Rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi amudaryo tuman kasb-hunar maktabi



Yüklə 7,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə212/295
tarix05.10.2023
ölçüsü7,05 Mb.
#125524
1   ...   208   209   210   211   212   213   214   215   ...   295
Informatika To\'plam12

 
 
Nazorat savollari. 
1. Tasvirni to'liq ajratib olish, ajratishni bekor qilish qanday bajariladi? 
2. To'g'ri to'rtburchak, oval ko'rinishidagi soha qanday ajratiladi? 
3. Ajratilgan sohalar ustida qanday amallar bajarish mumkin? 
4. Arqon uskunasidan qanday foydalaniladi? 
5. To'g'ri chiziqli arqon uskunasidan qanday foydalaniladi? 
6. Yuqorida berilgan mashqlarni kompyuterda bajaring. 
7. Прямолинейное лассо (To'g'ri chiziqli arqon) uskunasi yordamida 
suratdagi binoni ajratib olishni mashq qiling 
 
40-ma’ruza 
Ranglarni tanlash va tahrirlash 


 
 
Reja: 
1. Adobe Photo Shop grafik muharririning ranglar palitrasi haqida
ma'lumot 
2. Photo Shop ning ish stoli 
3. Photo Shop muharririning asboblar paneli 
Ranglar bilan ishlash uchun bir qator tizimlar ishlab chiqilgan. Ulardan birinchisi 
qo'shiluvchi ranglar tizimi deb ataladi. Xonadagi bir nechta chi- roqlarni yoqsak, 
ular taratayotgan yorug'liklar qo'shiladi va xona yanada yorishadi. Agar bu 
chiroqlar turli rangda bo'lsa, bu ranglar qo'shilib, xona ulardan ko'ra yorqinroq 
(ochroq) rangga kiradi. Boshqa ranglarni uchta aso siy rang: qizil (Red), yashil 
(Green) va ko'k (Blue) ranglarni turli nisbatda qo'shish bilan yaratish mumkin. Bu 
ranglarning nomlaridan qo'shiluvchi ranglar tizimi nomi RGB olingan: 
Bu ranglarning har birining yorqinligi 0 dan 255 gacha bo'lishi mumkin. 
Natijada 256*256*256 ta (o'n olti milliondan ko'proq) ranglar hosil qilish mumkin. 
Masalan, yashil va ko'k ranglar qo'shilganda havo rang (ingliz tilida Cyan deb 
ataladi), qizil va ko'k ranglar qo'shilganda pushti (Magenta), qizil va yashil ranglar 
qo'shilib sariq ( ) ranglar paydo bo'ladi. Uchta asosiy rang qo'shilganda oq rang 
chiqadi. 
Qo'shiluvchi ranglar yordamida tele vizor va kompyuter monitori ekranidagi 
tasvirlarning ranglari hosil qilinadi. 
Rasm darslaridan bilamizki, oq qog'ozni bir necha rangdagi bo'yoqlar bilan 
bo'yasak, bu ranglar qo'shilib, to'qlashadi. Masalan, sariq va pushti ranglar bilan 
qog'ozni bo'yasak, qog'oz qizil rangga kiradi. Bunda ranglar oq rangdan ayriladi va 
bu ranglar tizimi ayriluvchi ranglar tizimi deb ataladi. 
Bu tizimda asosiy ranglar sifatida havo rang, pushti va sariq ranglar olingan. 
Bu uchta rang oq qog'ozga surtilganda qog'oz qora rangga kiradi. Lekin toza 
bo'yoqlar olish juda qiyinligi sababli bu uchta rangdan hosil qilingan qora rang 
biron bir bo'yoq tusiga kirib qoladi. Buning oldini olish uchun ayiriluvchi ranglar 


tizimida yuqoridagi uchta rang bilan birga qora rang ham ishlatiladi. Natijada qora 
ranglar ko'p bo'lgan tasvirlarni yaratishda boshqa rangdagi bo'yoqlarning 
sarflanishi ham keskin kamayadi. Ranglarning bu tizimidan rangli printerlarda, 
plotterlarda hamda nashri- yotning bosma mashinalarida foydalaniladi. Bu tizim 
undagi asosiy ranglar nomlaridan olingan bo'lib, CMYK (Cyan, Magenta, Yellow, 
blacK) deb ataladi. Bu tizimda har bir asosiy rang foizda ko'rsatiladi. 
PhotoShopda asosan dizaynerlar ishlashadi. Ular uchun qulay va tushu- narli 
bo'lgan ranglar tizimi ham ishlab chiqilgan. Ulardan biri HSB deb ataladi. Bu nom 
ingliz tilidagi Hue (Rang turi), Saturation (Rang to'yinganligi) Brightness (Rang 
yorqinligi) so'zlaridan olingan. 
Bu tizimda ranglar palitrasi doira shaklida qurilgan bo'lib, har bir rangga uchta 
parametr mos keladi. Bu parametrlarning birinchisi kerakli rangni tanlash uchun 
xizmat qiladi. Asosiy ranglar doira chegarasi bo'lgan aylanada joylashgan. 
Ularni tanlash uchun aylanadagi nuqtaga mos keladigan 
markaziy burchak (0 dan 360 gradusgacha bo'lgan 
qiymatni qabul qiladi) qiymati kiritiladi. 0° ga qizil, 120° 
R
ga yashil, 240° ga ko'k rang mos keladi. Qddlamchi 
ranglar: sariq (60°), havorang (120°) va pushti (240°) lar 
asosiy ranglar orasida joylashgan. 
Bu ranglar bir-biri bilan qo'shilib, yangi ranglar paydo 
bo'ladi. Masalan, ko'k rang (240°) bilan pushti rang (300°) 
orasida siyohrang (270°) joylashgan. 
Ikkinchi parametr rangning to'yinganligini bildiradi. Bu 
parametr 0 dan 100 gacha bo'lgan qiymatni qabul qiladi. 
Bu parametrning qiymati kamay- gani sari rangning 
to'yinganligi ham kamayib boradi va 0 ga teng bo'lganda bu rang oq rangga 
aylanib qoladi. 
Bu parametrga mos keladigan ranglar tanlangan burchakning radiusi bo'yicha 
joylashgan bo'ladi. Bu radius bo'ylab harakatlanganda doira chegarasi, ya'ni 
aylanada tanlangan rang to'yinganligi kamayib borib oq rangga aylanadi. 
Rangning uchinchi parametri tanlangan rangning yorqinligini bildiradi va 0 dan 
100 gacha bo'lgan qiymatlarni qabul qiladi. Masalan, oq rang tanlangan bo'l- sin. 
Uning yorqinligi 100 (foiz) ga teng bo'lsa, u oqligicha qoladi. Yorqinlik 0 ga teng 
qilib olinsa, oq rang qora rangga aylanib qoladi. 50 ga teng bo'lsa, kul rang, 25 ga 
240" В 



teng bo'lsa, to'q kul rang, 75 ga teng bo'lsa, och kul rangga aylanadi. Bu tizimning 
yaxshi tomoni unda bir-birini to'ldiruvchi va bir-biriga yaqin bo'lgan ranglar 
yaqqol ko'rinib turadi. Bir-birini to'ldiruvchi ranglar deb doiraning bitta diametrida 
bir-biriga qarama-qarshi joylashgan ranglarga aytiladi. 
Masalan, qizil va havo rang; va ko'k; yashil va pushti ranglar; shu- ningdek, oq 
va qora ranglar bir-birini to'ldiruvchi ranglar hisoblanadi. To'ldiruvchi ranglardan 
biri fon uchun olinsa, ikkinchisi chiziqlar chizish, matn yozish uchun ishlatiladi. 
Bunda chiziq va yozuvlar fonda yaqqol ko'rinib turadi. Matnning biron qismini 
ajratish uchun matnning asosiy rangiga yaqin- roq rang tanlanadi. 
Ranglar ikki turga ajratiladi. Ulardan birinchi iliq ranglar, ikkinchisi esa sovuq 
ranglar deb ataladi. Iliq ranglarga tarkibida qizil va sariq ranglar ko'proq bo'lgan 
ranglar, sovuq ranglarga tarkibida ko'k va siyoh ranglar ko'proq bo'lgan ranglar 
kiradi. Ayniqsa, ularga qora va kul ranglar aralashsa, ular yanada sovuqlashadi. 
Iliq va sovuq ranglar orasidagi yashil va binafsha ranglar neytral ranglar 
hisoblanadi. 
Iliq ranglar odamning kayfiyatini ko'taradi. Sovuq ranglar esa ruhiyatga yomon 
ta'sir qiladi. Dizayn bilan jiddiy shug'ullanishni istaganlar iliq, sovuq, neytral 
ranglarni va ular bilan ishlashni yaxshi bilib olishlari kerak. 

Yüklə 7,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   208   209   210   211   212   213   214   215   ...   295




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə