Rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi amudaryo tuman kasb-hunar maktabi



Yüklə 7,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə189/295
tarix05.10.2023
ölçüsü7,05 Mb.
#125524
1   ...   185   186   187   188   189   190   191   192   ...   295
Informatika To\'plam12

6.
 
“Rasmli test” loyihasi 
1. Ilovaga matn satrini kiritish. Edit boshqarish obyekti va uning xossalari. Har 
qanday ilova ma'lumotlarni chiqarishi bilan birga unga ma'lumotlarni kiritish 
imkoniga ega bo'lishi kerak. Delphi muhitida buning eng sodda usuli ilova 
oynasiga Edit (Kiritish maydonchasi) boshqarish obyektini kiritishdir. Bu obyekt 
boshqarish obyektlarining standart panelida oltinchi bo'lib joylashgan va uning 
yorlig'i 
Bu obyektning ko'plab xossalari ilova oynasi obyekti Formniki kabi. Unda ham 
Left, Top, Width, Height xossalari bor. Unda Caption xossasi yo'q. Shuning uchun 
u odatda Label obyekti bilan birga ishlatiladi. Uning asosiy xossasi Text (Matn) 
bo'lib, unga kiritilgan mam satri shu xossada saqlanadi. Agar bu xossaga biron bir 
mam satri qiymatini bersak, bu satr uning kiritish maydonchasida aks etadi. 
Kiritish maydonchasi obyektining yana bir muhim xossasi ReadOnly (faqat 
o'qish uchun) deb ataladi. Bu xossaning qiymati mantiqiy kattalik bo'lib, faqat 
True (rost) yoki False (yolg'on)ni qabul qiladi. Dastlab bu xossa qiymati False 
(yolg'on) deb o'rnatilgan. Shu sababli, unga ma'lumotlarni kiritish mumkin. 
Agar bu xossa qiymati True (rost) ga o'zgartirilsa, u holda unga foydalanuvchi 
tomonidan ma'lumot kiritib bo'lmaydi. Lekin ilova undagi ma'lumotlami o'zgartira 
oladi. Bu nimaga kerak, degan savol tug'ilishi tabiiy. Edit obyekti Labeldan farqli 
ravishda ramkaga olingan va unga kiritilgan ma'lumot chiroyliroq ko'rinadi. Agar 
biz undan ma'lumot chiqarish uchun foydalanmoqchi bo'lsak, bu ma'lumot 
foydalanuvchi tomonidan o'zgartirmasligini ta'minlashimiz kerak bo'ladi. 
2.
Edit boshqarish obyektining boshqa xossalari.
Edit obyektining yana bir 
foydali xossasi MaxLength deb ataladi. Uning yordamida maydonchaga 
kiritiladigan mam satri uzunligini chegaralash mumkin. Masalan, maydonchaga 
o'quvchining tug'ilgan yili kiritilishi kerak bo'lsa, MaxLengthni 4 ga teng qilib 
olish ko'p hollarda unga adashib boshqa ma'lumotlami kiritib yuborishning oldini 
oladi. 
Edit obyektining yana bir foydali xossasi Font bo'lib, uning yordamida 
maydonchaga kiritiladigan mam uchun shriftni, shrift o'lehami, rangi va shriftning 
yana bir qator xossalarini o'matish mumkin. Bu xossa boshqa obyektlarda, 
masalan, Form obyektida ham bor. Agar biz shriftni ilova oynasi uchun o'rnatsak, 
u ilova oynasidagi barcha obyektlarga ham ta'sir qiladi. Buning oldini olish kerak 
bo'lsa, ilova oynasidagi obyektning ParentFont (ajdodi shrifti) xossasining 
qiymatini rostdan yolg'onga o'tkazish lozim. 
Editning yana bir foydali mantiqiy xossasi AutoSize (o'lehamni avtomatik 
tanlash) bo'lib, maydonchaga kiritilayotgan mam ko'paygan sari maydoncha 
o'lehami kattalashib borishini ta'minlaydi. Agar bunda maydoncha yonidagi 
boshqa obyektlarni berkitib qo'ymasligi kerak bo'lsa, bu xossa qiymatini rostdan 
yolg'onga o'tkazish kerak bo'ladi. 
Kiritish maydonchasi foydalanuvchining parolini kiritish uchun mo'ljallangan 
bo'lsa, parolni boshqalar ko'rmasligi uchun u boshqa belgi, masalan, "*" bilan 
almashtiriladi. Edit da bu imkoniyat ham ko'zda tutilgan. Uning Passwordchar 
xossasi maydonchaga kiritilgan harflar almashtiriladigan belgining tartib raqami 
(32-127)ni bildiradi. Dastlab u #0 ga teng va u kiritilgan harf boshqasiga 
almashtirilmasligini bildiradi. Agar biz uni #42 bilan almashtirsak, maydonchaga 
kiritilgan harflar o'miga "x"


harfi aks etadi. #42 o'miga bevosita ekranga chiqarilishi kerak bo'lgan bclgini 
kiritish ham mumkin. Masalan, "+", 
3. Foydalanuvchini qutlash ilovasi. Ilovada foydalanuvchi o'z noraini va hamma 
uchun umumiy bo'lgan parol: "12345" ni kiritishi kerak bo'lsin. Buning uchun 
Delphida yangi ilova yaratamiz va uning oynasiga ikkita label, uchta edit, bitta 
button obyektini kiritamiz. Ularning xossalarini obyekt inspektori (object 
inspector)da quyidagicha o'zgartiramiz: 
Bu ishlarni bajarib bo'lgach, buttonl ni ikki marta bosamiz va ekranda hosil bo'lgan 
dastur matni oynasida kursor turgan joyga quyidagi operatorlarni bexato kiritamiz: 
Bu operatorlar Buttonl tugmasini bosganimizda ishlab ketadi. Ulardan 
birinchisi Bdit2 maydonchasiga kiritilgan parol to'g'riligini tekshiradi. Agar to'g'ri 
bo'lsa, u holda uchinchi satrdagi operator uchinchi maydonchaga foydalanuvchini 
tabriklovchi mam satrini chiqaradi. Keyingi uchta satrdagi operatorlar endi keragi 
bo'lmay qolgan ikkita Labell, Label2, ikkita Editl, Edit2 va Buttonl obyektlarini 
oynada ko'rinmaydigan qilib qo'yadi. Aks holda uchinchi maydonchaga parol xato 
terilgani haqida xabar chiqadi va qayta urinib ko'rish mumkin. 
Quyidagi rasmlarning birinchisida parol noto'g'ri terilgandagi, ikkinchisida parol 
to'g'ri terilgandagi holatlari aks ctgan. 

Yüklə 7,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   185   186   187   188   189   190   191   192   ...   295




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə