Rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi amudaryo tuman kasb-hunar maktabi



Yüklə 7,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə205/295
tarix05.10.2023
ölçüsü7,05 Mb.
#125524
1   ...   201   202   203   204   205   206   207   208   ...   295
Informatika To\'plam12

 
Nazorat savollari: 


1.Iqtisodiy sohalarda qo’llaniluvchi qanday dasturlarni bilasiz?
2.1C: Buxgalteriya dasturining asosiy tamoyillari nimlardan iborat? 
3.Asosiy menyu nimalardan tashkil topgan?
4.Ro’yxatlar bilan ishlashda namalarga e’tibor berish kerak?
5.Dasturni tavsiflang.
6.Servis menyusi haqida gapiring.
 
4-bob. Kompyuter grafikasi 
 
36-ma’ruza 
Grafik o’byektlar va ularni kompyuterda tasvirlash usullari. 
Kompyuter grafikasi tushunchasi. Kompyuter grafikasi turlari. 
Reja: 
4
 
Kompyuter grafikasi tushunchasi
5
 
Grafik muxarrirlar haqida tushuncha 
6
 
Kompyuter grafikasining ahamiyati 
Kompyuter grafikasi uch turga bo'linadi: 
- rastrli grafika
- vektorli grafika
- fraktal grafika.
Ular bir-biri bilan monitor ekranida tasvirlanishi va qog’ozda bosib chiqilishi
bilan farqlanadi. 
Dastlabki rastrli va vektorli grafikasi orasidagi farqi grafik tasvirni yaratish 
texnologiyasi, aks ettirish uslubi, tahrirlash va sahilashda bilinadi. Qisqacha qilib 
bu farqni shunday tushuntirish mumkin: nuqtali grafikada tasvirning minimal 
elementi nuqta hisoblanadi, vektorli grafikada esa - egri chiziqdir..
Rastrli qurilmalarda tasvirlarni tashkil etuvchi nuqtalar majmuasidan vujudga 
keladi. Bu nuqtalar 
piksellar
(pixels) deb ataladi. 
Rastr
- bu ekranning butun 
maydonini qoplovchi piksellar matritsasidir. Demak, rastrli grafikaning asosiy 
elementi nuqtadan iborat. 


Nuqtali rasm koordinatalar va rangga ega bo’lgan nuqtalar to’plamidan iborat. 
Grafik muharrir bu rasmni nuqtalarni ketma-ket chizgan holda tasvirlaydi. Oddiy 
holda nuqtali tasvirdan iborat bo’lgan fayl - rasmni birin-ketin hosil qiluvchi 
nuqtalar ketma-ketligi va ularning ranglarini o’z ichiga oladi. Minglab yillardan 
beri yaratib kelinayotgan rangtasvir asarlarini nuqtali grafikaning ilk ko’rinishi 
deyish mumkin. Atrofimizdagi olamda biz faqiat nuqtali tasvirlarni ko’ra olamiz. 
Fotosurat, rasm, izlar, tasvirlar ko’zimizda nuqtali xarakterda aks etadi.
Vektorli grafikaning asosiy elementi - chiziqdir.
Vektorli tasvirlar deb - tuzilishi jihatidan murakkabroq va har xil ko’rinishga 
ega bo’lgan geometrik ob'ektlar to’plamiga aytiladi. Bunday ob'ektlarga misol
tariqasida to’g’ri to’rtburchaklar, aylanalar, ellipslar, ko’p burchaklar, kesmalar va 
chiziqlarni keltirish mumkin. Vektorli grafikanining xarakterli xususiyatlaridan biri 
undagi har bir ob'ekt uchun ularning tashqi ko’rinishlarini o‘zgartirish imkonini 
beradigan boshqarish parametrlari mavjud. Nuqtali tasvirlardan farqli ravishda 
vektorli tasvirlar ixtiyoriy ichki strukturaga ega bo’lishi mumkin.
Vektorli tasvirlarni nuqtali tasvirlarga aylantirish foydalanuvchi ishtirokisiz, 
amaliy dastur tomonidan amalga oshiriladi. Lekin nuqtali tasvirlarni vektorli 
tasvirga aylantirish foydalanuvchidan katta mahorat talab qiladi.
Vektorli grafika asosida giometrik figuralarning xossalari haqidagi 
matematik tasavvur yotadi. Vektorli grafikaning matematik asoslari bu nuqta, 
to’g’ri chiziq, kesma, ikkinchi va uchunchi tartibli egri chiziqlardir. Nuqta
tekislikda ikkita son bilan (x,y) aniqlanadi. To’g’ri chiziq esa ikkita parametrga 
ega bo’lgan y=ax+b tenglama orqali aniqlanadi. Agar bu to’g’ri chiziq x o’qida 
ikkita x1 va x2 koordinatalari bilan chegaralansa u kesmani ani?laydi. Ikkinchi 
tartibli egri chiziqqa parabola, giperbola, ellips va aylanani misol qilish mumkin. 
Bu ikkinchi tartibli egri chiziq tenglamasi umumiy holda quyidagicha: 
x2+a1y2+a2xy+a3x+a4y+a5=0. 
Kompyuterda vektorli tasvirlar bilan ishlash nuqtali tasvirlar bilan 
ishlashga qaraganda ancha oson. Hozirda vektorli tasvirlar yaratuvchi amaliy 
dasturlar mashina grafikasining asosini tashkil qiladi. 
Fraktal grafika - bu tasvirni chizish yoki jihozlash emas, balki uni 
matematik hisoblashlarga asoslangan dasturlar asosida qurishdir, ya'ni bunda 
tasvirlar formulalar yordamida ko'riladi.. Fraktal grafikada esa tasvirlarni
matematik hisoblashlar yordamida avtomatik o’zgartirib ko’paytirish yo’li 
chiroyli manzaralar hosil qilinadi. Fraktal kompozisiya yaratish chizish yoki shakl 
berish emas, balki dasturlashga asoslanadi. Teleko’rsatuvlar va reklamalarni badiiy 
bezashda ishlatiladi.
Fraktal grafika odatda o’yin dasturlarini yaratishda ko’proq qo'llaniladi.


Fraktal grafika matematik hisoblashlar asosida tasvirlarni avtomatik 
yaratish uchun qo'llaniladi. Shuning uchun ham uning asosi sifatida rasm
shakl, tasvir hosil qilishning dasturlash usuli tanlangan. 
Bu grafika, odatda, turli jarayonlarni modellashtirish, tahlil qilish, turli 
qiziqtiruvchi dasturlar yaratishda keng qo'llaniladi. 
Kompyuter grafikasining quyidagi turkumlarini ajratib ko'rsatish 
mumkin:
• tijoratga oid 
namoyishlarga oid;
• injenerlikka oid;
• ilmiy;
• ko'rgazmaviy; 
animatsion; 
Tijoratga oid grafika elektron jadvallarda yoki berilganlar bazasidagi 
axborotlarni aks ettirish uchun xizmat qiladi. Bu axbo-rotlar ShEHM monitor 
ekranida grafik, gistogramma, diagramma va xohlagan boshqa 
ko'rinishlarda aks ettirilishi mumkin. Bunda grafiklar matn izohlari va ma 
'him joylarda shartli belgili izohlar bilan ta'minlanadi. 
Tiiorat grafikasiga tegishli bo'lgan amaliy dasturlar paketi tasvirni 
ekranda tezda va qulay ifodalashga qaratilgan, chunki tijoratchiningsiy 
maqsadi axborotlarni qayta ishlash jarayonidagi o'zgarishlarni tezda 
muhokama qilib, tegishli qarorlar qabul qilishdan iboratdir. Tasavvurni 
yanada oshirish uchun ushbu paketlarda tasvirni turli xildagi grafika shaklida 
tasvirlash imkoniyati kiritilgan. Bu esa, o'z navbatida, barcha turdagi 
tasvirlarni ekranda birgalikda ko'rib, tahlil qilish imkoniyatini oshiradi. Bu 
paketlarning eng ahamiyatli tomoni shundaki, ular tasvirlarni turli xil 
shaklda berishdan tashqari aks ettirilgan grafikalarni tahlil qilish 
imkoniyatini ham beradi. Shu sababli bu paketlarga turli xil matematik tahlil 
usullari, jumladan statistik tahlil, ehtimollar nazariyasi, iqtisodiy jarayonlar 
bashorati kabi usullar kiritilganki, ular berilgan axborot to'plamini tahlil 
qilish 


imkonini beradi. 
Namoyish qilish grafikasi - matn, sxema, eskiz kabi hujjatlarning 
mashinaviy tasvirini hosil qilib uni namoyish etishga tayyorlash uchun 
xizmat qiladi. Bu yerda eng asosiy vazifa - yuqori sifatli va chiroyli 
ko'rinishdagi tasvirlar hosil qilishdan iborat. Bu turdagi grafikaning eng afzal 
tomoni shundaki, undagi tasvirlar to'plami va ko'rinishini tezda o'zgartirish 
mumkin. 
Injenerlik grafikasi - bunday grafika chizmachilik, loyihalash va 
konstruktorlik ishlarini avtomatlashtirishda keng qo'llaniladi. Injenerlik 
grafikasi analiz, sintez, modellashtirish, chizmachilik, boshqarish va shu kabi 
loyihalash ishlarini avtomatlashtirishning hamma bosqichlarini o'z ichiga 
oladi. 
Ilmiy grafika - ilmiy izlanishlar uchun xizmat qiladi va geografik, 
fizik,biologikva boshqa jarayonlarni tadqiq qilishda qo'llaniladi. Ilmiy 
grafikaning eng asosiy maqsadi ilmiy izlanishlarda hosil bo'ladigan 
axborotlarni vizuallashtirish - ko'zga ko'rinarli shaklda ifodalashdir. Ayniqsa 
bu yo'nalish atom energiyasi manbalarini tadqiq qilishda, kosmonavtika, 
samolyotsozlikda, geografiya va okeanologiyada -xullas qamrovi katta 
bo'lgan, tez kechadigan jarayonlarni o'rganishda 
ke
ng qo'llaniladi. 
Shuningdek, ilmiy izlanishlar natijalarini kerakli shaklda diagrammalar, 
xaritalar, jadvallar va turli matematik formulalar shaklida tasvirlashda 
ishlatilishi mumkin. 
Ko’rgazmaviy grafika - namoyish va tijorat grafikalarining rivoji bo’lib,
shu ikkala grafika imkoniyatlarining yig’indisini tashkil etadi.
Animatsion grafikada – rang bilan ishlashdagi muvofaqiyatlarni, 
muhandislik grafikasidagiuch o’lchovli obyektlarni modellashtirishdagi 
yutuqlar bilan qo’shib uyg’unlashtirilgan.

Yüklə 7,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   201   202   203   204   205   206   207   208   ...   295




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə