4. Mavzu. Vertikal rejalashtirishning usullari. Reja


-modda. Rekreatsiya zonalari



Yüklə 80 Kb.
səhifə5/6
tarix07.04.2023
ölçüsü80 Kb.
#104576
1   2   3   4   5   6
4 Mavzu.

68-modda. Rekreatsiya zonalari
Rekreatsiya zonalari turizmni va aholining ommaviy dam olishini tashkil etish uchun mo‘ljallangan bo‘lib, ko‘kalamzorlar hududlari va ob’ektlari (shahar o‘rmonlari, o‘rmon-bog‘lar, istirohat bog‘lari, xiyobonlar, bog‘lar, sayilgohlar), hayvonot bog‘lari, hovuzlar, plyajlar, sohilbo‘yi ob’ektlari va boshqa ob’ektlarni o‘z ichiga oladi.
Rekreatsiya zonalarining hududlarida rekreatsiya-sog‘lomlashtirish maqsadlariga mo‘ljallangan ob’ektlardan foydalanish bilan bevosita bog‘liq bo‘lmagan mavjud sanoat, kommunal, omborxona ob’ektlari qurilishiga va kengaytirilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
69-modda. Qishloq xo‘jaligi maqsadlarida foydalaniladigan zonalar
Aholi punktlarining chegaralari chizig‘i doirasida haydaladigan erlar, bog‘lar, tokzorlar, polizlar, pichanzorlar, yaylovlar va boshqa er maydonlari, shuningdek qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan binolar va inshootlar egallab turgan, qishloq xo‘jaligi maqsadlarida foydalaniladigan zonalar ajratiladi. Mazkur zonalarning hududlaridan foydalanish turi aholi punktining bosh rejasiga va qurish qoidalariga muvofiq o‘zgartirilguniga qadar bu hududlardan qishloq xo‘jaligini yuritish maqsadida foydalanilishi mumkin.
70-modda. Maxsus maqsadlarga mo‘ljallangan zonalar
Maxsus maqsadlarga mo‘ljallangan zonalar foydalanilishi aholi punktlari hududiy zonalarining boshqa turlaridan foydalanishga to‘g‘ri kelmaydigan dafn qilish joylari, chorva mollari ko‘miladigan joylarni, maishiy chiqindilar tashlanadigan axlatxonalarni va boshqa ob’ektlarni joylashtirish uchun ajratiladi.
Maxsus maqsadlarga mo‘ljallangan zonalar uchun sanitariya-himoya zonalari o‘rnatiladi.
Maxsus maqsadlarga mo‘ljallangan zonalarning hududlaridan foydalanish tartibi shaharsozlik normalari va qoidalarining, maxsus normativlarning va qurish qoidalarining talablari inobatga olingan holda belgilanadi.
71-modda. Harbiy ob’ektlarning va boshqa rejimli hududlarning zonalari
Harbiy ob’ektlarning va boshqa rejimli hududlarning zonalari o‘ziga nisbatan alohida rejim belgilanadigan ob’ektlarni joylashtirish uchun mo‘ljallangan. Mazkur zonalarning hududlaridan aholi punktlari chegaralari doirasida foydalanish tartibi shaharsozlik normalari va qoidalarining, maxsus normativlarning va qurish qoidalarining talablari inobatga olingan holda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.

Yüklə 80 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə