Rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi amudaryo tuman kasb-hunar maktabi



Yüklə 7,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə204/295
tarix05.10.2023
ölçüsü7,05 Mb.
#125524
1   ...   200   201   202   203   204   205   206   207   ...   295
Informatika To\'plam12

 
Slayd-skanerlar ham tuzulish jihatdan turlicha bo’ladi: planshetli, barabanli, 
proekciey va b. Shaffof asl nusxa 35 mm dan 300 mm gacha chiziqli o’lchamli 
to’g’ri to’rtburchak tomonlari ko’rinishiga ega. Tavsiflari bo’yicha slayd-skanerlar 
eng yuqori sifatlidir: ularning o’tkazish qobiliyati odatda 2000 dan 5000 dpi gacha 
oraliqda yotadi. 
Masalan, barabanli skanerlar, ularda taxminan 200x300 mm li shaffof asl 
nusxa (slayd) aylanadigan barabanga mahkamlanadi. Howtek Scan Master 
skanerida o’tkazish qobiliyati 4000 dpi, Scan View ScanMate Magic skanerida 
4096 ta tusni uzatishda o’tkazish qobiliyati 2000 dpi. Eng katta o’tkazish 
qobiliyatiga kichik o’lchamli slaydlar (tomoni 120 mm gacha) bilan ishlaydigan 
skanerlar ega. Scitex Leaf Scan 45 skanerida 64500 ta tusni uzatishda o’tkazish 
qobiliyati 5080 dpi ga teng [6].
 FINE READER DASTURI VA UNDA ISHLASH TEXNOLOGIYASI 
FineReader dasturining asosiy vazifasi ma`lumotlarni skaner qilish, undagi 
ob`ektlarni aniqlash, tahrirlash va uzatishdir.
Skanerlangan ma`lumotlar turlicha bo`lishi mumkin. Bu ma`lumotlarni 
ob`ekt deb olsak ularni aniqlash va tahrirlashda FineReader dasturidan 
foydalanamiz. Ob`ekt sifatida olingan ma`lumotlar oddiy matn, rasm, sxema yoki 
jadval ko`rinishida bo`ladi.
FineReader dasturining avfzalligi shundaki u turli ob`ektlarni aniqlay va bir – 
biridan ajrata oladi. Ob`ektlar aniqlangan so`ng uni Office dasturlaridan biriga 
uzatish imkoni ham mavjud.
 
FineReader dasturini ishga tushirish uchun (albatta dastur o`rnatilgan 
bo`lishi shart) «Pusk» menyusining «Programmi» bo`limiga kirib ABBYY 
FineReader Corporate Edition buyrug’ini tanlaymiz. Dastur oynasining umumiy 
ko`rinishi quyidagicha: 


1-rasm. FineReader dasturi oynasi. 
FineReader dasturi oyna ko`rinishini 4 qismga ajratamiz: 
1. Menyular satri – u fayl, pravka, vid va boshqa menyulardan tashkil 
topgan bo`lib, tarkibida dastur bilan ishlash uchun mo`ljallangan (yangi paket 
ochish, xotirada saqlash, skanerlash, uzatish va boshqa ko`plab) buyruqlar 
mujassamlashgan (2-rasm). 
2-rasm. FineReader dasturi menyusi. 


2. Uskunalar oynasi – bir nechta uskunalardan tashkil topgan bo`lib, menyu 
tarkibiga kirgan buyruqlarni tezda bajarish uchun oynaga alohida chiqarib 
qo`yilgan. Ushbu uskunalardan foydalanib yangi oyna ochish, ob`ektlarni 90
0
chapga yoki o`ngga burish, skaner qilishda tilni tanlash, skaner qilish, undagi 
ob`ektlarni aniqlash, ma`lumotlarning xatoliklarini tekshirish, uzatish va boshqa 
shu kabi amallarni bajarish mumkin (3-rasm).
3-rasm. Uskunalar oynasi. 
3. Skanerlangan ob`ektlarning eskizlari (4-rasm) – bunda skanerlangan 
ma`lumotlar bet, yan`i eskiz ko`rinishida oynaning chap qismida hosil bo`ladi. Shu 
erdan turib ixtiyoriy betga o`tish, bir nechta betlarni belgilab olish, undagi 
ob`ektlarni aniqlash va boshqa amallar bajariladi. eskizda tanlangan bet 
dasturning asosiy ishchi oynasida kattalashgan holda hosil bo`ladi va undagi 
ob`ektlarni taxrirlash imkoni tug’iladi . 
 
 
 


 
 
 
 
 
 
 
4-rasm. Ob`ekt eskizlari oynasi. 
 
4. Asosiy ishchi oyna – unda skanerlangan ma`lumot hosil bo`ladi. Oynada 
ichki uskunalar paneli mavjud bo`lib, ular yordamida ma`lumotlarni turli 
ko`rinishlari (tekst, rasm, jadval) belgilab olinadi va ob`ekt sifatida aniqlanadi. 
Buning uchun ma`lumotga mos ob`ekt turi tanlanadi. Masalan ma`lumotimiz tekst 
bo`lsa uskunalar panelidan yashil rangdagi T harfini tanlab ishchi oynadagi tekst 
ajratilib belgilanadi. Shu tarzda skanerlangan barcha betlardagi ma`lumotlarni 
eskizlar oynasidan tanlab, undagi ob`ektlarni asosiy ishchi oynada uskunalar 
paneli yordamida ajratib belgilab chiqiladi (5 - rasm) [5].
5-rasm. Asosiy ishchi oyna. 

Yüklə 7,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   200   201   202   203   204   205   206   207   ...   295




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə