Rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi amudaryo tuman kasb-hunar maktabi



Yüklə 7,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə203/295
tarix05.10.2023
ölçüsü7,05 Mb.
#125524
1   ...   199   200   201   202   203   204   205   206   ...   295
Informatika To\'plam12

Skanerlarning tiplari  
 
Dastaki Skanerlarning tuzulishi juda oddiydir: ular qo’l bilan tasvir bo’ylab 
siljitiladi. Ular yordamida bir marta o’tishda tasvir satrlarining ozgina miqdori 
kiritiladi (ularning qamrab olishi odatda 105 mm dan oshmaydi). Dastaki 
skanerlarda qayd qiluvchi chiroq bo’lib, u skanerlashning ruxsat etiladigan tezligi 
oshganligini operatorga bildirib turadi. Bu skanerlar kichik o’lchamli va past 
narxdadir. Skanerlash tezligi 5-50 mm/s (o’tkazish qobiliyatiga bog’liq). 
Masalan, Mustek GS-400L - oq-qora nim rangli, CG-8400T-rangli. 
 
Planshetli skanerlar eng ko’p tarqalgan; ularda 
skanerlovchi kallak asl nusxaga nisbatan avtomatik 
siljiydi; ular ham varaqli, ham 
risolalangan 
(broshyuralangan) hujjatlarni (kitoblarni) skanerlash 
imkonini beradi. Skanerlash tezligi: bir betga (A4 
O’lchamli) 2-10 sekund. 
Masalan, rangli skanerlar: Mustek Paragon 1200, Epson ES 1200, HP Scan 
Jet 5 S va R, HP Scan Jet 11CX. 
Katta formatdagi hujjatlar bilan ishlaydigan skanerlar orasida Agfa 
firmasining ommaviy skanerlarini, masalan, Agfa Argus II ni ko’rsatib o’tish kerak, 
u 600 x 1200 dpi fizik o’tkazish qobiliyatiga (Ultra View 2400x2400 dpi 
interpolyaciyalovchi texnologiyani ishlatgandagi mantiqiy o’tkazish) ega, 4096 
rang tuslarini uzatadi, tasvirni 7-9 marta masshtablaydi. 
 
Rolikli skanerlar eng avtomatlashtirilgandir; ularda asl nusxa skanerlovchi 
kallakka nisbatan avtomatik siljiydi, ko’pincha hujjatlar avtomatik beriladi, lekin 
skanerlanadigan hujjatlar faqat varaqli. 
Misol: Mustek SF-63 skaneri, tezligi bir betga 10 sekund. 
 
Proekciey skanerlar tashqi ko’rinishdan fotokattalashtirgichni eslatadi,lekin 
pastda skanerlanadigan hujjat yotadi, yuqorida esa skanerlovchi kallak joylashadi. 
Skaner malumotli hujjatni optik yo’l bilan skanerlaydi va olingan ma’lumotni fayl 
ko’rinishda kompyuter xotirasiga kiritadi. 



Yüklə 7,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   199   200   201   202   203   204   205   206   ...   295




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə