

Ishlab chiqarish zonalarida ularning ish olib borishini ta’minlaydigan sanoat, kommunal, omborxona ob’ektlari, muhandislik va transportga oid infratuzilmalar ob’ektlari joylashtiriladi, shuningdek bunday ob’ektlarning sanitariya-muhofaza zonalari belgilanadi.
Qishloq xo‘jaligi maqsadlarida foydalaniladigan zonalar
Harbiy ob’ektlarning va boshqa rejimli hududlarning zonalari o‘ziga nisbatan alohida rejim belgilanadigan ob’ektlarni joylashtirish uchun mo‘ljallangan. Mazkur zonalarning hududlaridan aholi punktlari chegaralari doirasida foydalanish tartibi shaharsozlik normalari va qoidalarining, maxsus normativlarning va qurish qoidalarining talablari inobatga olingan holda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi
9-bob. Aholi punktlari va shahar atrofi zonalari hududlaridan foydalanish
61-modda. Qurish qoidalari
Qurish qoidalari tegishli hududlarda va aholi punktlarida shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish tartibini belgilaydi.
Qurish qoidalari energiyani tejovchi, ekologik xavfsiz, ijtimoiy foydali texnologiyalarni qo‘llash va rivojlantirishni rag‘batlantirishi va buning uchun imkoniyat yaratishi kerak.
Qurish qoidalari hududni rejalashtirish tarhi va tumanni (tumanlar guruhlarini) rejalashtirish loyihalari, aholi punktining bosh rejasi hamda har bir hududning shaharsozlik reglamentlari asosida ishlab chiqiladi.
Qurish qoidalari joriy etilgunga qadar berilgan ob’ektlarni qurish uchun ruxsat beruvchi hujjatlar haqiqiy hisoblanadi, bundan aholi xavfsizligi talablari ta’minlanmayotgan hollar mustasno.
62-modda. Hududlarning zonalashtirilishi
Hududlarning zonalashtirilishi qulay hayot faoliyati muhitini ta’minlashga, hududlarni tabiiy va texnogen xususiyatga ega favqulodda vaziyatlar ta’siridan muhofaza qilishga, aholi hamda ishlab chiqarish haddan tashqari zich joylashishining, atrof-muhit ifloslanishining oldini olishga va muhofaza etiladigan tabiiy hududlardan foydalanishga, shuningdek madaniy meros ob’ektlarini, qishloq xo‘jaligi erlari va o‘rmonzorlarni muhofaza qilishga qaratilgan.
Hududlardan shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun foydalanishga doir cheklovlar:
madaniy meros ob’ektlarining muhofaza zonalarida, qo‘riqxona zonalarida;
muhofaza etiladigan tabiiy hududlar zonalarida;
sanitariya zonalarida;
muhofaza zonalarida;
sanitariya-muhofaza zonalarida;
foydali qazilmalar joylashgan zonalarda;
tabiiy va texnogen xususiyatga ega favqulodda vaziyatlarning ta’siriga duchor bo‘lgan zonalarda;
favqulodda ekologik vaziyatlar va ekologik falokat zonalarida;
alohida (ekstremal) tabiiy-iqlim sharoitli zonalarda belgilanadi.
Hududlardan shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun foydalanishga doir cheklovlar qonun hujjatlariga muvofiq boshqa zonalarda ham belgilanishi mumkin.
Hududlarning funksional maqsadi va ulardan foydalanish jadalligi hududlardan foydalanishga doir cheklovlar hisobga olingan holda belgilanadi.
Aholi punkti hududining funksional zonalashtirilishini belgilovchi shaharsozlik hujjatlari yuridik va jismoniy shaxslarning, jamiyat va davlatning manfaatlaridan, ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, investitsiyalar jalb qilish, rekreatsiya va madaniy zonalarni shakllantirish zaruratidan kelib chiqqan holda qayta ko‘rib chiqilishi lozim.

Yüklə 80 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə