Nazorat savollari:
1.Iqtisodiy sohalarda qo’llaniluvchi qanday dasturlarni bilasiz?
2.1C: Buxgalteriya dasturining asosiy tamoyillari nimlardan iborat?
3.Asosiy menyu nimalardan tashkil topgan?
4.Ro’yxatlar bilan ishlashda namalarga e’tibor berish kerak?
5.Dasturni tavsiflang.
6.Servis menyusi haqida gapiring.
4-bob. Kompyuter grafikasi
36-ma’ruza
Grafik o’byektlar va ularni kompyuterda tasvirlash usullari.
Kompyuter grafikasi tushunchasi. Kompyuter grafikasi turlari.
Reja:
4
Kompyuter grafikasi tushunchasi
5
Grafik muxarrirlar haqida tushuncha
6
Kompyuter grafikasining ahamiyati
Kompyuter grafikasi uch turga bo'linadi:
- rastrli grafika
- vektorli grafika
- fraktal grafika.
Ular bir-biri bilan monitor ekranida tasvirlanishi va qog’ozda bosib chiqilishi
bilan farqlanadi.
Dastlabki rastrli va vektorli grafikasi orasidagi farqi grafik tasvirni yaratish
texnologiyasi, aks ettirish uslubi, tahrirlash va sahilashda bilinadi. Qisqacha qilib
bu farqni shunday tushuntirish mumkin: nuqtali grafikada tasvirning minimal
elementi nuqta hisoblanadi, vektorli grafikada esa - egri chiziqdir..
Rastrli qurilmalarda tasvirlarni tashkil etuvchi nuqtalar majmuasidan vujudga
keladi. Bu nuqtalar
piksellar
(pixels) deb ataladi.
Rastr
- bu ekranning butun
maydonini qoplovchi piksellar matritsasidir. Demak, rastrli grafikaning asosiy
elementi nuqtadan iborat.
Nuqtali rasm koordinatalar va rangga ega bo’lgan nuqtalar to’plamidan iborat.
Grafik muharrir bu rasmni nuqtalarni ketma-ket chizgan holda tasvirlaydi. Oddiy
holda nuqtali tasvirdan iborat bo’lgan fayl - rasmni birin-ketin hosil qiluvchi
nuqtalar ketma-ketligi va ularning ranglarini o’z ichiga oladi. Minglab yillardan
beri yaratib kelinayotgan rangtasvir asarlarini nuqtali grafikaning ilk ko’rinishi
deyish mumkin. Atrofimizdagi olamda biz faqiat nuqtali tasvirlarni ko’ra olamiz.
Fotosurat, rasm, izlar, tasvirlar ko’zimizda nuqtali xarakterda aks etadi.
Vektorli grafikaning asosiy elementi - chiziqdir.
Vektorli tasvirlar deb - tuzilishi jihatidan murakkabroq va har xil ko’rinishga
ega bo’lgan geometrik ob'ektlar to’plamiga aytiladi. Bunday ob'ektlarga misol
tariqasida to’g’ri to’rtburchaklar, aylanalar, ellipslar, ko’p burchaklar, kesmalar va
chiziqlarni keltirish mumkin. Vektorli grafikanining xarakterli xususiyatlaridan biri
undagi har bir ob'ekt uchun ularning tashqi ko’rinishlarini o‘zgartirish imkonini
beradigan boshqarish parametrlari mavjud. Nuqtali tasvirlardan farqli ravishda
vektorli tasvirlar ixtiyoriy ichki strukturaga ega bo’lishi mumkin.
Vektorli tasvirlarni nuqtali tasvirlarga aylantirish foydalanuvchi ishtirokisiz,
amaliy dastur tomonidan amalga oshiriladi. Lekin nuqtali tasvirlarni vektorli
tasvirga aylantirish foydalanuvchidan katta mahorat talab qiladi.
Vektorli grafika asosida giometrik figuralarning xossalari haqidagi
matematik tasavvur yotadi. Vektorli grafikaning matematik asoslari bu nuqta,
to’g’ri chiziq, kesma, ikkinchi va uchunchi tartibli egri chiziqlardir. Nuqta
tekislikda ikkita son bilan (x,y) aniqlanadi. To’g’ri chiziq esa ikkita parametrga
ega bo’lgan y=ax+b tenglama orqali aniqlanadi. Agar bu to’g’ri chiziq x o’qida
ikkita x1 va x2 koordinatalari bilan chegaralansa u kesmani ani?laydi. Ikkinchi
tartibli egri chiziqqa parabola, giperbola, ellips va aylanani misol qilish mumkin.
Bu ikkinchi tartibli egri chiziq tenglamasi umumiy holda quyidagicha:
x2+a1y2+a2xy+a3x+a4y+a5=0.
Kompyuterda vektorli tasvirlar bilan ishlash nuqtali tasvirlar bilan
ishlashga qaraganda ancha oson. Hozirda vektorli tasvirlar yaratuvchi amaliy
dasturlar mashina grafikasining asosini tashkil qiladi.
Fraktal grafika - bu tasvirni chizish yoki jihozlash emas, balki uni
matematik hisoblashlarga asoslangan dasturlar asosida qurishdir, ya'ni bunda
tasvirlar formulalar yordamida ko'riladi.. Fraktal grafikada esa tasvirlarni
matematik hisoblashlar yordamida avtomatik o’zgartirib ko’paytirish yo’li
chiroyli manzaralar hosil qilinadi. Fraktal kompozisiya yaratish chizish yoki shakl
berish emas, balki dasturlashga asoslanadi. Teleko’rsatuvlar va reklamalarni badiiy
bezashda ishlatiladi.
Fraktal grafika odatda o’yin dasturlarini yaratishda ko’proq qo'llaniladi.
Fraktal grafika matematik hisoblashlar asosida tasvirlarni avtomatik
yaratish uchun qo'llaniladi. Shuning uchun ham uning asosi sifatida rasm,
shakl, tasvir hosil qilishning dasturlash usuli tanlangan.
Bu grafika, odatda, turli jarayonlarni modellashtirish, tahlil qilish, turli
qiziqtiruvchi dasturlar yaratishda keng qo'llaniladi.
Kompyuter grafikasining quyidagi turkumlarini ajratib ko'rsatish
mumkin:
• tijoratga oid
• namoyishlarga oid;
• injenerlikka oid;
• ilmiy;
• ko'rgazmaviy;
• animatsion;
Tijoratga oid grafika elektron jadvallarda yoki berilganlar bazasidagi
axborotlarni aks ettirish uchun xizmat qiladi. Bu axbo-rotlar ShEHM monitor
ekranida grafik, gistogramma, diagramma va xohlagan boshqa
ko'rinishlarda aks ettirilishi mumkin. Bunda grafiklar matn izohlari va ma
'him joylarda shartli belgili izohlar bilan ta'minlanadi.
Tiiorat grafikasiga tegishli bo'lgan amaliy dasturlar paketi tasvirni
ekranda tezda va qulay ifodalashga qaratilgan, chunki tijoratchiningsiy
maqsadi axborotlarni qayta ishlash jarayonidagi o'zgarishlarni tezda
muhokama qilib, tegishli qarorlar qabul qilishdan iboratdir. Tasavvurni
yanada oshirish uchun ushbu paketlarda tasvirni turli xildagi grafika shaklida
tasvirlash imkoniyati kiritilgan. Bu esa, o'z navbatida, barcha turdagi
tasvirlarni ekranda birgalikda ko'rib, tahlil qilish imkoniyatini oshiradi. Bu
paketlarning eng ahamiyatli tomoni shundaki, ular tasvirlarni turli xil
shaklda berishdan tashqari aks ettirilgan grafikalarni tahlil qilish
imkoniyatini ham beradi. Shu sababli bu paketlarga turli xil matematik tahlil
usullari, jumladan statistik tahlil, ehtimollar nazariyasi, iqtisodiy jarayonlar
bashorati kabi usullar kiritilganki, ular berilgan axborot to'plamini tahlil
qilish
imkonini beradi.
Namoyish qilish grafikasi - matn, sxema, eskiz kabi hujjatlarning
mashinaviy tasvirini hosil qilib uni namoyish etishga tayyorlash uchun
xizmat qiladi. Bu yerda eng asosiy vazifa - yuqori sifatli va chiroyli
ko'rinishdagi tasvirlar hosil qilishdan iborat. Bu turdagi grafikaning eng afzal
tomoni shundaki, undagi tasvirlar to'plami va ko'rinishini tezda o'zgartirish
mumkin.
Injenerlik grafikasi - bunday grafika chizmachilik, loyihalash va
konstruktorlik ishlarini avtomatlashtirishda keng qo'llaniladi. Injenerlik
grafikasi analiz, sintez, modellashtirish, chizmachilik, boshqarish va shu kabi
loyihalash ishlarini avtomatlashtirishning hamma bosqichlarini o'z ichiga
oladi.
Ilmiy grafika - ilmiy izlanishlar uchun xizmat qiladi va geografik,
fizik,biologikva boshqa jarayonlarni tadqiq qilishda qo'llaniladi. Ilmiy
grafikaning eng asosiy maqsadi ilmiy izlanishlarda hosil bo'ladigan
axborotlarni vizuallashtirish - ko'zga ko'rinarli shaklda ifodalashdir. Ayniqsa
bu yo'nalish atom energiyasi manbalarini tadqiq qilishda, kosmonavtika,
samolyotsozlikda, geografiya va okeanologiyada -xullas qamrovi katta
bo'lgan, tez kechadigan jarayonlarni o'rganishda
ke
ng qo'llaniladi.
Shuningdek, ilmiy izlanishlar natijalarini kerakli shaklda diagrammalar,
xaritalar, jadvallar va turli matematik formulalar shaklida tasvirlashda
ishlatilishi mumkin.
Ko’rgazmaviy grafika - namoyish va tijorat grafikalarining rivoji bo’lib,
shu ikkala grafika imkoniyatlarining yig’indisini tashkil etadi.
Animatsion grafikada – rang bilan ishlashdagi muvofaqiyatlarni,
muhandislik grafikasidagiuch o’lchovli obyektlarni modellashtirishdagi
yutuqlar bilan qo’shib uyg’unlashtirilgan.
Dostları ilə paylaş: |